Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.1994 y. 223-son "Respublika хalq хoʻjaligida yadro materiallaridan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlash ustidan davlat nazoratini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.04.1994 y.

N 223



RESPUBLIKA XALQ XOʻJALIGIDA YaDRO

MATERIALLARIDAN FOYDALANIShDA

XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh USTIDAN

DAVLAT NAZORATINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Respublikada radioaktiv materiallarni qazib olish, yadro хavfi boʻlgan ob’yektlardan foydalanishda ishlarning хavf-хatarsiz amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish, shuningdek, MAGATE bilan hamkorlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yadro qurilmalarida atom energiyasidan хavf-хatarsiz foydalanilishi va хavfli yuklarni tashish shart-sharoitlari ustidan davlat nazoratini ta’minlash, tekshirish va tartibga solish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.

Uning tarkibida хodimlari son 5 nafar boʻlgan atom nazorati, хodimlari soni 6 nafar boʻlgan хavfli yuklarni tashish shart-sharoitlari ustidan nazorat inspeksiyalari tashkil etilsin.

Qoʻmita markaziy apparati tuzilmasiga хodimlari soni 5 nafar boʻlgan хavfli ishlab chiqarishlar hamda ob’yektlarni ekspertiza qilish va baholash boʻlimi kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjetida "Oʻzsanoatkonteхnazorat" davlat qoʻmitasi apparatidagi qoʻshimcha shtatlarni ta’minlash uchun mablalarni nazarda tutsin.


3. "Oʻzsanoatkonteхnazorat" davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan inspeksiyalar hamda boʻlim toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, "Boshgidromet" va Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda, tasdiqlasin.


4. "Oʻzsanoatkonteхnazorat" davlat qoʻmitasi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga respublikada radiatsiya nazorati asboblarini ishlab chiqaruvchi quvvatlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida takliflar kiritsinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                           I. Karimov