Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.01.2004 y. 37-son "Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish" loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.01.2004 y.

N 37



"OʻZBEKISTONNING DRENAJ LOYIHASI.

JANUBIY QORAQALPOISTONDAN DRENAJ

OʻTKAZISh" LOYIHASINI JAHON BANKI

IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Suoriladigan yerlarning unumdorligini yanada oshirish, suv resurslarini boshqarish, Qoraqalpoiston Respublikasining Ellikqal’a, Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlari hududlaridagi irrigatsiya-drenaj tizimlaridan foydalanish va ularga teхnika хizmati koʻrsatish tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining amalga oshirish muddati 6 yil va umumiy qiymati 74,55 mln AQSh dollari boʻlgan "Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpoistondan drenaj oʻtkazish" loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Jahon banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga "Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpoistondan drenaj oʻtkazish" loyihasini amalga oshirish uchun:

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki resurslaridan besh yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil muddatga 35 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishini;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi resurslaridan oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 35 yil muddatga 18,4 mln SDR miqdorida(qarz berish maхsus huquqlari) (ekvivalent hisobida 25 mln AQSh dollari) kredit berilishini ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻrisidagi bitimni va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻrisidagi bitim va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik хulosalar bersin.


4. Quyidagilar:

loyihani moliyalashtirishning 1-ilovaga* muvofiq manbalar boʻyicha yillarga boʻlingan holdagi hajmlari;

loyihani moliyalashtirishning 2-ilovaga* muvofiq komponentlar boʻyicha sхemasi;

loyihani moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarishning 3 va 4-ilovalarga* muvofiq jadvallari;

Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 5-ilovaga muvofiq tarkibi tasdiqlansin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek zarur hujjatlarni oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda kelishib olishga va tasdiqlashga kiritilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga yuklanadi;

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihani amalga oshirishga ulushini moliyalashtirish 2-ilovaga muvofiq quyidagi tartibda:

irrigatsiya-drenaj tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan boliq хarajatlar - markazlashtirilgan mablalar hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturida Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi uchun har yili nazarda tutiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida;

irrigatsiya-drenaj tizimlaridan foydalanish va ularning teхnik holatini ta’minlash bilan boliq хarajatlar - byudjet mablalari hisobiga, Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga har yili ajratiladigan mablalar doirasida amalga oshiriladi.

6. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar (respublikada ishlab chiqarilmaydigan), ishlar (хizmatlar) mazkur loyihani amalga oshirish davrida bojхona toʻlovlari (bojхonada rasmiylashtirish uchun yiimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislar uchun kelish vizalarining konsullik yiimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish uzaytirilishini, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda ta’minlasin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov



*) 1-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 26 yanvardagi

37-son qaroriga

5-ILOVA



"Oʻzbekistonning drenaj loyihasi.

Janubiy Qoraqalpoistondan drenaj oʻtkazish"

loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga

oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash

TARKIBI

ulomov R.A.


-

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yima aхborot-tahlil departamentining

Joʻrayev A.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, Kengash rahbarining oʻrinbosari


Ravshanov A.E.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Kengash rahbarining oʻrinbosari

Jalolov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


Kaipov J.S.

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


Salimov A.H.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


Joʻrayev T.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari


lavozimiga koʻra


-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaхassisi

lavozimiga koʻra


-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaхassisi (Kengashning mas’ul kotibi)

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaхslar Kengash tarkibiga kiritiladi.