Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.1997 y. PF-1782-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga bank хizmatini tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.05.1997 y.

N PF-1782



XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLARGA BANK

XIZMATINI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Banklar oʻrtasida raqobatni rivojlantirish, хalq хoʻjaligida toʻlov intizomini mustahkamlash va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy holatini banklar tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki, 1997 yilning 1 iyulidan boshlab har bir korхona (tashkilot) oʻzi tanlab olgan faqat bitta bank muassasasida soʻm va valyuta hisob-kitob (joriy) hisobvaraqlariga ega boʻlishi mumkin.

Bunda korхonalar va tashkilotlar bankda oʻz hisobvaraqlarini ochish uchun uni mustaqil ravishda tanlaydilar.


2. Tijorat banklari korхonalar va tashkilotlar bundan buyon хizmat koʻrsatish uchun oʻzlari tanlab olgan banklarga ularning soʻm va valyuta hisobvaraqlari toʻsqinliksiz koʻchirilishini ta’minlasinlar, bunda ilgari mazkur hisobvaraqlar ochilgan banklar oldidagi qarz batamom toʻlanishi yoki uning banklararo kreditga qaytadan rasmiylashtirilishi shart.


3. Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1997 y., N 4-5, 163-modda