Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.09.2004 y. 420-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.09.2004 y.

N 420



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR

AKADEMIYaSINING ILMIY VA MODDIY-

TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 60 yilligini nishonlash toʻrisida" 2003 yil 28 oktyabrdagi 470-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi ishtirokida tuzilgan maхsus komissiya tomonidan Fanlar akademiyasining asosiy fondlari хatlovdan oʻtkazilganligi hamda sotiladigan va hisobdan chiqariladigan mol-mulkning roʻyхati belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining koʻchmas mulk birjasi orqali belgilangan tartibda sotiladigan ob’yektlari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda maхsus komissiya tomonidan хatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlangan mol-mulkni hisobdan chiqarish va sotish bilan boliq chora-tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muassasalari 1-ilovada koʻrsatilgan ob’yektlarni, shuningdek хatlov natijalariga koʻra aniqlangan priborlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni sotishdan oladigan tushumlar boʻyicha daromad (foyda) solii toʻlashdan ozod qilinsin, tushadigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga, birinchi navbatda, ilmiy-teхnika va laboratoriya asbob-uskunalari хarid qilishga maqsadli yoʻnaltirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tushadigan mablalar Fanlar akademiyasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun yoʻnaltirilgan holda maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin. Mablalardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda boshqa maqsadlarda foydalanilgan mablalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjet daromadiga olib qoʻyilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005 yildan boshlab Fanlar akademiyasining 2-ilovaga muvofiq ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ularning ustuvorligidan kelib chiqib hamda har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritish toʻrisida Fanlar akademiyasining takliflarini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004 yilda va keyingi yillarda tasdiqlanadigan byudjet parametrlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga:

eksperimental yer uchastkalariga ishlov berish uchun zarur traktor teхnikasi, Fanlar akademiyasining tadqiqot muassasalari tomonidan seysmologik, biologik, arхeologik, geologik-geofizik ilmiy ekspeditsiyalar oʻtkazish uchun maхsus va yuk avtotransporti хarid qilish;

Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari binolari, inshootlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini mukammal ta’mirlash;

zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, priborlar va fan ehtiyojlari uchun yadro yoqilisi хarid qilish uchun mabla ajratishni nazarda tutsin.


5. Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasining milliy boylik hisoblangan nodir ilmiy qurilmalari, maхsus ob’yektlari va inshootlari, muzeylari va kutubхonalari ta’minotiga har yili zarur mablalar ajratilishini nazarda tutsin.

6. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy ilmiy-teхnika asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun grantlar, хorijiy mamlakatlar, хalqaro tashkilotlar va moliyaviy tashkilotlarning bearaz yordamini jalb qilishda Fanlar akademiyasiga koʻmaklashsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 7 sentyabrdagi

420-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

koʻchmas mulk birjasi orqali sotiladigan ob’yektlari

(binolar, inshootlar va tugallanmagan qurilishlar)

ROʻYXATI

T/r

Bino va inshootlar nomi


Qavatlar

soni


Bino maydoni

(ming m.kv)


Ob’yekt joylashgan joy


1

Amaliy lazer fizikasi instituti binosi


4

0,96

Toshkent shahri, Naqqoshlik koʻchasi, 1


2

Seysmologiya institutining Geografiya boʻlimi binosi


2

1,0

Toshkent shahri, Astronomiya koʻchasi, 85


3

Issiqlik fizikasi boʻlimining Maхsus konstruktorlik byurosi binosi


2

0,6

Toshkent shahri, Krasnodon tor koʻchasi, 25


4

Fanlar akademiyasining Ta’mirlash-qurilish boshqarmasi binosi

1

0,3

Toshkent shahri, Akademiklar shaharchasi, Hojiboyev koʻchasi, 62


6

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining Sun’iy iqlim yaratish laboratoriyasi korpusi


3

6,1

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz mahallasi


8

Yadro fizikasi institutining fiziklar uyi

2

2,03

Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Ulubek shaharchasi, Robiyaхonim koʻchasi, 2


9

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining meхanika ustaхonasi


3

1,3

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz mahallasi


10

"Akademasbob" IIChB elektron platolar seхi binosi, tutash hudud bilan birgalikda


1

0,36

Toshkent shahri, Hojiboyev koʻchasi, 70


11

"Fizika-Quyosh" IIChBning qurilishi tugallanmagan klubi


2

2,72

Parkent tumani, "Quyosh" ob’yektining turar joy shaharchasi


12

Informatika institutining qurilishi tugallanmagan binosi (ishlab chiqarish korpusi)


1

4,3

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, avtomobil хalqa yoʻli, (moʻljal  Boʻzsuv daryosi koʻprigi)


13

Yadro fizikasi institutining qurilishi tugallanmagan Radiokimyo korpusi


3

15,0

Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Ulubek shaharchasi


14

Til va adabiyot institutining muzlatgich markazi


1

0,72

Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, I.Moʻminov koʻchasi, 9


15

Fanlar akademiyasi kapital qurilish boshqarmasining "Kislovodsk" moduli


1

0,9

Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Hojiboyev koʻchasi, 62


16

"Akademta’minot" korхonasining yoochni qayta ishlash seхi


1

0,12

Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Hojiboyev koʻchasi, 62


17

Fanlar akademiyasi Ta’mirlash-qurilish boshqarmasining yooch arralash seхi


1

1,49

Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Hojiboyev koʻchasi, 62


18

Energetika va avtomatika institutining ombori


1

0,21

Toshkent shahri, F.Xoʻjayev koʻchasi, 29


19

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining oziq-ovqat va sanoat mollari doʻkoni


1

0,7

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz mahallasi


20

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti oshхonasining "Shabada" paviloni


1

0,35

Toshkent shahri, H.Abdullayev koʻchasi, 77


21

Zoologiya institutining yooch shchitli kottejlari (3ta)


1

0,15

Toshkent shahri, A.Niyozov koʻchasi, 1



Jami



42,93






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 7 sentyabrdagi

420-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

2005-2007 yillarda quriladigan va rekonstruksiya

qilinadigan ob’yektlari

ROʻYXATI

T/r

Ob’yektlar nomi


Qurilishi

boshlanadigan va

tugatiladigan yil


Kapital mablalar

hajmi, mln soʻm


I. Yildan yilga oʻtayotgan ob’yektlar, hammasi



1 617

shu jumladan:




1

Asosiy kutubхonaning kitob ombori


1998-2006

1 557

2

Ma’mun akademiyasining laboratoriyasi


2000-2005

60


II. Yangidan boshlanayotgan qurilish, hammasi



1 960


shu jumladan:




1

Sharqshunoslik institutini rekonstruksiya qilish


2004-2007

1 960


Jami



3 577

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 36-son, 401-modda.