Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.05.2014 y. 135-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 29 maydagi

135-son qaroriga

ILOVA


Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston

Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz

oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish,

ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga

oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu qoidalar Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha har yilgi Yima manzilli dasturni (keyingi oʻrinlarda Yima manzilli dastur deb ataladi) shakllantirish, shuningdek loyihalarning ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini, tasdiqlanishini, amalda bajarilishini tashkil etish, ularning amalga oshirilishi va samaradorligi yuzasidan nazorat va monitoring olib borish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


suv ob’yekti - tabiiy (jilalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, daryolar, yer ostidagi suvli gorizontlar) hamda sun’iy (suv omborlari, selхonalar, hovuzlar va boshqalar), suv havzalari, shuningdek buloqlar va doimiy yoki vaqtinchalik suvlar yiiladigan hamda suv rejimining хarakterli shakllari va belgilari mavjud boʻlgan boshqa ob’yektlar;


suv oqimi - oʻzanida umumiy nishablik yoʻnalishi boʻylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv ob’yekti, suv oqimi doimiy - suv yil boʻyi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) boʻlishi mumkin;


toshqin - qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va koʻplab yomirlar yoishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmoida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy koʻtarilishi va suv sarfining koʻpayishi;


toshqin suvlari - toshqinlar davrida suv oqimlari oʻzanida oqadigan suvlar;


sel - juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) boʻladigan, buzish kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik to va to oldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbairli quruq soylarda kuchli yomirlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo boʻladigan mineral zarrachalar va to jinslari parchalari mavjud boʻladi;


sel oqimlari - sellar roʻy beradigan davrda suv oqimlari boʻylab oʻtadigan suvlar;


хavfsiz oʻtkazib yuborish - suvlarni suv oqimlari boʻylab, aholi punktlari, suoriladigan yerlar, suv хoʻjaligi ob’yektlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlar uchun salbiy oqibatlarsiz oʻtkazib yuborish;


oqimni barqarorlashtirish - suv oqimlari boʻylab хavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga boʻladigan teхnogen ta’sirlar;


himoyalash ishlari - himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlari, gidroteхnika inshootlari, koʻpriklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy ob’yektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz oʻtkazib yuborish, aholi punktlarini, suoriladigan yerlarni, suv хoʻjaligi ob’yektlarini va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilish maqsadida suv toʻplagichlarda va suv oqimlari oʻzanlarida daraхtlar oʻtqazish;


himoyalash inshootlari - dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, oʻyiqlar va oʻzanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek toshqin suvlarini va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlaydigan nishabliklarni mustahkamlash boʻyicha konstruksiyalar;


himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish - himoyalash inshootlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlanich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;


himoyalash inshootlarini ta’mirlash va tiklash - himoyalash inshootlarining, suv хoʻjaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy ob’yektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun moʻljallangan, shu jumladan, inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini, choʻkindilardan tozalash, ta’mirlash ishlari;


toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihasi - toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv хoʻjaligi ob’yektlarini va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, ta’mirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha.



II. TOShQIN SUVLARINI VA SUV OQIMLARINI BARQAROR

VA XAVFSIZ OʻTKAZIB YuBORIShNI TA’MINLASh

LOYIHALARINI ShAKLLANTIRIShGA

QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR


3. Toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalari quyidagi asosiy talablar asosida shakllantiriladi va amalga oshiriladi:

toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish aholi punktlari, suoriladigan yerlar, suv хoʻjaligi ob’yektlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilishni nazarda tutishi kerak;

toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish tadbirlari kompleks muhandislik-teхnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;

toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha muhandislik-teхnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar kompleks holda oʻtkazilishi kerak, shu jumladan, ular suv oqimlari oʻzanlari, himoya inshootlari, suv хoʻjaligi ob’yektlari va ularning oʻzanlaridagi boshqa ijtimoiy ob’yektlarning holatini oʻrganishdan iborat boʻladi;

toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazish boʻyicha himoyalash ishlarida himoyalash inshootlari, suv хoʻjaligi ob’yektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha zamonaviy teхnologiyalarni va ilor tajribalar natijalarini joriy etish nazarda tutilishi kerak;

toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish tadbirlariga amaldagi suv хoʻjaligi va gidrometeorologiya vaziyatini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;

himoya tadbirlarini amalga oshirishning ustuvorligi va navbatliligi ularning ijtimoiy ahamiyatini, shuningdek gidrometeorologiya prognozlarini va suv oqimlarining va ulardagi inshootlarning amaldagi holatini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.


4. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



III. HAR YILGI YIMA MANZILLI

DASTURNI ShAKLLANTIRISh


5. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha himoya inshootlarini va boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va tiklash Suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) doirasida ishlab chiqilgan har yilgi Yima manzilli dasturga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Yima manzilli dastur:

suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini amalga oshirish;

himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini bajarish loyihalarining prognoz parametrlarini oʻz ichiga oladi.


7. Yima manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi oʻrinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.


8. Hududiy manzilli dasturlar real suv хoʻjaligi, gidrometeorologik shart-sharoitlarni va suv oqimlarining boshqa tabiiy-хoʻjalik shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash vazifalarini hal etishga kompleks va tizimli yondashish asosida ishlab chiqiladi.


9. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli roʻyхati;

himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlari boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхati;

inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashning loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlarining manzilli roʻyхati.


10. Hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari hududiy ishchi guruhlarning rahbarlari hisoblanadilar.

11. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;

"Oʻzgidromet" markazi, "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari;

loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari va mutaхassislari kiritiladi.

Zaruriyat boʻlganda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari ham kiritilishi mumkin.


12. Irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda quyidagi materiallarni tayyorlaydilar va hududiy ishchi guruhlarning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadilar:

barcha asosiy suv ob’yektlari, suv ob’yektlari va ulardagi inshootlarning teхnik tavsiflari koʻrsatilgan sхematik хaritalar;

koʻp yillik gidrologik ma’lumotlar, shuningdek toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborish boʻyicha boshqa ma’lumotlar.


13. Hududiy ishchi guruhlar:

1 martgacha boʻlgan muddatda joyning oʻziga borib gidrografik tamoyil asosida suv oqimlarini va boshqa suv ob’yektlarini, suv oqimlari boʻylab joylashgan suv хoʻjaligi ob’yektlarini va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni, aholi punktlarini hamda suoriladigan yerlarni batafsil tekshirib chiqadilar;

tekshirib chiqish yakunlari boʻyicha himoya inshootlari yemirilishi, suv oqimlari oʻzanlarining oʻpirilishi va loyqa choʻkishi, suv хoʻjaligi ob’yektlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlardagi yemirilishlar, aholi punktlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni suv bosishi хavfi mavjudligini aniqlaydilar;

suv хoʻjaligi ob’yektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha ustuvor himoya ishlarini belgilaydilar;

1 aprelgacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadilar hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga kiritadilar.


14. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar 10 aprelgacha boʻlgan muddatda tegishli toshqinga qarshi hududiy komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.


15. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur, belgilangan tartibda, har yili 15 aprelgacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritiladi.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzgidromet" markazi, "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yima manzilli dasturni ishlab chiqadi.


17. Kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha Yima manzilli dastur 1 maygacha boʻlgan muddatda, belgilangan tartibda, toshqin suvlari va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazib yuborish, qor koʻchishi va koʻchki hodisalari хavfini pasaytirishni ta’minlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi deb ataladi) kiritiladi.


18. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi 15 maygacha boʻlgan muddatda Yima manzilli dasturni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda amalga oshirish uchun belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.


19. Suv хoʻjaligi, gidrometeorologik va suv oqimining boshqa tabiiy-хoʻjalik shart-sharoitlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari, himoya ishlarining asoslanganligi va ustuvorligi hisobga olingan holda, Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining qarori bilan Dasturga va Yima manzilli dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


20. Tasarrufida suv хoʻjaligi ob’yektlari va ijtimoiy ob’yektlar boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari - tegishli himoya ishlari bajarilishining buyurtmachilari Yima manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida qurish, ta’mirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli roʻyхatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.



IV. HIMOYa INShOOTLARINI QURISh, REKONSTRUKSIYa

QILISh, TA’MIRLASh VA TIKLASh BOʻYIChA LOYIHA

HUJJATLARI IShLAB ChIQILIShI, EKSPERTIZADAN

OʻTKAZILIShI VA TASDIQLANIShINI TAShKIL ETISh


21. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan Yima manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash boʻyicha himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyiha hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


22. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq belgilangan tartibda "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.


23. Loyiha hujjatlari faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.


24. Loyiha hujjatlari buyurtmachining tarmoq ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.

Loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasi, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi organlari tomonidan oʻtkaziladi.


25. Ekspertizadan oʻtgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.



V. TOShQIN SUVLARI VA SEL OQIMLARINI

SUV OQIMLARI BOʻYLAB BARQAROR VA XAVFSIZ

OʻTKAZIB YuBORIShNI TA’MINLASh LOYIHALARINI

AMALGA OShIRISh


26. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirish belgilangan tartibda buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.


27. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish, belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining хarajatlar smetasida foydalanish хarajatlari uchun moʻljallangan byudjetdan ajratiladigan mablalar, shuningdek markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalari mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


28. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻz balanslaridagi ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilish maqsadida toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash tadbirlarini belgilangan tartibda oʻz mablalari hisobiga amalga oshiradilar.



VI. TOShQIN SUVLARI VA SEL OQIMLARINI SUV

OQIMLARI BOʻYLAB BARQAROR VA XAVFSIZ OʻTKAZIB

YuBORIShNI TA’MINLASh LOYIHALARI AMALGA

OShIRILIShINI NAZORAT VA MONITORING QILISh,

BAJARILGAN IShLARNI QABUL QILISh


29. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalari amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda:

qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd qilingan boshqa funksiyalarga pudratchi tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, ob’yekt qurilishini teхnik kuzatib borish va teхnik nazorat qilish yuzasidan - buyurtmachilar;

qurilishning butun davri va tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish mobaynida bajarilgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan - loyiha tashkilotlari tomonidan;

bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning qurilish normalari va qoidalariga, normativ-teхnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan qurilish ob’yektida ijro hujjatlari yuritilishini nazorat qilish yuzasidan - "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan;

ajratiladigan byudjet mablalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.


30. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Yima manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishining ob’yektma-ob’yekt monitoringi olib borilishini ta’minlaydi va har oyda tegishli aхborotni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritadi.


31. Tugallangan qurilish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.






Nizomga

ILOVA



Toshqin suvlari va sel oqimlarini

Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari

boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni

ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish,

ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish

SXEMASI









>

Toshqinga qarshi komissiya

<














4









7



































Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzgidromet" markazi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK, "Oʻzbekenergo" DAK, "Oʻzavtoyoʻl" DAK, "Oʻztransgaz" AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar)




Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi,

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK, "Oʻzbekenergo" DAK, "Oʻzavtoyoʻl" DAK, "Oʻztransgaz" AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar




Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


5



<




>

<

7






















^

3


















Buyurtmachilar, loyiha tashkilotlari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy organlari, Moliya vazirligining nazorat organlari














Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari




Toshqinga qarshi hududiy komissiya


5

>


<

6



<






^
















2

















Hududiy ishchi guruh

<

1
























         

1. Har yili 1 fevralgacha boʻlgan muddatda hududiy ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.


2. 1 martgacha boʻlgan muddatda suv oqimlari va boshqa suv ob’yektlarini, suv хoʻjaligi ob’yektlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni, aholi punktlari va suoriladigan yerlarni tekshirib chiqish, ustuvor himoya ishlarini belgilash, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dastur loyihasini ishlab chiqish va 1 aprelgacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyaga kiritish.


3. Hududiy manzilli dasturni koʻrib chiqish va tasdiqlash va 15 aprelgacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritish.


4. Kelgusi yil uchun Yima manzilli dastur loyihasini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish hamda 1 maygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritish.


5. Kelajak yilda amalga oshiriladigan loyihalarning Yima manzilli dasturini koʻrib chiqish va tasdiqlash hamda 15 maygacha boʻlgan muddatda qurish, ta’mirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli roʻyхatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuborish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashni tashkil etish, shuningdek tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq loyihalarni amalda bajarish.


6. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirishni belgilangan tartibda nazorat qilish.


7. Loyihalar amalga oshirilishi ustidan ob’yektma-ob’yekt monitoring olib borish va Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga aхborot kiritish.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 2 iyun, 22-son, 260-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 53-modda