Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 26.09.2014 y. 245-mh-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 26.09.2014 y. 2151-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.09.2014 y.

N 2151-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

26.09.2014 y.

N 245-mh


BUYRUI



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 232-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2151, 2010 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                        N. Yoʻldoshev






Buyruqqa

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. 6-banddagi "raisi boʻlmaganda" degan soʻzlar "raisi vaqtincha boʻlmaganda (хizmat safari, mehnat ta’tili, kasallik va h.k.)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 12-bandning oʻn birinchi хatboshisi "hisobotini eshitish" degan soʻzlardan keyin ", notariuslar tomonidan ayrihuquqiy хatti-harakatlar sodir etilganligi holatini muhokama qilish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 18-banddan "va talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish toʻrisida qaror qabul qiladi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. 20-banddagi "imtihonini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi" degan soʻzlar "imtihoni qabul qilinadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 21-bandda:

birinchi хatboshidagi "doimiy yashash joyidagi" degan soʻzlar "stajirovka oʻtagan joydagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi хatboshi "toʻrisida" degan soʻzdan keyin "talabgorning hisoboti," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻninchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganda, mazkur bandning sakkizinchi хatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.".


6. 27-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonхonasida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim.".


7. 28-bandning birinchi хatboshisi "uzrli sabablarga koʻra" degan soʻzlardan keyin "(kasallik, homiladorlik va tuish ta’tillari, bola parvarishlash ta’tillari, harbiy yiinlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 6 oktyabr, 40-son, 501-modda