Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.1993 y. 36-son "Aholining Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari boʻyicha yangi foiz stavkalarini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.01.1993 y.

N 36



AHOLINING OʻZBEKISTON JAMARMALAR

BANKI MUASSASALARIDA SAQLANAYoTGAN

OMONATLARI BOʻYIChA YaNGI FOIZ

STAVKALARINI TASDIQLASh

HAQIDA


Narхlarning erkinlashtirilishi munosabati bilan aholi jamarmalarini oʻz qiymatini yoʻqotishdan muhofaza qilish va aholi pul mablalarini jamarma banklariga qoʻshimcha ravishda jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Aholining Oʻzbekiston davlat-tijorat jamarmalar banki muassalarida saqlanayotgan omonatlari boʻyicha foiz stavkalari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:

- yoʻqlab olinadigan omonatlar boʻyicha - 10 foiz;

- saqlanish muddati belgilangan jamarmalar boʻyicha:

1 yildan 3 yilgacha - 20 foiz;

3 yildan 5 yilgacha - 30 foiz;

5 yildan koʻp boʻlganda - 45 foiz.

- yoshlar - mukofot omonatlari boʻyicha - 20;

- maqsadli bolalar omonatlari va toʻlanadigan omonatlar boʻyicha - 45 foiz;

- yutuqli omonatlar boʻyicha - 6 foiz.


2. Aholi omonatlarining Oʻzbekiston Markaziy banki va tijorat banklarida kredit resurslar sifatida joylashtirilishi hisobiga paydo boʻladigan jamarmalar banki muassasalarining daromadlari aholining omonatlari boʻyicha foiz stavkalarni oshirishning asosiy manbalari etib hisoblansin.


3. Yangi foiz stavkalari Oʻzbekiston jamarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga 1993 yil 1 yanvaridan boshlab joriy qilinsin.


4. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamkasining "Aholining Oʻzbekiston jamarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari boʻyicha foiz stavkalarini oshirish haqida"gi 1992 yil 5 maydagi 223-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov