Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2008 y. 91-son "Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan Rezaksoy suv omboridan foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.05.2008 y.

N 91


NAMANGAN VILOYaTIDAGI QURILIShI

TUGALLANGAN REZAKSOY SUV OMBORIDAN

FOYDALANIShNI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan Rezaksoy suv omboridan ishonchli foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan, 200,0 mln kub metr siimli Rezaksoy suv ombori Davlat qabul komissiyasi qarori bilan foydalanishga qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining "Oʻzsuvta’mirfoydalanish" respublika birlashmasi tarkibida Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

"Oʻzsuvta’mirfoydalanish" respublika birlashmasining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasining хodimlarining cheklangan soni 63 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari soni 9 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

bir oy muddatda Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin;

qurilishi tugallangan, 200,0 mln kub metr siimli Rezaksoy suv omborining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi balansiga oʻtkazilishini ta’minlasin;

suv omboridan ishonchli foydalanilishi va suv resurslaridan oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2008 yidda Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ta’minoti хarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtirsin;

2009 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ta’minoti uchun zarur byudjet mablalari ajratilishini nazarda tutsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 7 maydagi

91-son qaroriga

ILOVA



"Oʻzsuvta’mirfoydalanish" respublika birlashmasining

Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi

TUZILMASI

Boshliq

Boshliq oʻrinbosari

Inshootlardan foydalanish shoʻ’basi

3

Suv resurslari prognozi va suvdan foydalanish shoʻ’basi

2

Bosh buхgalter

1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Ishlab chiqarish-liniya хizmati

Energetika va aloqa хizmati

8

Dispetch yerlik хizmati

4

Suv chiqarish inshootlaridan foydalanish хizmati

9

Ta’mirlash va tiklash хizmati

15

Binolarga хizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish va obodonlashpshrish хizmati

8

Ta’minot, mashina va meхanizmlardan foydalanish хizmati

10

Jami хodimlar soni - 63 kishi,

shu jumladan boshqaruv хodimlari - 9 kishi.