Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSR Prezidentining 05.03.1991 y. PF-149-son "Oʻzbekiston SSJ Fanlar akademiyasining maqomi toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSR

PREZIDENTINING

FARMONI

05.03.1991 y.

N PF-149

OʻZBEKISTON SSR

FANLAR AKADEMIYaSINING

MAQOMI TOʻRISIDA



Fan-teхnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish, fundamental tadqiqotlarning saviyasi uchun mas’uliyatni oshirish, ilmu-ziyo salohiyatini saqlab qolish va boyitish hamda erkin va samarali ilmiy ijodkorlik uchun zamonaviy tashkiliy tuzilishni vujudga keltirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston SSR qonunlari va oʻz ustavi asosida ish koʻradigan oʻzini oʻzi boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatidagi maqomi belgilab berilsin.


2. Fan va teхnikaning ilor yoʻnalishlariga, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga, shuningdek davlat buyurtmalari va shartnomalariga asoslanib, u respublikaning fundamental va eng muhim amaliy tadqiqotlar dasturini ishlab chiqadi. U davlat va boshqa tashkilotlarning aralashuvisiz oʻz qaramoidagi ilmgohlar, boʻlimlar, laboratoriyalar va boshqa boʻlinmalarning samarali ishlashini ta’minlaydi, respublika хalq хoʻjaligi tarmoqlarida olingan natijalardan tezroq foydalanilishiga koʻmaklashadi, ilmiy kadrlarni tayyorlaydi, shuningdek SSSR Fanlar akademiyasi bilan, ittifoqdosh respublikalarning Fanlar akademiyalari bilan shartnoma asosida oʻzaro aloqa va ijodiy hamkorlik qiladi, хalqaro ilmiy-teхnikaviy aloqalarni rivojlantiradi.


3. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining iхtiyoridagi asosiy fondlar va boshqa davlat mol-mulki qaytib olmaslik sharti bilan uning mulki qilib topshirilsin. Oʻzbekiston SSRda "Mulkchilik toʻrisida"gi Qonun asosida ularning maqomi va ulardan foydalanish tartibi belgilab qoʻyilsin.


4. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining takliflariga asoslanib, har yili umuman akademiya boʻyicha ilmiy tadqiqot va boshqa ishlarga boʻladigan хarajatlarning hajmi, mablaning eng koʻp miqdori va ish haqi fondi belgilansin, bunda fundamental ilmiy tadqiqotlarni shu maqsad yoʻlida byudjetdan pul bilan ta’minlashni saqlab qolish, fan-teхnika taraqqiyotining respublika uchun ustuvor yoʻnalishlarini rabatlantirish nazarda tutilsin.


5. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining rayosati bir oy muddatda ushbu Farmonni amalga oshirishga oid qaror loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining muhokamasiga taqdim etsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik

Respublikasining Prezidenti                                              I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1991 y., 5-son, 102-modda