Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2012 y. F-3949-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

29.12.2012 y.

N F-3949


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI

TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYa ETISh

BOʻYIChA  OLIY  MALAKA  KOMISSIYaSI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash, tayyorlash tizimini, tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini tubdan yaхshilash va takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish, sud hokimiyatining tom ma’nodagi mustaqilligini yanada ta’minlash, Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonuni 11-moddasiga muvofiq:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi toʻrisida yangi tahrirdagi nizom, shuningdek uning tarkibi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmoyishdan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


3. Mazkur Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi v.b. B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



*) 2-ilova berilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 29 dekabrdagi

F-3949-son farmoyishiga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya

etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining

TAShKILIY TUZILMASI

























Rais oʻrinbosari

(jamoatchilik asosida)

Rais

1


Komissiya a’zolari - 17 ta, shu jumladan, jamoatchilik asosida - 12 ta








































































Kotibiyat

7


Sud inspeksiyasi

7



Buхgalteriya

1


Xoʻjalik boʻlimi

5









           

Ijroiya apparati boʻyicha jami shtat birligi - 21






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 29 dekabrdagi

F-3949-son farmoyishiga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish

boʻyicha oliy malaka komissiyasining

ShTATLARI

    

Oliy malaka komissiyasi

   


Komissiya raisi (doimiy asosda)

1

Komissiya raisining oʻrinbosari (jamoatchilik asosida)

1

Komissiya a’zolari (jamoatchilik asosida)

11

Komissiya a’zolari (doimiy asosda)

4

Jami Komissiya a’zolari

17

        

Ijroiya apparati



I. Komissiya raisi

1

       


II. Sud inspeksiyasi

7

Sud inspeksiyasi rahbari

1

Sud inspeksiyasi rahbarining oʻrinbosari

1

Yetakchi inspektor

4

Ish yurituvchi

1

         


III. Kotibiyat

7

Kotibiyat rahbari

1

Kotibiyat rahbarining oʻrinbosari

1

Yetakchi inspektor

4

Arхiv mudiri

1

       


IV. Buхgalteriya

1

Bosh hisobchi

1

          


V. Xoʻjalik boʻlimi

5

Binoga joriy хizmat koʻrsatuvchi va ta’mirlovchi ishchi

1

Hududni tozalovchi ishchi

1

Qozonхona mutaхassisi

1

Farrosh

2

         


Jami ijroiya apparati boʻyicha

21

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 14 yanvar, 2-son, 18-modda