Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.09.2014 y. 248-son "Favqulodda vaziyatlarda pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.09.2014 y.

N 248



FAVQULODDA VAZIYaTLARDA POChTA

ALOQASI XIZMATLARI KOʻRSATISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Pochta aloqasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq hamda favqulodda vaziyatlarda pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Favqulodda vaziyatlarda pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 15 sentyabr, 37-son, 467-modda