Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.07.2008 y. PQ-934-son "Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (YeDSF) imtiyozli krediti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.07.2008 y.

N PQ-934



KOREYa RESPUBLIKASI HUKUMATINING

IQTISODIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

FONDI (YeDSF) IMTIYoZLI KREDITI MABLALARI

HISOBIDAN MOLIYaLAShTIRILADIGAN OʻRTA MAXSUS,

KASB-HUNAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh YuZASIDAN

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ta’lim yoʻnalishlariga muvofiq eng maqbul tarzda butlash hisobiga oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari sonini koʻpaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining umumiy kredit summasi doirasida oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari sonini loyihaga muvofiq хarid qilinadigan uskunalar roʻyхatidan bir-biriga oʻхshashlarini, shuningdek oʻquv jarayonida toʻliq hajmda ishlatilmaydiganlarini chiqarib tashlash hisobiga 60 tadan 150 tagacha oshirish, koʻrsatilgan roʻyхatda nomi yozilgan uskunalarni 138 tadan 43 tagacha qisqartirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:

loyihaning kiritiladigan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda yangilangan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tender savdolari natijalariga koʻra, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

loyiha doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan barcha tartib-qoidalar oʻz vaqtida bajarilishining aniq muddatlarini belgilasin va uning ijro muddati asossiz choʻzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlaydigan qat’iy nazoratni oʻrnatsin.


3. Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) imtiyozli krediti mablalari hisobidan amalga oshiriladigan loyiha doirasida quyidagilar:

investitsiya davrida bevosita yetkazib beruvchi hamda pudratchilardan хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) qoʻshilgan qiymat soliidan, davlatning maqsadli fondlariga va byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalardan;

loyihaning хorijiy qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaidan undiriladigan foyda solii toʻlashdan ozod etilsin.


4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari Aхborotnomasi”, 2008 y., 7-son, 396-modda.