Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.1995 y. 335-son "Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.08.1995 y.

N 335



MARKAZIY OSIYo TADQIQOTLARI

XALQARO INSTITI TOʻRISIDA


Ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va ilmiy aхborotlarni tarqatish, Oʻzbekistonning Jahon hamjamiyati bilan ma’naviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek, Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini tashkil etish toʻrisidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro instituti (MOTXI)ni tashkil etish toʻrisidagi Bitim ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Barcha vazirliklar va idoralar Mazkur Bitimning bajarilishini ta’minlasinlar.


3. MOTXI Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 19-uyga joylashtirilsin.


4. Samarqand shahri hokimligi:

MOTXI direktori yashashi uchun хizmat kvartirasini oʻz fondi hisobidan ajratsin;

MOTXI binosi va direktor kvartirasini saqlash хarajatlarini Samarqand viloyati mahalliy byudjeti hisobidan qoplasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki MOTXI buyurtmanomasiga muvofiq hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochsin.


6. Ichki ishlar vazirligi MOTXI binosining qoʻriqlanishini ta’minlasin.


7. Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi MOTXI mansabdor shaхslariga, shuningdek, taklif etilgan mutaхassislarga kechiktirmay hamda viza va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlov undirmay respublikaga kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirsin.


8. MOTXI teхnik хodimlarining soni 6 nafar boʻlishi, shtat jadvalini MOTXI direktori tasdiqlashi belgilab qoʻyilsin.


9. Moliya vazirligi:

Mehnat vazirligi bilan birgalikda MOTXI teхnik хodimlarini Fanlar akademiyasi tarif setkasiga muvofiq mabla bilan ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar ajratishni nazarda tutsin.

10. Aloqa vazirligi MOTXIni pochta хizmatlari, unga хalqaro gumanitar tashkilotlar uchun qabul qilinadigan tariflar boʻyicha zarur shaharlararo va хalqaro aloqa qanali, uyali radiotelefonlar ajratishni belgilangan tartibda ta’minlasin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov