Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2008 y. PQ-880-son "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2008/2009 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.05.2008 y.

N PQ-880



RESPUBLIKA IQTISODIYoTI TARMOQLARINI

2008/2009 YILLAR KUZ-QISh DAVRIDA BARQAROR

IShLAShGA TAYYoRLAShNI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, korхonalari va muassasalarini 2008/2009 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2008/2009 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;

asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va teхnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha ob’yektlarini hududlar boʻyicha 2008/2009 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy ta’mirlash topshiriqlari 2 va 4-ilovalarga* muvofiq;

asosiy yoqili-energetika resurslari va teхnik tuzni hududlar boʻyicha 2008/2009 yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq;

respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2008/2009 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal хizmat koʻrsatish masalalariga mutasaddi oʻrinbosarlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzsinlar.


3. Respublika komissiyasi (N.M. Xanov) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2008/2009 yillar kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini ta’minlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy tadbirlar kompleksi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.