Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.06.2013 y. PF-4543-son "Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.06.2013 y.

N PF-4543



UMUMIY YuRISDIKSIYa SUDLARINING

TUZILMASIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻrisida"gi Qonunining 78-moddasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining 2012 yil 11 dekabrdagi "Qoraqalpoiston Respublikasining Taхiatosh shahrini respublika boʻysunuvidagi shahar maqomidan tuman boʻysunuvidagi shahar maqomiga oʻzgartirib, Xoʻjayli tuman tarkibiga qoʻshish haqida"gi 135/X-sonli qaroriga asosan:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Taхiatosh shahar sudi tugatilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Taхiatosh shahar sudining raisi shtat birligi Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudiga oʻtkazilib, ushbu tuman sudining sudyasi shtat birligi deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining хarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-sonli "Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻrisida"gi Farmoniga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

a) 4-ilovada "Qoraqalpoiston Respublikasi" boʻlimidan "Taхiatosh shahar" soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 7-ilovada "Qoraqalpoiston Respublikasi" boʻlimidan "Taхiatosh shahar" soʻzlari chiqarib tashlansin.


4. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 1 iyul, 26-son, 333-modda