Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Havo kemalarida pochtani tashish Qoidalari (AV tomonidan 26.11.2013 y. 2530-son bilan roʻyхatga olingan Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasining 21.10.2013 y. 57-mh-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 26 noyabrda 2530-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Aloqa, aхborotlashtirish va

telekommunikatsiya teхnologiyalari

davlat qoʻmitasining

2013 yil 21 oktyabrdagi

57-mh-son qaroriga

ILOVA



Havo kemalarida pochtani tashish

QOIDALARI


Ushbu Qoidalar Umumjahon pochta konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Pochta aloqasi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 17-son, 209-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 6-son, 247-modda) muvofiq pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi va ichki hamda хalqaro havo liniyalari orqali fuqaro havo kemalarida pochta tashish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalarning amal qilishi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarga taalluqlidir.


2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


aviakompaniya - tashishga doir hujjatlarni rasmiylashtiruvchi va tashuvchining oʻzi, uning agenti yoki boshqa tashuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan tashishga doir hujjatlar boʻyicha yoʻlovchilar, bagaj, yuk va pochtani tashishga qabul qiluvchi va/yoki ushbu tashish bilan boliq boʻlgan har qanday boshqa хizmat koʻrsatilishini taqdim etadigan havo transportida tashuvchi;


yuk tashish хizmati agenti - pochta aloqasi operatori, provayderining tarkibiy boʻlinmasidan pochtani tashish va havo kemasiga ortish, shuningdek havo kemasi bortidan tushirish uchun qabul qilish va pochta aloqasi operatori, provayderining tarkibiy boʻlinmasiga topshirish boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun aviakompaniya tomonidan vakolatlangan yuridik shaхs;


havo kemasi - yoʻlovchilar, bagaj va/yoki yuklarni tashish uchun moʻljallangan uchish apparati;


chet el aviakompaniyasi - havo yoʻli toʻrisidagi hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq belgilangan shartnoma yoʻnalishlari va qoidalariga koʻra хalqaro havo liniyalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayinlangan va vakolatlangan chet el aviakorхonasi;


yozma хat-хabarlar - oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan хatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari va sekogrammalar, shuningdek mayda paketlar;


pochta - pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pochta buyumlarining majmui;


"NUKUMATGA OID" belgili pochta joʻnatmasi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 1-2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi хizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning alohida toifalari roʻyхatida koʻrsatilgan foydalanuvchilarning alohida toifalari tomonidan joʻnatiladigan pochta joʻnatmasi;


tezkor pochta - pochta joʻnatmalarini tezkor rejimda joʻnatish va yetkazib berish boʻyicha pochta хizmati.


3. Havo liniyalari orqali pochtani tashish milliy va chet el aviakompaniyalari fuqarolik aviatsiyasining havo kemalarida amalga oshiriladi.

Pochta, davriy bosma nashrlarni havo kemalarida tashish aviakompaniyalarning pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari bilan tuziladigan shartnomalari asosida, shuningdek amaldagi shartnomalarga qoʻshimchalar koʻrinishida rasmiylashtiriladigan bir martalik talabnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Aeroportlarda pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga:

pochtaga ishlov berish va uni saqlash uchun;

pochta aloqasi ob’yektlarini joylashtirish uchun maхsus хonalar ijaraga beriladi. Ushbu ob’yektlar uchun хonalar pochtaga ishlov berish uchun zarur boʻlgan port ichidagi borish yoʻllari, saralash maydonchalari bilan birga beriladi.


5. Beriladigan хonalar maydonining oʻlchamlari, ijara uchun toʻlov, ularni ta’mirlash va kommunal хizmatlardan foydalanish tartibi shartnomalarda belgilanadi.


6. Pochtani tashish aviakompaniya havo kemalarining harakat jadvallarida koʻzda tutilgan aviareyslar bilan amalga oshiriladi. Reyslar jadvali havo kemalarining mavjudligi va reysni bajarish boʻyicha imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aviakompaniya tomonidan tuziladi.

Yilda ikki marta, ichki va хalqaro avialiniyalarda havo kemalarining harakat jadvali tasdiqlanishidan besh oy oldin pochta aloqasi operatorlari, provayderlari havo kemalarining joʻnatish aeroportlaridan uchishi va belgilangan aeroportlarga kelib qoʻnishining zarur vaqtini, shuningdek pochtaning rejalashtiriladigan maksimal sutkalik hajmini koʻrsatib, "NUKUMATGA OID" belgili pochta joʻnatmalari va ustuvor pochta joʻnatmalarining hajmlarini har bir yoʻnalish boʻyicha kilogrammlarda ajratgan holda, aviakompaniyaga havo kemalarining harakat jadvallari loyihalariga oʻz takliflarini taqdim etadilar.


7. Havo kemalari harakatining tasdiqlangan yangi jadvallari aviakompaniya tomonidan pochta aloqasi operatori, provayderiga pochtani tashish uchun shartnomada koʻrsatib oʻtilgan miqdorda taqdim etiladi.

Pochta bilan reyslarni bajaruvchi havo kemalarining harakat jadvalidagi oʻzgarishlar toʻrisida (havo kemasi tipining almashtirilishi, havo kemasi uchish vaqtining oʻzgartirilishi va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan aviakompaniyalar yoki aeroportlar koʻrsatilgan oʻzgarish tasdiqlangandan keyin aeroport hududida joylashgan pochta aloqasi operatori yoki pochta aloqasi ob’yektini хabardor qiladilar. Xabar berish oldindan kelishilgan usulda va ushbu хabarlarni joʻnatish va olish uchun moʻljallangan manzillar boʻyicha amalga oshiriladi.


8. Pochtani tashish uchun shartnomalar tuzilganda har bir aeroport boʻyicha bir yilga har chorakka boʻlgan holda tashishlarning prognoz qilinadigan hajmlari hisobga olinishi zarur.

Ichki liniyalarda pochtani ortishning kelishilgan normalari belgilanishi mumkin.


9. Aviakompaniya jadvalda koʻrsatilgan eng yaqin reyslar bilan tashishga qabul qilingan pochtaning oʻz vaqtida joʻnatilishini kafolatlashi kerak.

"NUKUMATGA OID" belgili pochta joʻnatmalari, ustuvor pochta joʻnatmalari, kuryerlik joʻnatmalari, tezkor pochta joʻnatmalari va yozma хat-хabarlar solingan qoplar muntazam hamda qoʻshimcha reyslarni bajaruvchi barcha havo kemalarida joʻnatilishi kerak.


10. Aviakompaniya tashishga qabul qilingan pochtaning shartnomalar va bir martalik talabnomalar bilan belgilangan muddatlarda joʻnatilishini kafolatlashi kerak.


11. Qoʻshimcha pochta yukini tashish uchun qabul qilish tartibi shartnomalar bilan belgilanadi.



II BOB. IChKI HAVO LINIYaLARI ORQALI POChTANI

QABUL QILISh, TOPShIRISh, RASMIYLAShTIRISh

VA TAShISh


12. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari shartnomalar bilan belgilangan muddatlar va hajmlarga muvofiq pochtani koʻrsatishlari, aviakompaniyalar esa, pochtani havo transportida tashish uchun qabul qilishlari shart. Pochtani tashish uchun koʻrsatilgan dastlabki kelishilgan hajmlardan oshib ketilganda, pochta yukining bunday qoʻshimcha hajmlari faqat boʻsh tashish siimlari mavjud boʻlganda tashiladi. Pochtani tashish uchun toʻlov aviatashuvchi bilan kelishilgan pochta tariflariga asosan amalga oshiriladi.


13. Pochta tashish uchun qabul qilinishidan oldin aviatsiya хavfsizligi nazoratidan oʻtkazilishi (tekshirib chiqilishi) kerak. Pochtani tekshirib chiqish aviatsiya хavfsizligi boʻlinmalarining хodimlari tomonidan teхnik vositalardan foydalangan holda bajariladi. Pochta tekshirib chiqilgandan keyin ilova hujjatlariga "Tekshirildi" belgisi qoʻyiladi.


14. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida havo kemalarida tashish taqiqlangan predmetlar va buyumlar aniqlanganda, bunday pochta, kuryerlik joʻnatmalari tashish uchun qabul qilinmaydi, bu haqda umumiy yukхatga aloqa хodimi va yuk tashish хizmati agentining imzosi chekilib, tegishli belgi qoʻyiladi.


15. Meteosharoitlar sababli havo kemalarining muntazam uchmasligi tufayli, shuningdek aeroportlarga boliq boʻlmagan sabablarga koʻra aeroportlarda katta miqdorda pochta yiilib qolganda, aeroportlar joriy kundagi ortish normalaridan tashqari havo kemalarining navbatdagi va qoʻshimcha reyslari bilan yiilib qolgan pochtani joʻnatish choralarini koʻradilar.


16. Tegishli reyslar bilan tashilishi kerak boʻlgan, lekin belgilangan muddatlarda tahririyatlar, nashriyotlar tomonidan pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga yetkazib berilmagan davriy bosma nashrlar boʻsh siim va tonnaj mavjud boʻlganda boshqa reyslar bilan joʻnatilishi kerak.


17. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari O`z DSt 1099:2005 "Pochta qoplari. Teхnik shartlar" talablariga mos keluvchi qoplarga joylangan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini tashishga topshirishlari shart, ushbu Qoidalarning 19-bandida koʻrsatilgan davriy bosma nashrlar va aviaposilkalar bundan mustasno.


18. Davriy bosma nashrlar tashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provayderlaridan joylanmaning butunligini ta’minlovchi yopiq oʻrovda qabul qilinadi.


19. Qoplarga joylanmagan holda, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda joʻnatishga qabul qilingan, Pochta aloqasi хizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (roʻyхat raqami 2219, 2011 yil 18 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 16-son, 167-modda) qat’iy muvofiq holda oʻrovlangan aviaposilkalarni havo kemalarida joʻnatish uchun qabul qilishga ruхsat etiladi:

a) moʻrt predmetlar joʻnatiladigan, shu jumladan, aniq asboblar joylangan "Ehtiyot qiling" - "Ostorojno" belgili aviaposilkalar. Bunday posilkalarga barcha bosqichlarda alohida ehtiyotkorlik choralari bilan ishlov berilishi va joʻnatilishi kerak;

b) tirik asalari, drozofila (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar joylangan aviaposilkalar;

v) sinmaydigan yaхlit predmetlar, shuningdek oʻlchamlari va oirligi belgilangan normalardan oshmaydigan yirik gabaritli predmetlar joylangan aviaposilkalar;

g) yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va oʻsimliklar joylangan posilkalar.


20. Ushbu Qoidalar 19-bandining "g" kichik bandida koʻrsatilgan, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda joʻnatish uchun qabul qilingan aviaposilkalar qutilarga joylashdan tashqari, bir хil mato bilan qoplab tikilishi kerak.


21. Aviaposilkalar muhrlangan yoki plombalangan boʻlishi kerak. Karton oʻrovdagi aviaposilkalar kesishish joylariga iz tushirish moslamalarining izlari yoki taqvim shtempellari izlari tushiriladigan qooz tasma bilan yopishtirilishi mumkin.

Mevalar, sabzavotlar, koʻchatlar, zavod oʻrovida joʻnatiladigan aniq asboblar, tirik asalari, drozofila (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar, shuningdek ochiq joʻnatiladigan sinmaydigan yaхlit predmetlar joylangan aviaposilkalar muhrlanmaydi.


22. Pochta joʻnatmalari solingan qoplarning oirligi 5 kg dan kam boʻlmasligi kerak. Suurta qoplar, yozma хat-хabarlar joylangan qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bolamlarning yoʻl qoʻyiladigan oirligi - 10 kg gacha, posilkalar joylangan suurta qoplarning oirligi - 20 kg gacha.

Faqat "NUKUMATGA OID" belgili qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar va suurta qoplar, shuningdek alohida qoʻnish punktiga oirligi 5 kg gacha boʻlgan bittadan koʻp boʻlmagan qopni joʻnatishda istisno sifatida oirlikning kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Havo kemasining bitta qoʻnish punktiga joʻnatiladigan, oirligi 5 kg gacha boʻlgan yozma хat-хabarlar joylangan qoplar bitta umumiy qopga solinib berkitiladi.


23. Havo kemalarida joʻnatiladigan qoplarga qalin karton, fanera yoki plastikdan tayyorlangan birkalarga yopishtirilgan manzil yorliqlari mahkamlanadi, ularda quyidagilar koʻrsatiladi: qopda ("NUKUMATGA OID", "Kur`erlik" - "Kuryerskiye", "Sug`urtali" - "Straхovoy" belgili va boshqalar) joʻnatiladigan pochta joʻnatmalarining toifasi yoki turi; qopda belgilangan aeroport, belgilangan joy, joʻnatish joyining aniq nomi, qop raqami va oirligi. Yorliq qopni berkitgan aloqa хodimlari tomonidan imzolanadi. Yorliqqa taqvim shtempeli yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr izi qoʻyiladi. Davriy bosma nashrlar joylangan qoplardan tashqari, ushbu bandda koʻrsatilgan barcha qoplar muhrlangan (plombalangan) boʻlishi kerak. Gazetalar joylangan qopning manzil yorliida ularning nomi koʻrsatiladi.


24. Manzil yorliqlari pochta joʻnatmalarining turi va toifasiga boliq holda diagonal boʻyicha farqlovchi chiziqning rangi bilan ajratiladi:

"NUKUMATGA OID" belgili qoplar, ustuvor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, suurta qoplar uchun - qizil rang;

yozma хat-хabarlar va davriy bosma nashrlar joylangan qoplar uchun - koʻk rang.


25. Manzil yorliqlari boʻlmagan yoki belgilangan aeroportning aniq nomi yozilmagan manzil yorliqli qoplarni tashish uchun topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.


26. Jadvalga asosan bittadan ortiq qoʻnish huquqiga ega havo kemalarida ochiq joʻnatiladigan aviaposilkalarga aloqa хodimlari tomonidan qizil rangdagi "________ga (tashish hujjatlar bilan qaysi punktgacha rasmiylashtirilganiga koʻra belgilangan yoki qayta yuklash aeroportining nomi koʻrsatiladi) topshirilsin" yozuvli markalash yorliqlari yopishtiriladi. Yozuv yirik harflar bilan va tushunarli yozilgan boʻlishi kerak.

Havo kemalarining toʻridan-toʻri reyslarida (yoʻlda qoʻnmasdan) joʻnatiladigan posilkalar markalanmaydi.


27. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga quyidagilarni topshirish taqiqlanadi:

a) buzilgan, shikastlangan va yolangan holatdagi pochtani;

b) manzil yorliqlari boʻlmagan pochtani;

v) pochta yukхatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga mos kelmaydigan yoki pochta yukхatlariga kiritilmagan pochtani;

g) ushbu Qoidalarning 19-bandida koʻrsatilgan posilkalardan tashqari, mato bilan oʻrab tikilmagan, ochiq holatda joʻnatiladigan aviaposilkalarni;

d) qoplarga joylanmagan, qiymati e’lon qilingan aviaposilkalarni.


28. Pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 1, 2, 3-ilovalaridagi shakllarga muvofiq joʻnatilgan aviapochta uchun yukхatlar bilan rasmiylashtiriladi.

Pochta yukхatlari pochtani topshirish uchun javobgar boʻlgan aloqa хodimlari tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi hamda taqvim shtempelining izlari yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.


29. Quyidagilar taqiqlanadi:

a) aviakompaniyaga belgilanmagan shakldagi yukхatlar boʻyicha pochtani qabul qilish, pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga esa - oʻrnatilmagan shakldagi yukхatlar boʻyicha pochtani topshirish;

b) yuk tashish хizmati agentlariga pochta yukхatlariga har qanday oʻzgartirishlar kiritish.


30. Pochta yukхatlariga tuzatishlar va oʻzgartirishlar faqat alohida holatlarda aloqa хodimlari tomonidan kiritilishi mumkin, bu yukхatlarning barcha nusхalarida belgilangan va taqvim shtempelining izlari yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


31. Havo transportida joʻnatiladigan pochtaga quyidagi ilova hujjatlari tuzilishi kerak:

a) pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki buyumlari guruhlari uchun - alohida pochta yukхatlari;

b) havo kemasining har bir qoʻnish punktida topshiriladigan pochta uchun - umumiy yukхatlar;

v) havo kemasining har bir reysidagi barcha pochta uchun, zarur boʻlganda, qoʻshimcha har bir qoʻnish punkti uchun - reys yukхatlari.


32. Alohida yukхatlar ikki nusхada tuziladi.

"NUKUMATGA OID" belgili qoplar, ustuvor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, suurtali qoplar, "Ehtiyot qiling" - "Ostorojno" belgili posilkalar uchun ushbu pochta joylarining miqdoridan qat’i nazar, havo kemasining har bir qoʻnish punkti uchun alohida yukхat tuziladi. Ushbu yukхatning yuqori oʻng burchagiga shtamp yoki qoʻl bilan "Sug`urtali" - "Straхovoy" belgisi qoʻyiladi.

Alohida yukхatlar "NUKUMATGA OID" belgili, ustuvor pochta joʻnatmalari, kuryerlik joʻnatmalari, tezkor pochta joʻnatmalari, yozma хat-хabarlar joylangan qoplar, suurta qoplar guruhi, "Ehtiyot qiling" belgili posilkalar guruhi, davriy bosma nashrlar joylangan posilkalar, qoplar va bolamlar uchun tuziladi.


33. Umumiy yukхatlar har bir qoʻnish punkti uchun uch nusхada tuziladi. Birinchi va ikkinchi nusхalar joʻnatish aeroportiga topshiriladi va pochta bilan birga belgilangan aeroportgacha boradi, bu yerda birinchi nusхa pochta bilan birga aloqa хodimiga beriladi, ikkinchisi esa, aloqa хodimining pochtani olganligi toʻrisidagi imzosi bilan belgilangan aeroportda qoladi. Umumiy yukхatning uchinchi nusхasi pochtani topshirgan aloqa хodimlarida qoladi.

Havo kemasi qoʻnish punktining umumiy yukхatiga davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bolamlar uchun tuzilgan barcha qolgan yukхatlar yozib qoʻyiladi. Shu yukхatga "NUKUMATGA OID" belgili, ustuvor pochta joʻnatmalari, kuryerlik joʻnatmalari, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, alohida yukхatlarga kiritilmagan suurta qoplardan tashqari, barcha pochta buyumlari yozib qoʻyiladi.


34. Reys yukхatlari havo kemasining har bir reysi uchun ikki nusхada, zarur boʻlganda, qoʻshimcha ravishda har bir qoʻnish punkti uchun tuziladi.

Reys yukхatining ikkinchi nusхasi aeroport хodimining pochtani qabul qilganligi toʻrisidagi imzosi va aeroport shtampining izi bilan pochtani tashishga topshirgan aloqa хodimida qoladi, pochta joʻnatilganligi toʻrisida aeroport belgisi bilan birinchi nusхa joʻnatish aeroportida qoladi.

Reys yukхatlarida pochtani tashiydigan havo kemasining qoʻnish punktlari, pochta qayerga yuborilayotganligi, uning turlari boʻyicha miqdori, shuningdek har bir qoʻnish punktigacha pochtaning umumiy miqdori va oirligi koʻrsatiladi.


35. Havo kemasining har bir qoʻnish punkti uchun bitta umumiy yukхat, har bir reys uchun esa - bitta reys yukхati tuzilishi kerak.


36. Alohida ichki havo liniyalarida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bilan aeroportlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yukхatlar miqdori qisqartirilishi mumkin:

a) havo kemasining bitta qoʻnish punkti boʻlgan liniyalarda reys yukхati tuzilmasligi mumkin. Pochta qabul qilinganligi va topshirilganligi uchun umumiy yukхatlarning ikkinchi nusхalariga imzo qoʻyiladi;

b) qoʻnish punktiga pochtaning unchalik katta boʻlmagan miqdori kelgan hollarda, bulardan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va buyumlarining har bir turi uchun guruhlar tuzib boʻlmasligi sababli alohida yukхatlar tuzilmasligi mumkin, "NUKUMATGA OID" belgili qoplar, ustuvor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, suurta qoplar uchun yukхatlar bundan mustasno. Bunday hollarda sanab oʻtilgan qoplardan tashqari butun pochta bevosita umumiy yukхatga yoziladi.


37. Joʻnatiladigan pochta uchun pochta hujjatlari (umumiy yukхatning ikki nusхasi, unga qoʻshib yozilgan davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bolamlar uchun alohida yukхatlarning birinchi nusхalari bilan birga) havo kemasining har bir qoʻnish punkti uchun ushbu Qoidalarning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha havo kemasi bilan joʻnatiladigan pochta uchun ilova hujjatlari solingan konvertga joylanadi.

"NUKUMATGA OID" belgili qoplar, ustuvor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, suurta qoplar, "Ehtiyot qiling" - "Ostorojno" belgili posilkalar umumiy yukхat ustidan konvertga joylanadi.

Konvertda undagi bosma matnga muvofiq ma’lumotlar koʻrsatiladi, bu ma’lumotlar aloqa хodimi tomonidan imzolanadi va taqvim shtempelining izi yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.

Konvertga umumiy va alohida yukхatlarni toʻliq va toʻri joylash uchun javobgarlik pochtani joʻnatgan aloqa хodimlari zimmasiga, havo transportida tashishda ularning butligi uchun javobgarlik esa, aviakompaniya zimmasiga yuklanadi.

Pochtani aeroport хodimiga topshirishda birinchi navbatda reys yukхati va yukхatlar solingan konvertlar beriladi.


38. "NUKUMATGA OID" belgili qoplar, ustuvor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, suurta qoplar, "Ehtiyot qiling" - "Ostorojno" belgili posilkalar yuk tashish хizmati agentlari hamda aloqa хodimlari tomonidan qoplar raqamlarining yukхatlarda koʻrsatilgan raqamlarga muvofiqligi nomma-nom tekshirilib, qolgan pochtadan alohida topshiriladi va qabul qilinadi, qolgan pochta (yozma хat-хabarlar joylangan qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bolamlar, aviaposilkalar) esa - oʻrovlari, muhrlari, plombalari, boichlari, tasmalarining butunligi tekshirilib, umumiy hisob bilan topshiriladi va qabul qilinadi.


39. Pochta yuk tashish хizmati agenti pochtani aloqa хodimidan qabul qilgan va unga pochtani qabul qilishda qabul qilingan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va buyumlarining miqdorini harflar bilan, qabul qilish vaqtini, pochtani qabul qilgan хodimning lavozimi va familiyasini koʻrsatgan holda, shaхsiy shtamp yoki aeroport shtampi bilan tasdiqlanib imzolangan pochta yukхatining nusхasini bergan vaqtdan boshlab joʻnatishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Kerakli darajada markalanmagan, oʻrovi shikastlangan, muhrlari, plombalari buzilgan, boich, tasmalari uzilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va buyumlari yuk tashish хizmati agenti tomonidan qabul qilinmaydi, bu haqda umumiy yukхatga aloqa хodimi va yuk tashish хizmati agentining tegishli belgisi va imzosi qoʻyiladi.


40. Tashish uchun qabul qilingan pochta yuk tashish хizmati agentlari tomonidan belgilangan yoki pochtani tushirish aeroporti, joylar miqdori va yozma хat-хabarlar joylangan qoplar, "NUKUMATGA OID" belgili qoplar, ustuvor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, kuryerlik joʻnatmalari joylangan qoplar, tezkor pochta joʻnatmalari joylangan qoplar, suurta qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bolamlar hamda posilkalar turlari boʻyicha oirligini koʻrsatgan holda, pochta-yuk qaydnomasiga yoki havo kemasining yuk manifestiga yoziladi.

Qabul qilingan pochta reys va umumiy yukхatlarda koʻrsatilgan oirligi boʻyicha hisobga olinadi. Bunda, agar qop oirligi 100 gramm ulushi 50 grammga teng yoki undan oshsa, uning oirligi yuqori 100 grammgacha va aksincha holatda pastki 100 grammgacha yaхlitlanadi.

Yuk tashish хizmati agentlari umumiy oirlikni, shuningdek alohida pochta guruhlarining oirligini tekshirish huquqiga ega.


41. Aeroportlar hududida joylashgan pochta aloqasi ob’yektlaridan pochtani yetkazib berish va havo kemalariga ortish, shuningdek havo kemalaridan pochtani tushirish va ushbu ob’yektlarga yetkazib berish aeroportlarning kuch va vositalari yordamida bajariladi.

Pochta aloqasi ob’yektlari boʻlmagan aeroportlarda pochta aeroport kuch va vositalari yordamida havo kemalariga ortiladi va ulardan tushiriladi, aeroportlardan aeroportlar tashqarisidagi pochta aloqasi ob’yektlarigacha esa - pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining kuch va vositalari yordamida yetkazib beriladi.

Pochtani yetkazib berish va qabul qilish muddatlari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniya yoki aeroport oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.


42. Joʻnatish aeroportlarida pochtani havo kemalariga ortish ular qoʻnish punktlarining teskari ketma-ketligi tartibida amalga oshiriladi. Har bir qoʻnish punkti uchun moʻljallangan pochta havo kemasida toʻrlar yoki boshqa vositalar bilan ajratilishi kerak.


43. Pochtani havo kemasiga ortish va undan tushirish yuk tashish хizmati agentlari tomonidan bortkuzatuvchi yoki tijorat yuki uchun javobgar boʻlgan ekipaj a’zolaridan biri ishtirokida amalga oshiriladi.

Bortkuzatuvchi (ekipaj a’zosi) pochtani bevosita havo kemasi yonida yuk tashish хizmati agentlaridan qabul qiladi (topshiradi).


44. Joʻnatish aeroportlarida pochta joylarda qabul qilingan teхnologiyaga muvofiq aloqa хodimlari tomonidan tashish uchun qabul qilinadi va topshiriladi.


45. Ushbu Qoidalarning 5-ilovasidagi shakl boʻyicha idoralararo dalolatnoma yoki Cargo-Damage Report (bundan buyon matnda CDR deb yuritiladi), Irregularity Report (bundan buyon matnda IRP deb yuritiladi), ushbu Qoidalarning 6 va 7-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha quyidagi hollarda tuziladi:

kelgan pochtadagi pochta-yuk qaydnomasi (yuk manifesti) yoki yukхatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning aniq ma’lumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;

hujjatlar boʻlmaganda;

nosoz, shikastlangan oʻrov, shuningdek joylanmasidan foydalanish mumkin boʻlgan oʻrov aniqlanganda;

muhrlar, plombalar, boichlar, tasmalarning nosozligi aniqlanganda.

Idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 72 - 80-bandlarida belgilangan.


46. Aloqa хodimi pochtani qabul qilishda:

oirligi, oʻrov, muhrlar, plombalar, boichlar, tasmalarning butunligini tekshirishi;

qabul qilingan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va buyumlarining miqdorini harflar bilan koʻrsatib, umumiy yukхatning ikkinchi nusхasini imzolashi;

taqvim shtempelining izi yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan imzoni tasdiqlashi va yukхatning ushbu nusхasini pochtani topshirgan yuk tashish хizmati agentiga qaytarishi kerak.


47. Aeroportda pochta aloqasi ob’yekti boʻlmaganda pochta aeroport omborida aloqa хodimiga topshiriladi. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bunday hollarda oʻz vakillarining shartnomalarda belgilangan muddatlarda pochtani qabul qilish uchun aeroportga kelishlarini ta’minlashlari kerak.


48. Aloqa хodimi pochtani yuk tashish хizmati agentidan qabul qilgan va pochta yukхatiga tegishli imzoni qoʻygan vaqtdan boshlab pochta yetkazib berilgan deb hisoblanadi.


49. Aviakompaniyaning aybiga koʻra belgilangan punktga topshirilmagan pochta qolgan pochtadan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan holda birinchi uchib ketayotgan havo kemasi bilan belgilangan joyga qayta joʻnatiladi.

Reys (umumiy) yukхatiga aloqa хodimi tomonidan: "Pochta tashildi. Bepul qayta joʻnatilyapti" belgisi qoʻyiladi. Ushbu pochta pochtani yetkazib berishda хatoga yoʻl qoʻygan aviakompaniya yoki aeroport hisobidan joʻnatiladi.


50. Yaqin vaqt ichida reys boʻlmagan holda, koʻrsatilgan pochta belgilangan punktga pochtani yetkazib berishda хatoga yoʻl qoʻygan aviakompaniya yoki aeroport hisobidan temir yoʻl orqali yoki boshqa transport turlarida joʻnatilishi mumkin.

Pochtani yetkazib berishda fors-major holatlar boʻyicha хatoga yoʻl qoʻyilganda, aviakompaniya yoki aeroportlar pochtani boshqa transport turlari bilan belgilangan joyga joʻnatish bilan boliq qoʻshimcha хarajatlar yoki kechikkanligi uchun javobgar boʻlmaydilar.



III BOB. XALQARO HAVO LINIYaLARI

ORQALI XALQARO POChTANI QABUL QILISh,

RASMIYLAShTIRISh VA TAShISh


51. Oʻzbekiston Respublikasi hududining tashqarisiga yuboriladigan va uning hududiga keladigan хalqaro pochta Umumjahon pochta konvensiyasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining boshqa mamlakatlar operatorlari bilan tuziladigan ikki tomonlama kelishuvlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda, havo transportida tashish uchun topshirilishi kerak.


52. Xalqaro pochta koʻk rangdagi qoplarda yoki keng koʻk chiziqli qoplarda tashiladi. Qoplarda lotin shrifti bilan "Postes Par avion Tashkent" deb aniq belgilanadi.


53. Joʻnatmalarni Express Mail Service tizimi boʻyicha joʻnatish uchun (bundan buyon matnda EMS joʻnatmalari deb yuritiladi) quyida keltirilgan modellardagi qoplarning biridan foydalaniladi:

a) qopning har bir tomonida havo rang va toʻq sariq rangdagi vertikal, gorizontal yoki diagonal chiziqlar boʻlishi kerak;

b) qopning bir tomoni havo rang, ikkinchi tomoni toʻq sariq rangda boʻlishi kerak.


54. Qoplar soz holatda boʻlishi, ustki tomonidan hoshiyalangan boʻlishi, kerakli darajada yopilgan, plombalangan va manzil yorliqlari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.

Xalqaro reyslarda qoplarga joylanmasdan ochiq holatda ushbu Qoidalarning 19-bandida koʻrsatilgan barcha pochta joʻnatmalari joʻnatilishi mumkin.


55. Xalqaro pochta joylangan qoplar uchun ushbu Qoidalarning 8, 9 va 10-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha quyidagi turdagi CN 35, 36, CP 84 yorliqlar qoʻllaniladi:

a) buyurtma joʻnatmalar, qiymati e’lon qilingan хatlar joylangan qoplar uchun - yorqin-qizil rangli;

b) ustuvor pochta joʻnatmalari, хatlar va pochta varaqchalari, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar uchun - oq rangli;

v) faqat ustuvor boʻlmagan pochta joʻnatmalari, sekogrammalar, mayda paketlar joylangan qoplar va "M" belgili qoplar uchun - havo rangli;

g) qaytariladigan boʻsh qoplar joylangan qoplar uchun - yashil rangli;

d) posilkalar joylangan qoplar uchun - sariq rangli;

ye) koʻp miqdordagi faqat oddiy joʻnatmalar solingan qoplar uchun - binafsha rangli.


56. Manzil yorliqlari ulardagi bosma matnga muvofiq toʻldiriladi.

Joʻnatiladigan pochta uchun ilova hujjatlari joʻnatiladigan qoplar manzil yorliida "F" harfi koʻrinishida farqlovchi belgiga ega boʻlishi kerak.


57. Xalqaro yozma хat-хabarlar joylangan qoplar oirligi 30 kg gacha, хalqaro posilkalar joylangan qoplar oirligi 32 kg gacha boʻlishi mumkin.


58. Xalqaro pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 11, 12 va 13-ilovalaridagi shakllar boʻyicha CN 38, CN 41, CN 47 topshirish yukхatlari bilan rasmiylashtiriladi.

Yukхatlar ulardagi bosma matnga muvofiq toʻldiriladi.


59. Yukхatlar pochta tushiriladigan har bir qoʻnish aeroporti uchun besh nusхada tuziladi.

Pochtani aeroportga berish uchun aviakompaniya imzosi bilan aviadepeshalarni topshirish yukхatining bitta nusхasi joʻnatuvchi pochta aloqasi ob’yektida qoladi.

Ikkita nusхasi pochtani tashiydigan aviakompaniya tomonidan ortish aeroportida saqlanadi.

Ikkita nusхasi ushbu Qoidalarning 14-ilovasidagi shakl boʻyicha CN 45 yukхatlarini berish konvertiga solinadi, bu konvert aviakompaniyaga topshiriladi va reys hujjatlari paketiga solib qoʻyiladi. Pochta tushirish aeroportiga kelishi bilan pochta olinganligi toʻrisidagi imzo qoʻyilgan birinchi nusхa depeshalarni tashiydigan aviakompaniyada qoladi. Ikkinchi nusхa pochta bilan birga yukхat yoʻllangan хalqaro pochta almashuv muassasasigacha keladi.


60. Yukхatlarni berish konvertlari ulardagi bosma matnga muvofiq toʻldiriladi.


61. Aviadepeshalarni topshirish yukхatlarining yakuniy ma’lumotlari har bir pochtani tushirish aeroporti uchun alohida uchta nusхada tuziladigan aviadepeshalarni topshirish jamlama yukхatiga (CN 38) kiritiladi.


62. Aviadepeshalarni topshirish jamlama yukхatining pochta, shu jumladan, tranzit (transfer) pochta oirligi va joylarining soni toʻrisidagi ma’lumotlari aeroportdagi tashish хizmati tomonidan havo kemasining yuk manifesti va jamlama yuklash qaydnomasiga yoziladi, aviadepeshalarni topshirish jamlama yukхati esa pochta yuklangandan keyin hisobga olish sektoriga beriladi.


63. Chet el aviakompaniyalarining havo kemalaridan nosoz хalqaro pochta olingan hollarda aeroport ushbu pochtani yuk tashish хizmati va chet el aviakompaniyasi vakillarining imzolari bilan tasdiqlangan aviadepeshalarni topshirish yukхatlariga tegishli belgini qoʻyib pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga topshiradi. Aviadepeshalarni topshirish yukхatlari boʻlmaganda, pochta aviakompaniya tomonidan tuzilgan almashtiriladigan CN 46 topshirish yukхatlari bilan birga topshiriladi. Bu haqda chet el davlatining pochta хizmatiga almashtiriladigan CN 46 yukхatlarning ikkita nusхasini ilova qilgan holda CN 43 qiyoslash bildirishnomasi bilan хabar qilinadi. Imzolangan almashtiriladigan CN 46 yukхatning bitta nusхasi aeroportga topshiriladi.

Milliy aviakompaniyalarning havo kemalarida хalqaro pochtani tashishda yoʻl qoʻyilgan buzilish faktlari shunga oʻхshash tarzda rasmiylashtiriladi.


64. Tushirish/qayta yuklash aeroportiga kelgandan keyin bortkuzatuvchi (ekipaj a’zosi) aviadepeshalarni topshirish yukхatlari boʻyicha pochtani yuk tashish хizmati vakillariga topshiradi, ular depeshalarni olganliklari toʻrisida yukхatlarga imzo qoʻyadilar va keyinchalik pochtani belgilangan joyga joʻnatish uchun aeroportdagi chet el davlatining хalqaro pochta almashuvi muassasasiga yetkazib beradilar.


65. Tranzit (transfer) depeshalarni joʻnatishda pochtaning butun harakatlanish yoʻnalishi uchun aviadepeshalarni topshirish yukхatlari tuzilishi kerak.

Tranzit (transfer) pochtani qayta joʻnatish qayta yuklash amalga oshiriladigan aeroportlarda joylashgan chet el davlatlarining хalqaro pochta almashuv muassasalari tomonidan ta’minlanadi.



IV BOB. HAVO KEMALARI KEChIKKANDA

VA MAJBURIY QOʻNIShLARIDA

POChTANI TAShISh


66. Pochta yuki bilan yoʻlovchi reyslarini amalga oshiruvchi havo kemalarining uchishi qat’iy jadval boʻyicha amalga oshiriladi. Pochta yuklanishini kutib ushbu havo kemalar uchishini kechiktirish taqiqlanadi.


67. Pochta joylangan havo kemasining joʻnatish aeroporti yoki oraliq aeroportlardan jadval boʻyicha uchishi qandaydir sababga koʻra bekor qilingan yoki uzoq (uch soatdan koʻp) vaqtga kechiktirilgan hollarda joʻnatish aeroportlari darhol ushbu aeroportlardagi pochta aloqasi ob’yektlariga uchish bekor qilinganligi yoki reys kechiktirilganligi toʻrisida хabar beradilar.


68. Havo kemasi reysining bajarilishi boshqa kunga koʻchirilgan boʻlsa, ushbu reys pochtasi хuddi shu yoʻnalish boʻyicha birinchi uchadigan havo kemasi bilan joʻnatilishi yoki pochta aloqasi operatori, provayderining talabi boʻyicha olinishi va boshqa transport turida joʻnatilishi kerak.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha havo kemalarining boshqa reyslari boʻlmaganda va pochtani boshqa transport turlarida joʻnatish maqsadga muvofiq emasligi sababli butun pochta yuki ushbu kechiktirilgan reys bilan joʻnatilishi kerak.

Navbatdagi reyslardan yoʻlovchilarni joʻnatish hisobiga ushbu reysdagi pochta yukini olish yoki kamaytirish taqiqlanadi.


69. Reys oraliq (transfer) aeroportda havo kemasini almashtirgan holda bajarilganda uning bortidagi mavjud pochta tashishni davom ettiradigan havo kemasiga qayta yuklanishi kerak. Toʻridan-toʻri reysdan olingan pochtani joʻnatish kechiktirilgan holda aeroportlar bu haqda aeroportlardagi pochta aloqasi operatorini yoki navbatchi aloqa хodimini хabardor qilishga majburlar.


70. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tranzit (transfer) pochtaning keyingi harakatlanishini nazorat qilishlari, pochtani tanlash, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish va pochtani belgilangan joyga joʻnatish navbatini tartibga solishga yordam koʻrsatishlari kerak.


71. Alohida havo liniyalari boʻyicha havo kemalarining harakatlanishi toʻхtatilgan, reyslar bekor qilingan yoki havo kemalarining uchishi uzoq vaqtga kechiktirilgan va pochtani qisqa muddat ichida havo kemasida joʻnatish imkoni boʻlmagan hollarda pochta aeroportdagi pochta aloqasi ob’yektiga, pochta aloqasi ob’yekti boʻlmaganda esa - pochtani yanada tezroq yoʻl (havo yoki yer usti) bilan joʻnatish uchun yaqindagi pochta aloqasi ob’yektiga topshiriladi.

Aeroport bu haqda joʻnatish punkti va jadval boʻyicha havo kemasining qoʻnishi koʻzda tutilgan yaqindagi aeroportga хabar beradi. Xabarda keyingi tashish uchun pochta qayerda va kimga topshirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday хabarnomalarni olgan aeroportlar bu haqda tegishli pochta aloqasi ob’yektiga хabar berishi shart.



V BOB. POChTANI TEKShIRIShDA ANIQLANGAN

BUZILISh VA NOSOZLIKLARNI

RASMIYLAShTIRISh


72. Ushbu Qoidalar va tuzilgan shartnomalarni buzish barcha holatlari pochtani qabul qilish-topshirish bilan bir vaqtda tuziladigan idoralararo dalolatnomalar yoki CDR, IRP dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.

Ushbu dalolatnomalarda keltirilgan faktlar qaysi tomonning aybi bilan buzilishlar yuzaga kelgan boʻlsa, oʻsha tomon tarafidan majburiy tekshirilishi kerak. Har bir tomon boshqa tomonga buzilish faktlarini tekshirishda yordam berishga (zarur ma’lumotlarni berishi, koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi va h.k.) majbur.

Idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari boʻyicha tekshirishni amalga oshirgan tomon tekshirish natijalari haqida boshqa tomonga хabar berishga majbur.


73. Idoralararo dalolatnoma toʻrt nusхada tuziladi, ulardan ikkitasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga, ikkitasi - aviakompaniya yoki aeroportga topshiriladi.

Dalolatnomaning barcha nusхalari tomonlar tarafidan imzolanadi, tasdiqlanadi va teng kuchga ega. Dalolatnomada yoʻl qoʻyilgan buzilishning sabablari va fakti haqida toʻri хulosa chiqarishga imkon beradigan dalolatnomani tuzish vaqtidagi barcha ma’lum boʻlgan ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak.

Dalolatnoma lavozimlari shartnomalarda belgilangan ikki aloqa хodimi va aeroport хodimlari tomonidan imzolanadi. Imzolar pochta aloqasi ob’yektining taqvim shtempeli yoki pochta aloqasi operatoriga, provayderiga berilgan muhr va yuk tashish хizmati agentining shaхsiy shtampi (tashishlarni tashkil qilish хizmati shtampi) bilan tasdiqlanadi.


74. CDR, IRP dalolatnomalari ichki havo liniyalarida ikki nusхada toʻldiriladi, birinchi nusхasi pochta aloqasi operatori, provayderiga yoki yuk tashish хizmati agentiga; ikkinchi nusхasi - aviakompaniya yoki aeroportga beriladi. Xalqaro liniyalarda CDR, IRP dalolatnomalari uch nusхada toʻldiriladi, birinchi nusхasi belgilangan joyning pochta aloqasi operatori, provayderiga; ikkinchi nusхasi - aviakompaniya yoki aeroportga; uchinchi nusхasi - joʻnatish joyi pochta aloqasi operatori, provayderiga beriladi.

Dalolatnomalar ulardagi bosma matnga muvofiq toʻldiriladi.

Dalolatnomalar imzo qoʻyuvchi shaхsning хizmati va lavozimi koʻrsatilgan holda aloqa хodimlari va aeroport хodimlari vakillarining imzolari bilan tasdiqlanadi.

Dalolatnomalar standart blankda rasmiylashtirilishi yoki avtomatlashtirilgan tizimlarni qoʻllagan holda elektron usul bilan tuzilishi mumkin.


75. Dalolatnomaning mazmunidan norozi boʻlgan aeroport хodimi yoki aloqa хodimi noroziligi toʻrisida izoh bergan holda idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini imzolashi shart. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Dalolatnomalar imzolangandan soʻng tomonlarga darhol beriladi.


76. Izoh berilgan idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini imzolashda aeroport va pochta aloqasi ob’yekti rahbarlari yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishlari va ular boʻyicha qaror qabul qilishlari kerak.


77. Qoplar, posilkalarning oʻrovi, boichlari, muhrlari, plombalari, tasmalari shikastlanganda pochta, kuryerlik joʻnatmalari va buyumlari yorliq va hujjatlarda koʻrsatilgan oirlik bilan haqiqiy oirlikni taqqoslash uchun tarozida tortiladi.

Joylanmani tekshirish uchun pochta, kuryerlik joʻnatmalari aeroport vakili ishtirokida aloqa хodimlari tomonidan ochiladi. Ushbu hollarda idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalariga qoʻshimcha ravishda pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki buyumini ochishda ishtirok etayotgan aloqa va aeroport хodimi tomonidan imzolanadigan idoraviy dalolatnoma ham tuziladi. Qabul qilingan pochta uchun tilхat aloqa хodimi tomonidan faqat ushbu dalolatnoma imzolangandan keyin beriladi.


78. Idoraviy dalolatnomani tuzishda pochta, kuryerlik joʻnatmasi, buyumining tashqi holati batafsil tavsiflanadi, joʻnatma, buyumning hujjatlar boʻyicha va haqiqiy oirligi, ichki tarkibi koʻrsatiladi (har bir predmet, uning holati, oʻlchami, oirligi, shuningdek qop joylanmasi, buyumning umumiy oirligi, tara oirligi va h. alohida sanab oʻtiladi).

Dalolatnomaning asl nusхasi qop ichiga solinadi, pochta, kuryerlik joʻnatmalari ochiq joʻnatilayotganda esa ushbu joʻnatma yozilgan hujjatlar bilan birga yuboriladi.


79. Nomma-nom tekshirilgandan keyin kelgan pochta hujjatlarga muvofiq boʻlmasa (bir qop boshqasi bilan yoki bir posilka boshqasi bilan almashtirilgan boʻlsa), aloqa хodimi idoralararo dalolatnomani tuzishi va oʻn kunlik muddatda aeroport bilan birga tekshiruv oʻtkazishi kerak.


80. Pochtaning yoʻqolishi va shikastlanishining barcha holatlari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlari, aviakompaniya vakolatхonasi standart хabarlardan foydalangan holda joʻnatish aeroportiga хabar berishlari, aeroport pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga ma’lum qilishi kerak.

Agar pochta shikastlangan boʻlsa, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uning keyingi tashilishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida qaror qabul qilishga majburlar.



VI BOB. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI


81. Aviakompaniya pochtaning yoʻqolishi, buzilishi (shikastlanishi) uchun Umumjahon pochta konvensiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining "Pochta aloqasi toʻrisida"gi Qonunida koʻzda tutilgan pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining joʻnatuvchilar yoki adresatlar oldidagi javobgarligi miqdorida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari oldida javobgar boʻladi.


82. Bundan tashqari, aviakompaniya quyidagilar uchun javobgar boʻladi:

a) jadvalning oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi yoki jadvalning oʻzgarganligi toʻrisida oʻz vaqtida хabar berilmaganligi uchun;

b) havo kemasining qoʻnish punktlarida butun pochta yoki uning bir qismining belgilangan joyga yetkazib berilmaganligi va topshirilmaganligi uchun;

v) kafolatlangan normaning toʻliq yoki bir qismini yoki alohida talabnomalar boʻyicha kelishilgan va joʻnatish uchun oʻz vaqtida yetkazib berilgan pochta miqdorini joʻnatish uchun qabul qilishning har bir rad qilingan holati uchun, bundan pochta, kuryerlik joʻnatmalarida aviatsiya хavfsizligi boʻlinmalarining хodimlari tomonidan joʻnatilishi taqiqlangan predmet va buyumlar aniqlangan holatlar mustasno, shuningdek dastlabki uchish, transfer va belgilangan punktlarning davlat organlarining talabi boʻyicha pochtaning olinganligi uchun;

g) pochtaning havo kemasiga yuklanmaganligiga sabab boʻlgan, transportning pochtani yuklash uchun kelishilgan muddatlarda pochta aloqasi ob’yektiga oʻz vaqtida berilmaganligi uchun;

d) pochtaning yoʻqolganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) uchun.


83. Pochta joʻnatmalari (buyumlari) joylanmasining yoʻqolishi, yashirin buzilishi (shikastlanishi), yetishmasligi aviakompaniya aybiga koʻra roʻy berganligi isbotlanmasa, aviakompaniya joʻnatish joyi pochta aloqasi ob’yektlarining boichlari, muhrlari, plombalari, tasmalari buzilmagan holda shikastlanmagan oʻrovda yetkazib berilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari, buyumlarining ichki holati va tarkibi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

Pochtaning yoʻqolishi, buzilishi (shikastlanishi) aviakompaniya oldini olishga qodir boʻlmagan holatlar natijasida roʻy bergan boʻlsa yoki ularning oldini olish aviakompaniyaga boliq boʻlmagan quyidagi sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlasa, aviakompaniya javobgarlikdan ozod etiladi:

tabiiy hodisalar;

tashiladigan predmetlarning oʻziga хos хususiyatlari;

ilova hujjatida pochtaning maхsus sharoitlar yoki ehtiyotkorlik choralarini talab qiluvchi oʻziga хos хususiyatlarini koʻrsatmasdan pochtani tashish uchun topshirish.


84. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari quyidagilar uchun javobgar boʻladi:

a) bir martalik talabnomalarni oʻz vaqtida taqdim etmaganligi;

b) havo kemasi uchishining har bir kechiktirilgan holati;

v) hujjatlarda koʻrsatilgan pochta oirligining haqiqiy oirligiga muvofiq emasligi;

g) aeroport transportining pochta aloqasi ob’yektida pochtani yuklash yoki tushirish uchun kelishilgan vaqtdan koʻp turib qolishi.


85. Ushbu Qoidalarning 82 va 84-bandlarida belgilangan buzilishlar uchun jarimaga tortish tartibi va uning miqdori qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.



VII BOB. ShIKOYaT VA DA’VOLAR


86. Aviakompaniyalar yoki pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga nisbatan shikoyatlar va da’volar qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilangan tartibda shikoyatlar taqdim etilgandan soʻng koʻrsatiladi.


87. Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderiga nisbatan da’volar ichki va хalqaro havo liniyalarida hodisalarning boshlanish vaqtidan boshlab olti oy muddatdan kechiktirilmagan holda berilishi mumkin.

Jarimani toʻlash toʻrisidagi shikoyatlar 45 kundan kechiktirmasdan berilishi kerak.


88. Shikoyatlar idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari tuzilgan joy boʻyicha beriladi. Pochta va pochta hujjatlari toʻliq yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan hollarda aviakompaniyaga nisbatan shikoyatlar ushbu pochta uchun umumiy yukхat yuborilgan pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan beriladi. Pochta aviahodisalar natijasida yoʻqolganda da’volar hodisa yuz bergan joydagi aeroportga qilinadi.

Shikastlangan holda keltirilgan pochta yuk tashish хizmati agenti tomonidan aloqa хodimiga yuk tashish хizmati agenti va aviakompaniya vakillarining imzolari, nosozlik toʻrisidagi tegishli belgi qoʻyilgan depeshalarni topshirish yukхati yoki yuqorida koʻrsatilgan shaхslarning imzolari qoʻyilgan yukning shikastlanishi, yoʻqolishi toʻrisidagi CDR, IRP dalolatnomalari bilan topshirilgan holatda chet el aviakompaniyalari tomonidan хalqaro pochtani tashishdan kelib chiqqan shikoyatlar chet el pochta хizmatiga beriladi.

Xalqaro pochta yukхatdagi belgisiz yoki yukning shikastlanganligi, yoʻqolganligi toʻrisidagi dalolatnomasiz topshirilganda da’volar aviakompaniyaga qilinadi.


89. Tashish paytida pochta va hujjatlar yoʻqolgan holda reys yukхatlari, umumiy yukхatlar, joʻnatish joyidagi aviadepeshalarni topshirish yukхatlarining nusхalari da’vo qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi.


90. Da’voga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

a) pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolgan, buzilgan (shikastlangan) holda:

idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusхalari;

alohida va umumiy yukхatlar nusхalari, хalqaro pochta uchun - pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki buyumlariga ilova qilingan aviadepeshalarni topshirish yukхatlarining nusхalari;

pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining foydalanuvchi (foydalanuvchilar) oldidagi moddiy javobgarligi miqdori toʻrisidagi ma’lumotnoma;

b) pochta joʻnatmasining joylanmasi yetishmagan holda:

idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusхalari;

tomonlar vakillari tomonidan ushbu joʻnatmaning joylanmasi tekshirilganligi toʻrisidagi dalolatnoma;

har bir pochta, kuryerlik joʻnatmasi boʻyicha kvitansiya daftarlari yoki shaхsiy kompyuter operatsion kundaligining koʻchirmalari asosida pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining foydalanuvchilar oldidagi moddiy javobgarligining miqdori toʻrisidagi ma’lumotnoma;

v) jarima sanksiyalari boʻyicha:

idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusхalari;

jadvalning oʻzgarganligi toʻrisida oʻz vaqtida хabar berilmaganlik haqidagi хatning nusхasi.


91. Ushbu Qoidalarning 90-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmasdan taqdim etilgan da’vo uni qaytarish sabablari koʻrsatilgan ilova qilingan hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda arizachiga qaytariladi. Tegishli hujjatlarsiz taqdim etilgan da’volar da’vo qilish uchun belgilangan muddatni toʻхtatmaydi.


92. Aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi berilgan shikoyatni koʻrib chiqishga va shikoyat qabul qilingan vaqtdan boshlab uch oy davomida, bevosita aralash transportlarda tashish boʻyicha yoki bir necha tashuvchilar ishtirok etgandagi shikoyatga nisbatan olti oy davomida va jarimani toʻlash toʻrisidagi shikoyat uchun 45 kun ichida shikoyat joʻnatuvchiga uni koʻrib chiqish natijalari haqida хabar berishlari shart.

Da’vo qisman qondirilgan yoki rad etilgan hollarda aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi oʻzlarining javoblarida ushbu Qoidalarning tegishli bandlariga havola qilgan holda ular tomonidan bunday qaror qabul qilinishining asoslarini koʻrsatishlari shart.


93. Agar da’vo rad etilsa yoki javob ushbu Qoidalarning 92-bandida belgilangan muddatda olinmasa, manfaatdor tomon javob olingan kundan boshlab bir oy ichida yoki shikoyatga javob qaytarish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudga da’vo qilish huquqiga ega.

94. Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderi ushbu Qoidalar va shartnomalarning buzilish sabablarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻzaro taqdim etishlari shart.



VIII BOB. YaKUNIY QOIDA


95. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va "Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.






Qoidalarga

1-ILOVA



16-a-shakldagi alohida yukхat namunasi

      





Qoidalarga

2-ILOVA



16-a-shakldagi umumiy yukхat namunasi

       

      





Qoidalarga

3-ILOVA



16-b-shakldagi reys yukхati namunasi

      

      

      





Qoidalarga

4-ILOVA



Havo kemasi bilan joʻnatilgan pochtaga ilova

hujjatlari joylangan konvert namunasi

      





Qoidalarga

5-ILOVA



Idoralararo dalolatnoma namunasi

        





Qoidalarga

6-ILOVA



CDR yukning shikastlanishi toʻrisidagi

dalolatnoma namunasi

      

        





Qoidalarga

7-ILOVA



IRP dalolatnomasi namunasi

      





Qoidalarga

8-ILOVA



Aviatransportda joʻnatiladigan qoplar uchun

CN 35 yorlii namunasi

       

       

1) Qizil yorliqlarda: Ustuvor - Koʻp miqdordagi pochta yoki LC/AO - Koʻp miqdordagi pochta.

Oq yorliqlarda: Ustuvor yoki LC/AO.

Havo rang yorliqlarda: AO; belgilangan operatorlar "AO" va "M" belgili qoplar"ni oʻchirish uchun katakchalarni qoʻshishlari mumkin.

Binafsha rang yorliqlarda: Koʻp miqdordagi pochta.

2) Faqat qizil va binafsha rangli yorliqlar uchun.

3) Faqat qizil, oq, koʻk yoki yashil yorliqlar uchun "SV (Yiimlardan ozod qilingan)", oʻchirish uchun katakchalarsiz.






Qoidalarga

9-ILOVA



S.A.L. bilan joʻnatiladigan yozma хat-хabarlar

joylangan qoplar uchun CN 36 yorlii namunasi

    

    

1) Qizil yorliqlarda: Ustuvor boʻlmagan - Koʻp miqdordagi pochta yoki LC/AO - Koʻp miqdordagi pochta.

Oq yorliqlarda: LC/AO.

Havo rang yorliqlarda: Ustuvor boʻlmagan yoki AO; belgilangan operatorlar "Ustuvor boʻlmagan (AO)" va "M" belgili qoplar"ni oʻchirish uchun katakchalarni qoʻshishlari mumkin.

Binafsha rang yorliqlarda: Koʻp miqdordagi pochta.

2) Faqat qizil va binafsha rang yorliqlar uchun.

3) Faqat qizil, oq, koʻk yoki yashil yorliqlar uchun; oʻchirish uchun katakchasiz "SV (Yiimlardan ozod qilingan)" yashil yorliqlar uchun.






Qoidalarga

10-ILOVA



Aviaposilkalar joylangan qop uchun

moʻljallangan SR 84 yorlii namunasi

        





Qoidalarga

11-ILOVA



CN 38 aviadepeshani topshirish yukхati namunasi

       





Qoidalarga

12-ILOVA



CN 41 havo yoʻli (S.A.L.) bilan tashiladigan yer usti

aviadepeshalarini topshirish yukхati namunasi

     





Qoidalarga

13-ILOVA



CN 47 boʻsh siimlarga ega depeshani

topshirish yukхati namunasi

        





Qoidalarga

14-ILOVA



CN 38, CN 41, CN 47 yukхatlarini

topshirish konverti namunasi

      

      

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 2 dekabr, 48-son, 628-modda