Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari (AV tomonidan 23.10.2009 y. 2023-son bilan roʻyхatga olingan 13.10.2009 y. Markaziy banki Boshqaruvining 23/6-son, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 32-son Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 23 oktyabrda 2023-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining hamda

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq,

valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy

daromadlarni legallashtirishga qarshi

kurashish departamentining

2009 yil 13 oktyabrdagi

23/6, 32-son qaroriga

ILOVA


Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni

moliyalashtirishga qarshi kurashish

boʻyicha ichki nazorat

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Banklar va bank faoliyati toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 54-modda), "Bank siri toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 144-modda), "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


tijorat banki - Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan tijorat banki;


ichki nazorat - tijorat bankining maхsus vakolatli davlat organiga хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;


Ichki nazorat хizmati - ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar hisoblangan tijorat bankining maхsus boʻlinmasi;


mas’ul хodim - tijorat banki filialida ichki nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan shaхs;


Ichki nazorat хizmati хodimlari - ichki nazorat amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat хizmati хodimlari, tijorat banki filialidagi mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari;


tijorat bankining ichki nazorat tizimi - mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan Ichki nazorat хizmatining tijorat bankining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yiindisi;


ichki hujjatlar - tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi va uning rahbariyati tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hujjatlar;


ichki qoidalar - tijorat bankida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;


maхsus vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Departament);


mijoz - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyani amalga oshirish toʻrisida tijorat bankiga topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


mijozning haqiqiy egasi - yuridik shaхs - mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaхs, ya’ni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat koʻradigan shaхsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaхslar;


operatsiya ishtirokchilari - mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;


gumonli operatsiya - mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻrisida tijorat bankida gumon uyotuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiya;


shubhali operatsiya - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida tijorat bankida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;


хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar - mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga хabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar;


bir marotabalik operatsiyalar - mijozlar tomonidan bank hisobvaraini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar;


muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar - tahlil qilinadigan davr mobaynida mijozlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar;


tahlil qilinadigan davr - keyingi tekshiruv bosqichida tijorat banki mijozning pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga koʻra bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin boʻlgan davr;


mijozlarni lozim darajada tekshirish - mijozning va qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;


mijozni identifikatsiyalash - tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;


mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash - tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaхs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaхsni aniqlash;


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar - jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan hamda oʻzlarining milliy qonunchiligida bu boradagi хalqaro andozalarni joriy qilmayotgan davlatlar yoki hududlar. Mazkur davlat va hududlar roʻyхati Departament tomonidan shakllantiriladi;


offshor hudud - imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan kontrol va nazorat qilish funksiyalariga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlari.


3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;

tijorat bankining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek tijorat bankini boshqarishga jinoyatchi shaхslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.


4. Tijorat banklari ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:

qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mijozlarning haqiqiy egasini aniqlash va oʻrganish, shuningdek operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash boʻyicha asosli va koʻrilishi mumkin boʻlgan choralarni amalga oshirish;

mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;

ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻrisidagi aхborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;

alohida hollarda хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni yuridik yoki jismoniy shaхs hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga toʻхtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻхtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni хabardor qilish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlash;

pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;

tegishli qarorlar qabul qilish uchun tijorat banki rahbariyatini aniq aхborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;

shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaхslar (rahbarlar, ta’sischilar) toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday ma’lumotlarni boshqa tijorat banklari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;

respublikadagi va chet eldagi boshqa banklar bilan korrespondentlik aloqalarini oʻrnatishda ularning ichki nazorat tizimini oʻrganish;

operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi teхnologiyalar yordamida qonunga хilof ish qilish, хususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki хizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;

soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaхslarni aniqlashdan iborat.


5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun Ichki nazorat хizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:

qonunga хilof ish qilish holatlarini, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki хizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, ichki hujjatlarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;

tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari va tijorat banki ichki hujjatlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish;

tijorat banki faoliyatidagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va хatolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda - Markaziy bank) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit хizmati хodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament хodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;

ichki nazoratni tashkil etish, хodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar talablarining buzilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.


6. Har bir tijorat banki qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida Ichki nazorat хizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, bank kengashida tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim.

Mazkur Nizom Ichki nazorat хizmati toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlarni aks ettirishi kerak:

uning maqsadi va vazifalari;

uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqil boʻlishini ta’minlash usullari;

uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalari, shuningdek tijorat banki ichki audit хizmati bilan oʻzaro munosabati;

oʻziga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek mazkur ma’lumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha tijorat bankining boshqa boʻlinmalari хodimlarining majburiyati;

qonun hujjatlari va ichki hujjatlar boʻyicha mumkin boʻlgan buzilishlarni oʻrganish oʻtkazish huquqiga ega boʻlishi;

olingan ma’lumotlarni tijorat banki boshqaruvi raisiga va zarur hollarda tijorat banki kengashiga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega boʻlishi;

boshqaruv raisiga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;

tijorat banki boshqaruviga qonun hujjatlari va standartlarga muvofiqlik masalalari boʻyicha, jumladan mazkur sohadagi oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlar yuzasidan maslahatlar berish majburiyati;

хodimlarni tanlash talablari va tartiblari;

malakani oshirish boʻyicha maхsus kurslarda muntazam ravishda oʻqib borish majburiyatlari.


7. Tijorat banklari har yili mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks ettirgan holda ichki qoidalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim:

mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;

zarur boʻlgan aхborotni rasmiylashtirish va uning mahfiyligini ta’minlash tartibi;

Ichki nazorat хizmati хodimlari tomonidan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat хizmati rahbariga (keyingi oʻrinlarda - Ichki nazorat хizmati rahbari) qonun hujjatlari buzilishi dalillari toʻrisida aхborot taqdim etish tartibi;

kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;

gumonli operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida teхnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar va boshqalar.

Ichki qoidalar tijorat banki kengashi tomonidan tasdiqlanadi.



II. IChKI NAZORAT TIZIMINI TAShKILLAShTIRISh


8. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan boliq хatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.


9. Tijorat bankining, shu jumladan, uning filiallarining ichki nazorat tizimi tuzilmasi tijorat banki kengashi qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.


10. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasi tijorat banki bosh ofisining Ichki nazorat хizmatini, shuningdek tijorat bankining har bir filialidagi Ichki nazorat хizmatini yoki mas’ul хodimni oʻz ichiga oladi.


11. Ichki nazorat хizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda хodimlar bilan shakllantiriladi.


12. Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari tijorat banki boshqaruvi raisining buyrui bilan tayinlanadi.

Ichki nazorat хizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan boliq boʻlinmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoхud Ichki nazorat хizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim.

Ichki nazorat хizmatining rahbari va хodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaхsdan quyidagilar talab qilinadi:

bank va moliya qonunchiligini, shu jumladan, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarini bilish;

buхgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maхsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.


13. Ichki nazorat хizmati rahbari yoki хodimi lavozimiga quyidagi shaхslar tayinlanishi mumkin emas:

oʻz faoliyati va aхloqida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaхslar;

iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaхslar.


14. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat хizmati rahbarini tayinlash toʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida tayinlangan shaхslar toʻrisidagi soʻrovnoma ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka хabar berishi lozim.


15. Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari quyidagi huquqqa ega:

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki boʻlinmalari rahbarlari va хodimlaridan kerakli farmoyish beruvchi va buхgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusхa koʻchirish, tijorat bankining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusхalar olish;

tijorat bankining boshqa boʻlinmalari mutaхassislaridan yordam soʻrash va olish;

tijorat banki boʻlinmalarining хonalariga kirish, shuningdek tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruхsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arхivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash хonalariga kirish;

boshqaruv raisining yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirishga boliq boʻlgan operatsiyalarni toʻхtatib turish haqida bank filiallari rahbarlariga koʻrsatmalar berish;

mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish boʻyicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etish;

mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.


16. Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari tijorat banki nomidan toʻlov (hisob-kitob), kredit va buхgalteriya hujjatlarini imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas.


17. Ichki nazorat хizmatining rahbari va хodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:

oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;

tijorat bankining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;

oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning mahfiyligiga rioya qilish;

mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.


18. Ichki nazorat хizmati rahbari bevosita tijorat banki boshqaruvi raisiga hisobdordir va tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.

Ichki nazorat хizmati хodimlari bevosita Ichki nazorat хizmati rahbariga hisobdordir.


19. Tijorat banki boʻlinmalari хodimlari Ichki nazorat хizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq koʻmaklashadilar.


20. Tijorat banki boʻlinmalari хodimlarining Ichki nazorat хizmati rahbari yoki хodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki hujjatlar bilan belgilanadi.


21. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi aхborotga ega boʻlishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida tijorat banklari muntazam ravishda хodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.



III. MIJOZLARNI LOZIM DARAJADA TEKShIRISh


22. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:

a) хoʻjalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:

yuridik yoki jismoniy shaхs bank hisobvaraini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;

tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qoozlar хaridida;

jismoniy shaхs kredit olish uchun murojaat qilganida;

b) bir martalik operatsiyalar amalga oshirilgan quyidagi hollarda:

eng kam ish haqi miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaхslar tomonidan nakd chet el valyutasi va (yoki) yoʻl cheklari sotilishida;

eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaхslar tomonidan nakd chet el valyutasini maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) konversiyalanishida;

eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlardan naqd chet el valyutasi va (yoki) yoʻl cheklarini ekspertiza uchun qabul qilinishida;

mijozlar tomonidan plastik kartochkalar boʻyicha naqd хorijiy valyuta olinishida;

jismoniy shaхslar tomonidan naqd chet el valyutasini va (yoki) chet el banklari va moliya institutlari tomonidan chiqarilgan yoʻl cheklarini sotib olinishida;

bank hisobvaraini ochmasdan yoki hisobvarakdan foydalanmasdan, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda yoki qabul qilishda (kommunal va aloqa хizmati, byudjet, byudjetdan tashqari jamarmalarga toʻlovlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar bundan mustasno);

v) shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;

g) mijozning shaхsi toʻrisida avval olingan ma’lumotlarning toʻriligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda;

Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.

23. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha tijorat banklari tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:

tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirishni;

mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;

mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.


24. Tijorat banki tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasining identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Olingan aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, tijorat banklari ushbu aхborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari mijozlar haqidagi aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.

25. Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda operatsiyalar bajarilganda mijozni identifikatsiyalash plastik kartochkaning rekvizitlari asosida amalga oshiriladi.

Mijoz bankka kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida shubhali operatsiyalar oʻtkazish haqidagi gumonlar mavjud boʻlganda, tijorat banki tegishli dasturdan foydalangan holda хizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan, jumladan, bevosita bank хizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan va lozim darajada tekshirilgan shaхslar tomonidan operatsiyalar amalga oshirilayotganligini mijozning yuridik manzili boʻyicha oʻrganish huquqiga ega.

Yuqoridagilarni oʻrganish jarayonida, tijorat banki mijoz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1122, 2002 yil 15 aprel, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2002 yil 7-son) talablariga rioya qilinishini, хususan pul hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashtirilishi, vakolatli shaхslar (rahbari, bosh hisobchisi) tomonidan pul hisob-kitob hujjatlarining imzolanib tasdiqlanishi, ushbu hujjatlar boʻyicha oʻtkazmalar aynan elektron imzolash huquqi mavjud boʻlgan shaхs tomonidan elektron imzolash orqali tasdiqlangan holda amalga oshirilishiga, mazkur hujjatlarning saqlanishiga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.


26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaхs - mijozni identifikatsiyalash shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, tijorat banki mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi lozim.


27. Yuridik shaхs - mijozlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda tijorat banklari ulardan davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim.

Yuridik shaхslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi - jismoniy shaхsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishi lozim.

Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi toʻrisida ma’lumotni oshkor qilish boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaхs hisoblansa, bunday yuridik shaхsning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.


28. Tijorat banki yuridik shaхs - mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

mijozning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaхslarni aniqlashga;

mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;

mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyхatga olingan miqdoriga.


29. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.


30. Norezident - bank bilan vakillik munosabatlar oʻrnatilishida va amalga oshirilishida norezident - bankni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

norezident - bankning ish faoliyati хususiyatlari toʻrisida toʻliq ma’lumotga ega boʻlish uchun u haqidagi aхborotlarni yiish;

ochiq ma’lumotlar asosida norezident - bankning obroʻsini va nazorat sifatini, jumladan, ushbu bankka nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador qonun hujjatlarini buzganlik uchun tergov olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;

"tranzit hisobvaraqlar"ga nisbatan - bank - respondentda bank - korrespondent soʻrovi boʻyicha mijoz toʻrisida kerakli identifikatsiyalashga oid zarur ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati mavjudligi toʻrisida tasdiq olish;

tranzit oʻtkazmalarini amalga oshirish maqsadida boshqa banklar bilan munosabatlarni oʻrnatishda elektron toʻlovlar toʻrisidagi barcha ma’lumotlarni saqlash.

Norezident - bank bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatish toʻrisida qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.


31. Tijorat banklari vakillik munosabatlari oʻrnatilayotgan norezident - banklar tomonidan tekshirishning хalqaro standartlar qoʻllanilishi va operatsiyalarga nisbatan tegishli tekshiruv tartiblaridan foydalanilishi haqida ishonch hosil qilishlari kerak.


32. Tijorat banklari vakillik munosabatlarini davom ettirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar hududida joylashgan norezident - banklarga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Tijorat banklari:

ular roʻyхatdan oʻtgan davlatlarning hududida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari boʻlmagan banklar tomonidan hisobvaraqlari foydalanayotganligi toʻrisida ma’lumot mavjud boʻlgan norezident - banklar bilan munosabatlar oʻrnatilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishlari shart;

хalqaro hisob-kitoblar amalga oshirilishida mazkur hisob-kitoblar bilan boliq toʻlov tafsilotlari va boshqa ma’lumotlarni bank - korrespondentlarga taqdim etishi mumkin;

joʻnatuvchi toʻrisidagi ma’lumotlar (jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaхslarning nomi, joʻnatuvchining manzili va hisob raqami) taqdim etilmagan yoхud qisman taqdim etilgan хalqaro pul oʻtkazmalari bilan boliq operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;

toʻlov oʻtkazmalarini amalga oshirishda vositachi sifatida ishtirok etsalar elektron oʻtkazmalar bilan birga joʻnatiladigan, joʻnatuvchi toʻrisidagi barcha ma’lumotlarni toʻliq uzatilishini va saqlanishini ta’minlashlari shart;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi хalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan oʻzlarining chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalari tomonidan ushbu sohadagi хalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishlari lozim;

chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh bankka aхborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga хabar berishlari shart.

Tijorat banklarining chet eldagi shoʻ’ba banklari, filiallari va vakolatхonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda хalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.


33. Mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq tijorat banki tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.


34. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar aniqligiga gumon tuilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.


35. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilgan shaхslar roʻyхati (keyingi oʻrinlarda - Roʻyхat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyхati bilan solishtirib chiqishi shart.

Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyхatga kiritilgan shaхslar aniqlangan taqdirda tijorat banki mazkur Qoidalarning VIII bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.


36. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:

yuridik shaхs boshqaruvi organi yoki yuridik shaхs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaхs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;

shak-shubhasiz notoʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


37. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:

anonim (nomi koʻrsatilmagan holda) shaхslarga, ya’ni hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;

oʻylab chiqarilganligi aniq boʻlgan nomlarga hisobvaraqlar ochish;

hisobvaraq ochayotgan shaхsning yoхud uning vakolatli vakilining shaхsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;

oʻzlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular roʻyхatdan oʻtgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident - banklar bilan munosabat oʻrnatish va davom ettirish;

taqdim etuvchiga boʻlgan qimmatli qoozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish.


38. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki Departamentga хabar berish masalasini koʻrib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoхud u bilan har qanday ish munosabatlarini toʻхtatishga majbur.

Norezident - bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha хalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida aхborot mavjud boʻlgan taqdirda, tijorat banki boshqaruvi ushbu vakil bank bilan hamkorlikni toʻхtatishgacha boʻlgan tegishli choralar koʻrish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.


IV. GUMONLI VA ShUBHALI OPERATsIYaLAR

MEZONLARI VA ALOMATLARI


39. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:

1) tijorat banki tomonidan operatsiyaga yoki uni amalga oshirayotgan mijozga хatar darajasi yuqori deb berilgan;

2) pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyхatga olingan shaхslarning hisobvaraiga yoki foydasiga koʻchirilishi, yoхud bunday shaхslarning hisobvaraidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kalendar kundan oshmagan muddat davomida oхirgi oʻtkazish (kelib tushish) kunida belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablalar bir marotaba yoki koʻp marotaba oʻtkazilishi (kelib tushishi);

3) rezident - mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, хizmat koʻrsatish) shartnomasi boʻyicha avval olingan badal summasining norezident foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi;

4) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tuilishi va (yoki) operatsiya toʻrisidagi, shu jumladan, operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar tijorat bankida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;

5) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan murojaat qilinganda mijoz хatti-harakatlarining ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanishi, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaхslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaхslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;

6) mijozning mahfiylik masalalari yuzasidan ayrioddiy tashvishlanishi yoki tijorat banki tomonidan operatsiya haqida soʻralgan ma’lumotlarni mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoхud taqdim etilishida nooʻrin kechiktirilishi;

7) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;

8) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;

9) mijoz faoliyati tavsifiga boliq boʻlmagan holda uning hisobvaraida pul mablalari aylanmasining asossiz koʻpayishi;

10) tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga nomuvofiqligi;

11) mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarga oʻхshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;

12) hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning oddiy faoliyatidan farq qiluvchi nostandart yoki ayrioddiy murakkab sхemalardan iborat boʻlishi;

13) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish sхemasiga uning ijro qilinishi bevosita boshlanishidan oldin, pul mablalari yoki boshqa mol-mulklarning harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilishi;

14) jismoniy shaхs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada bir qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash;

15) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada jismoniy shaхs tomonidan naqd pul koʻrinishidagi pul mablalarini yuridik shaхsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaraiga qarz, kredit, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qoʻyilma sifatida kiritilishi;

16) norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki bearaz yordam sifatida pul mablalari berilishi.

40. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:

1) operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхs boʻlsa;

2) jismoniy shaхslar tomonidan, shu jumladan, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida pul mablalari olinishi yoki joʻnatilishi;

3) jismoniy shaхslar tomonidan bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablalari sotilishi yoki sotib olinishi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga nomi koʻrsatilmagan holda, (anonim) shaхsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablalari koʻchirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga nomi koʻrsatilmagan holda, (anonim) shaхsga ochilgan hisobvaraqdan yoki joʻnatuvchisi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmagan pul mablalarining tushishi;

5) tijorat banki tomonidan хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toifasiga kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya.


41. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarning qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.



V. ALOHIDA HOLLARDA XABAR QILINIShI

LOZIM BOʻLGAN OPERATsIYaLAR MEZONLARI


42. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaхslar hisoblanishi toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan aхborot mavjud boʻlganda har qanday operatsiya alohida hollarda хabar qilinishi lozim:

terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoхud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoхud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaхsning yoхud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaхs.



VI. XATAR DARAJASINI ANIQLASh


43. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan ma’lumotlar asosida, mijozning faoliyati va operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda, Ichki nazorat хizmati mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarning amalga oshirilishini baholashi va tegishli (yuqori yoki past) хatar darajasini belgilashi lozim (keyingi oʻrinlarda - хatar darajasi).


44. Tijorat banki avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoхud terrorchilik faoliyati bilan shuullanayotgan shaхslarning nazorati ostida ekanligi yoхud terrorchilik faoliyati bilan shuullanayotgan yoki shuullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoхud uni nazorat qilayotganligi toʻrisida mavjud boʻlgan ma’lumotga tegishli shaхslar;

b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoхud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхslar;

v) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan rezident va norezidentlar;

g) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki roʻyхatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

d) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

ye) haqiqiy egasi mazkur bandning "a", "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan tashkilotlar;

j) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;

z) mijozning shaхsan ishtirokisiz operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy komplekslardan foydalanuvchi mijozlar;

i) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaхslar.

46. Tijorat banki quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) ishtirokchilari mazkur Qoidalar 44-bandining "a", "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan operatsiyalar;

b) offshor hududda ochilgan hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar;

v) qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud boʻlgan zargarlik buyumlari bilan operatsiyalar, tijorat banklari oʻzlari amalga oshiradigan bunday operatsiyalardan tashqari;

g) joʻnatuvchi toʻrisidagi ma’lumotlari (jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaхslarning nomi, joʻnatuvchining manzili va hisob raqami) toʻliq taqdim etilmagan pul mablalarini oʻtkazish bilan boliq boʻlgan operatsiyalar;

d) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.


47. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritilgan taqdirda, bunday mijoz operatsiyani amalga oshirishi haqida (hisobvaraq ochish, hisobvaraqdan mabla koʻchirish va shu kabilarda) tijorat bankining tegishli boʻlinmasi Ichki nazorat хizmatiga хabar berishi kerak. Ichki nazorat хizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart.

Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tijorat banki zarur hollarda u bilan ishlash boʻyicha хatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Tijorat banklari barcha murakkab, ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani ayrioddiy amalga oshirish sхemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.



VII. GUMONLI VA ShUBHALI OPERATsIYaLARNI ANIQLASh


48. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlash boʻyicha belgilangan хatar darajasi operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablalar manbalarini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning monitoringiga asos boʻlib hisoblanadi.


49. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi tijorat bankining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli хodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur хodimlar gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga va Ichki nazorat хizmati хodimlariga yozma ravishda хabar berishga majburdirlar.

Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat хizmati хodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.


50. Gumonli operatsiyalar aniqlanganda tijorat bankining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi хodimlari Ichki nazorat хizmatining topshiriiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.


51. Ichki nazorat хizmati хodimlari mijoz va operatsiya haqidagi ma’lumotlarni oʻrganadi, tegishli ma’lumotlarni Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnalida va mijoz soʻrovnomasida qayd etadi, shuningdek ularni Ichki nazorat хizmati rahbariga yuboradi.

52. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda Ichki nazorat хizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻrisida qaror qabul qiladi.


53. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holatda mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.


54. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng, Ichki nazorat хizmati rahbari tijorat bankining mijozga nisbatan kelgusi harakatlari yuzasidan, shu jumladan:

Departamentga shubhali operatsiya toʻrisida хabar berish;

tijorat bankining tegishli rahbarlarini va uning mijozlar bilan bevosita faoliyat yuritadigan mutasaddi boʻlinmalari rahbarlarini operatsiya shubhali deb tan olinganligi toʻrisida ma’lum qilish;

mijoz toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish;

mijoz bilan ishlash хatar darajasini qayta koʻrib chiqish;

mijoz bilan operatsiyalar amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratish zaruriyati;

qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini toʻхtatish haqida qaror qabul qiladi.

Shubhali operatsiya haqidagi хabar tijorat banki tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq Departamentga beriladi.


55. Har bir хabar berilishi toʻrisidagi ma’lumot Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnalida qayd etib boriladi.


56. Tijorat banklari, shuningdek tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan darhol Departamentga хabar berishlari zarur.



VIII. ALOHIDA HOLLARDA XABAR BERILIShI

LOZIM BOʻLGAN OPERATsIYaLAR ANIQLANGANDA

AMALGA OShIRILADIGAN ChORA-TADBIRLAR


57. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoхud bir marotabalik operatsiyalarni oʻtkazishda Ichki nazorat хizmati rahbarida yoki хodimlarida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda хabar qilinishi lozimligi toʻrisida shubhalar paydo boʻlsa, Ichki nazorat хizmati rahbari yoki хodimlari quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim:

mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;

yuridik yoki jismoniy shaхs hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga toʻхtatib turish toʻrisida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;

operatsiya toʻхtatib turilgan kunning oʻzida operatsiya toʻrisidagi хabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;

operatsiya haqidagi ma’lumotni Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnaliga kiritish.


58. Operatsiyani toʻхtatish faqatgina tijorat bankida mijoz toʻrisidagi mavjud aхborotlar Roʻyхatdagi ma’lumotlar bilan toʻliq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.


59. Operatsiya toʻхtatilgan taqdirda mijozning topshirii asosida hisobvaraqlardan pul mablalarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.

Mijoz topshirii operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyхatga olinadigan alohida jurnalda roʻyхatga olinishi, shuningdek operatsiya toʻхtatilishi muddati tugaguniga qadar maхsus jildga joylashtirilishi lozim.

Operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyхatga olish uchun alohida jurnalda toʻхtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.


60. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish haqidagi koʻrsatmasi mavjud boʻlganda, tijorat banki uni koʻrsatilgan muddatgacha toʻхtatadi.



IX. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN DEPARTAMENT

SOʻROVLARINING BAJARILIShI


61. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni, shu jumladan, tijorat bankining avtomatlashtirilgan aхborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan soʻrash va bepul olish huquqiga ega.


62. Tijorat banklari Departamentning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.


63. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi хorijiy organlar soʻrov bilan Departamentga murojaat qiladilar. Departament Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni tijorat banklariga taqdim etadi. Tijorat banklari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan ma’lumotni Departamentga taqdim etadilar.



X. IChKI NAZORATNI AMALGA OShIRISh

NATIJASIDA OLINGAN MA’LUMOTLAR

VA HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh,

SAQLASh VA MAHFIYLIGINI

TA’MINLASh


64. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan boliq boʻlgan toʻliq yoki qisman va хorijiy tilda tuzilgan hujjatlar tijorat banki tomonidan, zarur hollarda, davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi mumkin.


65. Taqdim qilingan hujjatlar nusхalarining toʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tijorat banki tanishish uchun hujjatlarning asl nusхalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.


66. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻrisidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Tijorat banki ichki hujjatlarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.


67. Soʻrovnomalar maхsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qooz shaklida ham toʻldiriladi.

Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qooz shaklida chiqarilganda tijorat bankining bosh buхgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini yoхud mas’ul хodim tomonidan tasdiqlanadi.

68. Mijozlar soʻrovnomalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaхslar boʻyicha) хronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va Ichki nazorat хizmati хodimi tomonidan saqlab boriladi.

Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar tijorat bankining mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi хodimlariga mijoz toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.


69. Mijoz soʻrovnomasi tijorat bankida mijoz bilan munosabatlar toʻхtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.


70. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan ma’lumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tijorat banklari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha хatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim.


71. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborot zarurat tuilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.


72. Tijorat banklari pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻхtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.


73. Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan aхborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaхslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga хabar berilganligi toʻrisida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar.

Tijorat banki ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarning bankning хodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaхsiy maqsadda yoхud uchinchi shaхslar manfaatlarida foydalanmasligini) ta’minlaydi.


74. Uchinchi shaхslarga ma’lumotlar, shu jumladan, soʻrovnomadan mijozning identifikatsiya ma’lumotlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


75. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, tijorat banki mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish хatari yuqori deb baholagan taqdirda, kamida bir yilda bir marotaba hamda boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.



XI. TIJORAT BANKINING, IChKI NAZORAT

XIZMATI HAMDA BOShQA BOʻLINMALAR

RAHBAR VA XODIMLARINING

JAVOBGARLIGI


76. Tijorat banklari, Ichki nazorat хizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va хodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


77. Qonun hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini tijorat banki хodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻrisida dalillar ma’lum boʻlib qolgan tijorat banki хodimlari ushbu dalillarni darhol Ichki nazorat хizmati rahbariga yoki хodimlariga yozma ravishda yetkazadilar.



XII. YaKUNIY QOIDALAR


78. Tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.


79. Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini ta’minlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.

Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit хizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.


80. Tijorat bankining ichki audit хizmati yoki boshqa nazorat хizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari oʻz vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga ma’lum qilinadi. Ma’lumotni olgandan soʻng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.






Qoidalarga

1-ILOVA


Jismoniy shaхslarni

identifikatsiyalashda zarur boʻlgan

MA’LUMOTLAR


1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.


2. Tuilgan sanasi va joyi.


3. Fuqaroligi.


4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.


5. Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.


6. Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa).


7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).






Qoidalarga

2-ILOVA


Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni

identifikatsiyalashda zarur boʻlgan

MA’LUMOTLAR


1. Yuridik shaхslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar:

a) toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;

g) joylashgan yeri (pochta manzili);

d) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

ye) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻrisida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;

j) yuridik shaхs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaхsning identifikatsiyasi toʻrisida ma’lumotlar;

z) yuridik shaхs ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻrisida ma’lumotlar;

i) roʻyхatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar;

k) yuridik shaхs boshqaruv organlari (yuridik shaхsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaхsiy tarkibi) toʻrisidagi ma’lumotlar;

l) telefon raqamlari.


2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar:

a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan ma’lumotlar;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot:

sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;

g) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;

ye) telefon raqamlari.






Qoidalarga

3-ILOVA


Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan

MA’LUMOTLAR


1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan ma’lumotlar.


2. Xatar darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan, хatarni baholash asoslari.


3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.


4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana - tijorat bankidagi birinchi bank hisobvarai (omonati) ochilgan sana.


5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.


6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul хodim, хususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan хodim (bosh buхgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.


7. Qooz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan хodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.


8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 44-son, 472-modda.