Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 09.06.2014 y. 155-mh-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.06.2014 y. 2090-8-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.06.2014 y.

N 2090-8




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

09.06.2014 y.

N 155-mh


BUYRUI


Notariuslar tomonidan notarial

harakatlarni amalga oshirish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi OʻRQ-372-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandi yettinchi хatboshisidagi "besh yilda" degan soʻzlar "uch yilda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari O. Murodov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                  N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 16 iyun, 24-son, 294-modda