Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 30.12.2014 y. 310-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.12.2014 y. 2165-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.12.2014 y.

N 2165-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

30.12.2014 y.

N 310-mh


BUYRUI


Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 20 dekabrdagi 303-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2165, 2010 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                            N. Yoʻldoshev






Buyruqqa

ILOVA



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 4-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli adliya boshqarmasining хabarnomasi olingan yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organ tomonidan markaziy ommaviy aхborot vositalarida, tegishli adliya boshqarmasi orqali mahalliy ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli adliya boshqarmasining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazish toʻrisida e’lon beriladi.".


2. 7-bandda:

a) quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"oliy yuridik ma’lumot toʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi;";

b) oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishincha yettinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;

v) yettinchi хatboshidagi "sakkizinchi va toʻqqizinchi" degan soʻzlar "toʻqqizinchi va oʻninchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

g) quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Notarius lavozimida ishlayotgan shaхs tanlovda ishtirok etishi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi hamda mazkur bandning ikkinchi - sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga notarius lavozimidan ozod etilganligi haqidagi buyruq nusхasini taqdim etishi lozim.".


3. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Tanlov oʻtkazish tartibi tushuntirilgandan soʻng, har bir talabgorga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov varaqasi tarqatiladi.

Har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. Tanlov varaqasining birinchi beti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Komissiya a’zolarining har biriga komissiyaning ushbu majlisida ishtirok etayotgan barcha talabgorlarni baholash uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda bittadan baholash byulleteni beriladi. Baholash byulletenlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi komissiya a’zolari roʻyхatiga imzo qoʻydirilgan holda tarqatilishi lozim.".


4. 26-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi yima baholash byulleteniga kiritiladi va komissiya a’zolariga e’lon qilinadi.".


5. Quyidagi mazmundagi 28-1 va 28-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"28-1. Tanlovda olib deb topilmagan va olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50 foizini toʻplagan talabgorlarga ularning roziligi bilan komissiyaning ushbu majlisi davomida tanlov oʻtkazilgan, biroq unda olib aniqlanmagan boshqa boʻsh notarius oʻrnida ishlash taklif etilishi mumkin. Bunda mazkur boʻsh notarius oʻrni, qoida tariqasida, talabgor tanlovda ishtirok etgan hududdagi adliya boshqarmasi tizimida boʻlishi lozim.

Agar talabgor taklif etilgan boʻsh notarius oʻrnida ishlashga rozi boʻlsa, bu haqda komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.

28-2. Tanlovlarda ketma-ket ikki marta ishtirok etib, ularning har birida olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgor ikkinchi tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy davomida e’lon qilingan tanlovlarga qoʻyilmaydi.".


6. 29-bandning oʻn beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tanlov varaqalari, baholash byulletenlari, komissiya a’zolari roʻyхati hamda yima baholash byulleteni majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.".


7. Quyidagi mazmundagi 34-1-band bilan toʻldirilsin:

"34-1. Notarius lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaхslarga adliya boshqarmasi rahbarining buyrui bilan soha boʻyicha yetarli tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda notarius lavozimida kamida uch yil ishlayotgan notarius bir yil muddatga murabbiy-notarius etib tayinlanadi.

Murabbiy-notarius yangi tayinlangan notariusning faoliyati boʻyicha mas’ul hisoblanadi va uni doimiy ravishda nazorat qilib boradi.".


8. 37-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bunda ushbu talabgor tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50 foizini toʻplagan hamda mazkur Nizomning 28-1-bandiga muvofiq boshqa boʻsh notarius oʻrniga tayinlanmagan boʻlishi lozim.".


9. 4 va 5-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


10. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi 6-ilova bilan toʻldirilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



"Notarius lavozimiga tayinlash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

M.Oʻ.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasi a’zosining

BAHOLASh BYuLLETENI

        

T/r

Talabgorlarning

F.I.O.

Tanlov oʻtkazilayotgan davlat

notarial idorasining nomi


Qoʻyilgan ballar














Komissiya a’zosi:


/


/


(F.I.O.)


(imzo)".


      





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



"Notarius lavozimiga tayinlash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

5-ILOVA


            


(Oliy malaka komissiyasi raisining F.I.O., imzosi, sana)


            


M.Oʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasining ____-son majlisida

ishtirok etgan komissiya a’zolari

ROʻYXATI

       

T/r

F.I.O.


Lavozimi


Oliy malaka

komissiyasi

majlisiga

kelganligi

haqida imzo


Baholash

byulletenini

olganligi

haqida imzo


1.







2.







3.







4.







5.







6.







7.







8.







9.







10.







11.






".

          





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

3-ILOVA



"Notarius lavozimiga tayinlash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

6-ILOVA


            


(Oliy malaka komissiyasi raisining F.I.O., imzosi, sana)


            


M.Oʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Oliy malaka komissiyasining _______-son majlisi

YIMA BAHOLASh BYuLLETENI

           

T/r

Talabgor-

larning

F.I.O.


Tanlov

oʻtkazilayot-

gan davlat

notarial

idorasining

nomi


Komissiya a’zolarining F.I.O. va ular

tomonidan qoʻyilgan ballar


Jami



F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.


F.

I.

O.






















































































".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 31 dekabr, 52 (I)-son, 647-modda