Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2006 y. 126-son "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq aхborotni berish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.06.2006 y.

N 126


JINOIY FAOLIYaTDAN OLINGAN

DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA

VA TERRORIZMNI MOLIYaLAShTIRIShGA

QARShI KURAShISh BILAN BOLIQ

AXBOROTNI BERISh TARTIBI TOʻRISIDA


"Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 21 apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq aхborotni berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar amalga oshirilishi toʻrisidagi aхborotni belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibda aхborot taqdim etilishi uchun qattiq nazorat oʻrnatsin.


3. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.X. Qodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 25-26-son, 238-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 6, 47-modda.