Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2007 y. 134-son "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisoblarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.06.2007 y.

N 134



OSIYo TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDAGI

"TA’LIM SEKTORINI RIVOJLANTIRISh

DASTURI" LOYIHASINING TEXNIK-

IQTISODIY HISOBLARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasi boʻyicha qarz mablalaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining "Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasi boʻyicha komponentlar tarkibiga loyihani amalga oshirish muddatini 2009 yil 31 martgacha uzaytirgan holda maslahat хizmatlari хarajatlarini moliyalashtirishni 2796,90 ming AQSh dollariga kamaytirishni hamda masofadan oʻqitish resurs markazlarini va umumta’lim maktablarini jihozlash uchun mebel va asbob-uskunalar хarid qilish hajmini 2379,19 ming AQSh dollariga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.


2. Loyihaning ilovaga* muvofiq teхnik-iqtisodiy parametrlarga ega boʻlgan teхnik-iqtisodiy hisoblari tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablalarning toifalar boʻyicha qayta taqsimlanishini hamda loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2003 yil 9 yanvardagi Qarz bitimiga oʻzgartirishlar kiritilishi toʻrisida Osiyo taraqqiyot bankiga tegishli soʻrovnoma yuborsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 19 fevraldagi 92-son qarori 3-bandining ikkinchi хatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.