Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2002 y. PF-3135-son "Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.09.2002 y.

N PF-3135



KOSMIK TADQIQOTLARNI TAShKIL ETIShNI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA



Kosmosni tadqiq etish va astronomiya sohasidagi mavjud salohiyatdan kompleks hamda samarali foydalanish, kosmik tadqiqotlar va teхnikaning zamonaviy yutuqlari mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalari hamda tarmoqlariga joriy etilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi ("Oʻzbekkosmos") tugatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Kosmik tadqiqotlar markazi tashkil etilib, Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti, Toshkent kosmik asbobsozlik ilmiy-tadqiqot instituti, Chirchiq "Kompozit" tajriba-eksperimental zavodi, RT-70 Radioastronomik observatoriya uning tarkibiga kiritilsin.


3. "Granit" ilmiy-ishlab chiqarish korхonasi Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi tarkibiga oʻtkazilsin.

"KOINOT" ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining uni Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi tizimiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


4. "Kosmik fazoni tadqiq etish va foydalanish boʻyicha strukturalar toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 11 dekabrdagi PF-506-son Farmonining 4 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2002 y., 17-18-son, 132-modda