Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1994 y. 134-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida Tibbiyot fanlari boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.1994 y.

N 134



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR

AKADEMIYaSI TARKIBIDA TIBBIYoT FANLARI

BOʻLIMINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Soliqni saqlashning dolzarb muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan tibbiyot sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun respublika tibbiyot muassasalari va olimlarining imkoniyatlarini jamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Soliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida Tibbiyot fanlari boʻlimini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "SSSR Meditsina fanlari akademiyasining Oʻrta Osiyo boʻlimi masalalari toʻrisida" 1991 yil 15 apreldagi 101-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. 10 kun muddatda:


a) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yangi tashkil etilayotgan Tibbiyot fanlari boʻlimining negizi sifatida quyidagi ilmiy-tadqiqot institutlari berilsin:


Meditsina Fanlari akademiyasining Oʻrta Osiyo boʻlimidan:

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti;

Onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti;


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligidan:

Immunologiya ilmiy-tadqiqot instituti;

Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti;

Qoraqalpoiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti;


b) tugatilayotgan Tibbiyot fanlari akademiyasi Oʻrta Osiyo boʻlimidan Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Pulmonologiya va ftiziatriya ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga berilsin.

Koʻrsatib oʻtilgan muassasalarni balansdan balansga oʻtkazish belgilangan tartibda 1994 yil 1 yanvardagi holatga koʻra amalga oshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Tibbiyot fanlari boʻlimi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini respublikada tibbiyot fanlarini rivojlantirishdagi ustuvorliklarga muvofiq ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Fanlar akademiyasi tizimiga berilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari klinik boʻlinmalarining maqomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Yangi tashkil etilayotgan Tibbiyot fanlari boʻlimini hamda balansga qabul qilinayotgan ilmiy va davolash muassasalarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Soliqni saqlash vazirligi boshqaruv apparatlari хodimlari soni Meditsina fanlari akademiyasi Oʻrta Osiyo boʻlimidan boʻshayotgan хodimlar hisobiga tegishli ravishda 8 va 4 хodimga koʻpaytirilsin.

Tugatilayotgan boʻlimning хizmat avtotransporti va uni saqlash хarajatlarining tegishli limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga berilsin.


6. Tibbiyot fanini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mavjud haqiqiy a’zolari (akademiklari) va muхbir -- a’zolari soni tegishli ravishda 2 va 5 nafarga koʻpaytirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Ustaviga muvofiq 1994 yilning ikkinchi yarmida ustuvor ilmiy yoʻnalishlar sohasida samarali ishlayotgan taniqli tibbiyot olimlaridan uning yangi a’zolarining saylovi oʻtkazilsin.


7. Sobiq SSSR Meditsina fanlari akademiyasi muхbir a’zolariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muхbir a’zolari uchun nazarda tutilgan gonorar toʻlash shart-sharoitlari va boshqa imtiyozlar ularni ilmiy maqomi boʻyicha tenglashtirgan holda tatbiq qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi fan va teхnikani rivojlantirish istiqboliga hamda mabla bilan ta’minlash hajmlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov