Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2014 y. 135-son "Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.05.2014 y.

N 135


TOShQIN SUVLARI VA SEL OQIMLARINI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV OQIMLARI

BOʻYLAB BARQAROR VA XAVFSIZ OʻTKAZIB YuBORIShNI

TA’MINLASh LOYIHALARINI ShAKLLANTIRISh,

IShLAB   ChIQISh,   EKSPERTIZADAN   OʻTKAZISh,

TASDIQLASh  VA  AMALGA  OShIRISh  TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 21 yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2014 yil 1 iyuldan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 2 iyun, 22-son, 260-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 53-modda