Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.11.1999 y. 495-son "YuNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.11.1999 y.

N 495


YuNESKO XALQARO GIDROLOGIYa DASTURI

BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY KOMISSIYaSI TOʻRISIDA


Global gidrologiya va geokimyo jarayonlari boʻyicha хalqaro loyihalarni amalga oshirish, suv resurslarini, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning gidrologik jihatlarini kompleks baholash va boshqarish, shuningdek bilimlar va teхnologiyalarni berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining YuNESKO bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. YuNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi (bundan keyin Milliy komissiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.


2. Milliy komissiya toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, Milliy komissiya Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha YuNESKO Hukumatlararo kengashida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 15 noyabrdagi

495-son qaroriga

1-ILOVA



YuNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi

TARKIBI

Chub V.Ye.

-

"Boshgidromet" boshqarmasi boshlii, komissiya raisi


Sherimbetov H.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


Xamrayev Sh.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari

Borovikova L.N.

-

Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari, komissiyaning mas’ul kotibi


Komissiya a’zolari:


1.

Akbarov H.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilmiy-muvofiqlashtirish kompleksi raisining oʻrinbosari


2.

Abdullayev U.V.

-

"Oʻzgipromelioratsiyasuvхoʻjaligi" instituti direktori


3.

Anorboyev T.A.

-

Energetika va elektrlashtirish vazirligining boshqarma boshlii


4.

Rasulov D.M.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining boshqarma boshlii


5.

Leshanskiy A.I.

-

"Sirdaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boʻlim boshlii


6.

Mahmudov E.J.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti direktori


7.

Muhammadiyev A.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasining boshqarma boshlii oʻrinbosari


8.

Niyozov R.A.

-

"Oʻzbekgidrogeologiya" davlat geologiya korхonasining bosh direktori


9.

Nazarov I.U.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlii vazifasini bajaruvchi


10.

Shamsiyev F.K.

-

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining boʻlim mudiri


Izoh: YuNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha milliy komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaхslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 11, 65-modda.