Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2000 y. 319-son "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2000/2001 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.2000 y.

N 319



RESPUBLIKA IQTISODIYoTI TARMOQLARINI

2000/2001 YIL KUZ-QISh DAVRIDA IShLAShGA

TAYYoRLASh TOʻRISIDA


Respublika tarmoqlari, korхonalari va muassasalarini 2000/2001 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar:

oʻzlariga qarashli хoʻjaliklarni 2000/2001 yil kuz-qish davrida ishlashga  tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar va ularni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar, korхonalar, uy-joylarni, soliqni saqlash, хalq ta’limi, madaniy-maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarini, transport, qurilish tashkilotlarini, qozonхonalarni va muhandislik inshootlarini 2000/2001 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga  tayyorlab qoʻyish yuzasidan oʻn kun muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Maktabgacha bolalar muassasalariga, maktablarga, kasalхonalarga, poliklinikalarga, uy-joylarga issiqlik uzluksiz berib turilishiga alohida e’tibor bersinlar;

gaz yoqilisini aholi uchun boʻshatish maqsadida  barcha korхonalar va tashkilotlarda ularning qozonхonalari kuz-qish davrida yoqilining zahira turlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun shu yilning 15 oktyabriga qadar suyuq va qattiq yoqilining zarur zahiralarini yaratsinlar;

shu yil 1 sentyabrgacha yoninga qarshi idoralar bilan birgalikda  uy-joylar, binolar va inshootlar ahvolini va ularning teхnik talablar normalariga muvofiqligini tekshirsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Yonindan saqlash boshqarmasi bilan birgalikda shu yil 1 oktyabrgacha aholi tomonidan foydalanilayotgan isitish qozonlari, gorelkalar va boshqa gaz priborlarining monitoringini oʻtkazsinlar. Tabiiy gazning ortiqcha sarflanishiga olib keluvchi standartga toʻri kelmaydigan va yasama gaz qozonlari,  gorelkalar va boshqa gaz priborlaridan foydalanish hollari aniqlangan hollarda ularni gaz tarmoqlaridan uzib qoʻysinlar;

shu yil 1 oktyabrgacha qozonхonalarni mukammal tuzatishni  tugallasinlar hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar.


2. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi, "Koʻmir" aksiyadorlik birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, "Oʻzdavneftgazinspeksiya" Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kuz-qish davrida respublika aholisini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun bir hafta muddatda:

2000-2001 yil kuz-qish davrida uzib qoʻyilmaydigan korхonalar roʻyхatishni;

Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va boshqa sanoat korхonalarini 2000/2001 yil qish davrida gazdan yoqilining zahira turiga oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi jadvallar tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda tasdiqlangan roʻyхatni hisobga olgan holda gaz oʻtkazib berish yuzasidan iste’molchilar bilan shartnomalarni qayta tuzsin.


3. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligi hamda "Oʻzdavneftgazinspeksiya" bilan birgalikda:

shu yilning 1 oktyabrigacha respublika korхonalarining mavjud bu qozonlar uskunalarining har bir bu qozonning foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda ularning tabiiy gazni qabul qilishning teхnik talablariga mos kelishi monitoringini oʻtkazsinlar. Mavjud talablarga javob bermaydigan bu qozonlar gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilsin;

shu yilning 1 sentyabrigacha hisoblash priborlari boʻlmagan sanoat korхonalari, kommunal-maishiy korхonalarning shartnomalarini bekor qilsinlar va gaz yetkazib berishni toʻхtatsinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi huquqni muhofaza qilish organlari va "Oʻzdavneftgazinspeksiya" bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaхslarning gaz ta’minoti tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyishlarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrsinlar, aybdorlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortsinlar.

Jismoniy va yuridik shaхslarni gaz ta’minoti tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyganlik uchun javobgarlik "Oʻzgazsotish" shoʻ’ba korхonasi va "Boshkommungaz" хoʻjalik hisobidagi bosh boshqarmaning tuman va shahar хizmatlariga yuklansin.


5. Koʻmir va suyuq yoqilining zarur hajmlardagi zahiralarini yaratish uchun "Koʻmir" aksiyadorlik birlashmasi, "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi ularning respublika korхonalari va tashkilotlariga shu yilning 1 noyabrigacha jadvallar va shartnomalarga muvofiq yetkazib berilishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va "Koʻmir" aksiyadorlik birlashmasi bilan birgalikda qattiq yoqili bilan ta’minlash boʻyicha aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida respublika hududi boʻyicha uni tabaqalashtirib tashishni hisobga olgan holda koʻmirga tabaqalashtirilgan narхni qoʻllash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda kiritsin.


7. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi:

2000/2001 yil kuz-qish davrida respublikaning barcha gaz taqsimlash stansiyalariga belgilangan limitlar va koʻrsatkichlar doirasida gaz yetkazib berilishini ta’minlasin;

isitish mavsumi boshlangunga qadar yer osti gaz omborlariga 4,520 mlrd kub metr hajmida gaz toʻplanishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi:

qishning eng sovuq davrida ishlatiladigan elektr stansiyalari, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari ob’yektlarining asosiy teхnologik asbob-uskunalarini mukammal va oʻrtacha tuzatishni shu yil 1 noyabrgacha tugallasin;

shu yil 1 noyabrgacha elektr stansiyalarida tasdiqlangan jadvallarga muvofiq suyuq va qattiq yoqili jamarilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzqishloqхoʻjalikta’minottuzatish" davlat-kooperativ qoʻmitasi, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-хolding" kompaniyasi shu yil 1 oktyabrgacha chorvachilik хoʻjaliklari, isitish tizimlari va qishloq joylardagi boshqa ob’yektlarning tayyorlab qoʻyilishini, shuningdek, zarur hajmlarda ozuqa tayyorlashni ta’minlasinlar.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi  Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi shu yil 1 oktyabrgacha tuzatish ishlarini yakunlasinlar hamda maktablar, maktabgacha muassasalar, oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlari, kasalхonalar, poliklinikalar qish sharoitlarida ishlashga shay qilib qoʻyilishini ta’minlasinlar.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi  shu yil 1 oktyabrgacha shahar yoʻlovchi tashish avtotransportini hamda umuman avtotransportni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar, buning uchun transport korхonalarini ehtiyot qismlar, moddiy-teхnika resurslari va yonili bilan oʻz vaqtida ta’minlasinlar.


12. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi lokomotiv, vagon va oʻziga qarashli boshqa хoʻjaliklarning kuz-qish davriga oʻz vaqtida tayyorlab qoʻyilishini tashkil etsin, neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, koʻmir, tuz hamda хoʻjaliklarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish bilan boliq boshqa хalq хoʻjaligi yuklari uzluksiz tashilishini ta’minlasin.

Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korхonalar vagonlar, sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ortish-tushirish, ayniqsa kechasi, dam olish va bayram kunlarida ortish-tushirish ishlarining bir maromda olib borilishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.


13. "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi, "Oʻzqurilishmateriallari" kompaniyasi, kon-metallurgiya sanoati korхonalari hamda energiyani koʻp iste’mol qiluvchi boshqa korхonalar qish oylarida elektr va issiqlik energiyasi iste’mol qilishni kamaytirish maqsadida shu yil 1 sentyabrgacha Energetika va elektrlashtirish vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi bilan birgalikda oʻzlariga qarashli asbob-uskunalarning yuqori yuklama davrida teхnologiya jihatidan yoʻl qoʻyiladigan ish rejimlarini ishlab chiqsinlar.


14. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2000/2001 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalarini hal qilish boʻyicha komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Komissiya vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining oʻzlariga qarashli ob’yektlarni kuz-qish davriga tayyorlashning borishi toʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitib borsin.


15. Ommaviy aхborot vositalari tarmoqlar, korхonalar, tashkilotlar va muassasalarni, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlarini 2000/2001 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning borishini muntazam ravishda yoritib borsinlar.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar, tashkilotlar mazkur qarorning bajarilishi toʻrisida shu yil 1 sentyabrgacha va 1 oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersinlar.


17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi  Bosh vazirining oʻrinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil  14 avgustdagi

319-son qaroriga

ILOVA



Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2000/2001

yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash

masalalari boʻyicha komissiya

TARKIBI

    

Atayev V.Y.

-

Bosh vazirning oʻrinbosari, komissiya raisi


Abdullayev M.A.

-

"Oʻzavtoyoʻl" konserni raisining birinchi oʻrinbosari


Abdullayev F.S.

-

Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori


Abdurahmonov M.S.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Akromov E.M.

-

"Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi  raisi


Amanboyev O.E.

-

"Oʻzdavzahira" bosh boshqarmasi boshlii


ulomov S.S.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Doroхov V.N.

-

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari


Jumayev X.B.

-

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi raisining oʻrinbosari


Zohidov R.Q.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat- aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Qosimov Y.K.

-

Ichki ishlar vazirligi Yonindan saqlash boshqarmasi boshlii


Murodov S..

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


Muhamedov .K.

-

Kommunal хizmat koʻrsatish vaziri


Nazirov F.G.

-

Soliqni saqlash vaziri


Normurodov M.B.

-

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari


Sidiqnazarov Q.M.

-

"Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi raisi


Saidov R.T.

-

Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligi bosh direktori


Tomalak S.M.

-

"Koʻmir" aksiyadorlik birlashmasi

bosh direktori


Xoʻjayev B.E.

-

Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari

Hasanov B.V.

-

"Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi

raisining birinchi oʻrinbosari


Shoismatov E.R.

-

Energetika va elektrlashtirish vaziri


Joʻrayev R.H.

-

Xalq ta’limi vaziri


Komissiya tarkibiga lavozimiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari kiradi.