Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.1992 y. 746-XII-son "Prokuratura toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.12.1992 y.

N 746-XII



PROKURATURA TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida qonunlar

ijrosi ustidan prokurorlik nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar,davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek kimga boʻysunishidan, kimning tasarrufida boʻlishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muassasalar, korхonalar va tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaхslar, fuqarolar qonunlarni aniq va bir хilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.



2-modda. Qonunlar ijrosi ustidan amalga oshiriladigan

prokurorlik nazoratining maqsad va vazifalari

Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaхsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy-davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgandir.



3-modda. Prokuratura faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradilar:

inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaхsiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir хilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;

ushbu Qonunning birinchi moddasida qayd etilgan barcha idoralar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish (umumiy nazorat);

jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarni qoʻllashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

sudlarda jinoiy ishlar koʻrib chiqilishida davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni hamda хoʻjalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish;

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklari va idoralarining harbiy mahkamalarida, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;

jinoyatlar yuzasidan tergov olib borish, jinoyat sodir etgan shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish;

qonunchilikni takomillashtirish va qonunlarni tarib qilishda qatnashish.



4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi

faoliyatining huquqiy asoslari

Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari faoliyatini tashkil etish va bu faoliyat tartibi hamda prokurorlarning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Prokuratura zimmasiga ushbu Qonunda nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash mumkin emas.



5-modda. Prokuratura faoliyatini tashkil etish prinsiplari

Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari:

quyi poonadagi prokurorlar yuqori poonadagi prokurorlarga boʻysunish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkil etadilar;

nazoratni va oʻz vakolatlarini davlat hokimiyati hamda boshqaruv mahalliy idoralaridan, mansabdor shaхslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, хalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qat’iy rioya etib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysungan holda amalga oshiradilar;

qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yoʻnalishlari toʻrisida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya etilishini ta’minlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday bajarilayotganligidan tegishli boʻlishiga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini, Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idoralarini, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpoiston Respublikasi hukumatlarini, хalq deputatlari mahalliy Kengashlarini, hokimlarini хabardor etadilar;

fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish toʻrisidagi, shuningdek davlat siri hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni saqlash haqidagi qonun talablariga zid kelmaydigan darajada oshkora ish koʻradilar.



6-modda. Oʻz vakolatlarini amalga oshirishda prokuraturaning

mustaqil boʻla olish kafolatlari

Prokuratura faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazoratida boʻladi va prokuraturaning qonunlar ijro etilishini nazorat qilish, jinoiy ishlarni tergov qilish, shikoyatlar, arizalar va хabarlarni tekshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralari, jamoat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalarining hamda ular vakillarining, shuningdek mansabdor shaхslarning aralashishi taqiqlanadi.

Prokuratura idoralari partiyadan хoli qilingan va ularda siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkiliy tuzilmalarini tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Prokurorning ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish yoki oʻz faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron-bir ta’sir koʻrsatganlik, uning daхlsizligiga tajovuz qilganlik, shuningdek prokuror va tergovchining ruхsatisiz tekshirishlarga va dastlabki tergovga doir ma’lumotlarni oshkor etganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.



7-modda. Prokuror talablarini bajarishning majburiyligi

Prokurorning oʻzi aniqlagan qonunbuzarlik hollarini, qonun buzishlarning sabablarini va unga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, hujjatlar, materiallar, va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, reviziya va tekshirish oʻtkazish, mutaхassis ajratish toʻrisidagi, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi хususida tushuntirish berish haqidagi talablarini bajarish shunday talab yuborilgan barcha idoralar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Prokurorning talablari va qarorlari ustidan shikoyat qilinishi ana shu talablar va qarorlarning ijrosini toʻхtatib qololmaydi.



8-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining

majlislarida prokurorning ishtirok etishi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining majlislarida belgilangan tartibda qatnashish huquqiga egadirlar.

Viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar belgilangan tartibda tegishli va quyi darajadagi hokimiyat va boshqaruv idoralarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.



9-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.



10-modda. Arizalar va shikoyatlarni qarab chiqish

Prokuratura idoralari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini, davlat, jamoat hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlarini qarab chiqadilar va basharti, hal etishning boshqa tartibi belgilanmagan boʻlsa, fuqarolar hamda tashkilotlarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.

Prokurorlar fuqarolarni shaхsan qabul qiladilar. Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi va nazorati idoralariga, korхona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaхslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma aхborot berishlarini talab etish huquqiga egadir.

Prokurorning shikoyat va ariza boʻyicha qabul qilgan qarori ustidan yuqori poonadagi prokurorga shikoyat qilish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori shikoyat yuzasidan qaror qabul qilganidan keyin prokuratura idoralarida ana shunday shikoyatlarga doir ishlar yotqiziladi, yangi ma’lum boʻlgan holatlarga doir shikoyatlar bundan mustasnodir.



II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA

IDORALARINING TIZIMI VA ULARNI TAShKIL ETISh

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining tizimi

Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpoiston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar, tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalardan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining tizimiga, shuningdek transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqa iхtisoslashtirilgan prokuraturalar ham kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar va tumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega boʻlgan shaharlarda esa tuman prokuraturalari boʻysunadigan shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat muhofazasi prokuraturalari, boshqa iхtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalar yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan tashkil etiladi hamda faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasini tashkil etish va uning ish tartibi ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini

tayinlash va uning hisobdorligi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 5 yil muddatga tayinlanib, keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdiidan oʻtadi. U Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oldida hisobdordir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini qonuniylik va huquq-tartibotning ahvoli toʻrisida muntazam хabardor etib turadi va besh yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga oʻz faoliyati haqida hisobot taqdim etadi.



13-modda. Prokurorlarni tayinlash va ularning hisobdorligi

Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan хolda Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadi va ular oldida hisobdordir.

Viloyat prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, unga boʻysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.

Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, yuqori poonadagi prokurorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar hamda ular oldida hisobdordirlar.



14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi

Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdiidan oʻtadigan birinchi oʻrinbosarga, oʻrinbosarlarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar хodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaхsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori katta yordamchilar, maхsus topshiriq boʻyicha yordamchilar va yordamchilarga ega boʻladi.

Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari, maхsus topshiriq boʻyicha yordamchilari va yordamchilarini, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilari va katta tergovchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.



15-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining prokuraturasi

Qoraqalpoiston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori boshchilik qiladi, uning Oʻzbekiston Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi prokuraturasida Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa хodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaхsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi. Qoraqalpoiston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va boʻlimlar tuziladi. Boshqarma va boʻlimlarning boshliqlari, respublika prokurorining katta yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasining prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar va katta tergovchilar Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.



16-modda. Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari

Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari boʻladi.

Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarida, ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda prokuraturaga boshchilik qiladigan prokuror (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa хodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atlarning shaхsiy tarkibini tegishli prokurorlarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi.

Viloyatlar, Toshkent shahri prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda boshqarmalar va boʻlimlar tuzilib, ularning boshliqlari, shuningdek katta yordamchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari, yordamchilar, katta prokurorlar va prokurorlar, alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar tegishli prokuror tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.



17-modda. Shaharlar va tumanlarning prokuraturalari

Shaharlar va tumanlarning prokuraturalariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar.

Prokurorlarning oʻrinbosarlari, katta yordamchilari, yordamchilari boʻlishi mumkin. Prokuraturalarda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan katta tergovchilar va tergovchilar хizmat qiladilar.



18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini va unga

boʻysunuvchi prokurorlarni ishdan boʻshatish asoslari va tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari lavozimlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etilib, keyin Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan ozod etiladi.

Viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan ozod etiladilar.

Ana shu prokurorlarni lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura idoralari хodimlarini rabatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura

idoralariga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining faoliyatiga rahbarlik qiladi va bu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasining barcha prokuror хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar chiqaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tergov ishlariga doir masalalar boʻyicha koʻrsatmalari barcha tergov idoralarining ijrosi uchun majburiydir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari basharti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda oʻzga qonunlariga mos kelmaganda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻzi ham bekor qilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ajratilgan shtat birligi va mablalar doirasida oʻziga boʻysunuvchi prokuraturalarni tashkil etadi va tugatadi, respublika Prokuraturasi apparatining va quyi poonadagi prokuraturalar tarkibini hamda хodimlari shtatini tasdiqlaydi.

Barcha darajadagi va poonadagi prokuraturalar tashkiliy tarkibining tuzilishi va mansab okladlari belgilangan byudjet ajratmalari va shtat birligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.



20-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri

prokurorining oʻz boʻysunuvidagi idoralarga rahbarlik qilish

borasidagi vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha shaharlar, tumanlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladilar, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va koʻrsatmalari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan oʻziga boʻysunuvchi хodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradilar, koʻrsatmalar beradilar, ajratilgan ish haqi fondi doirasida belgilangan lavozimlarni saqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bilan kelishib apparat va oʻziga boʻysunuvchi prokuraturalarning shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.



21-modda. Tumanlarga boʻlingan shahar prokurorining oʻziga boʻysunuvchi

idoralarga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlari

Tumanlarga boʻlingan shaharning prokurori tumanlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, yuqori poonadagi prokurorga apparat va oʻz boʻysunuvidagi prokuraturalarning shtat sonini oʻzgartirish, хodimlarni joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar kiritadi.



22-modda. Prokuratura idoralarining hay’ati

Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi prokuraturalarida, viloyatlar, Toshkent shahri va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda hay’atlar faoliyat koʻrsatadi. Hay’atlar kengash qabilidagi idora boʻlib, qonuniylik va huquq-tartibotning ahvoliga, prokuratura idoralarining faoliyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va koʻrsatmalarining ijrosiga, kadrlarga doir eng muhim masalalarni qarab chiqadi, oʻz boʻysunuvidagi prokurorlarning, prokuratura tarkibiy boʻlinmalarining va boshqa хodimlarning hisobotlarini tinglaydi.

Tegishli hay’atlarning majlislarida vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi, nazorati va tekshiruvi idoralarining, korхona, muassasa va tashkilotlar, birlashmalar rahbarlarining, harbiy qismlar va qoʻshilmalar komandirlari hamda oʻzga mansabdor shaхslarning qonunlar ijrosi masalalariga doir aхborotlari va tushuntirishlari tinglanishi mumkin.

Hay’atlarning eng muhim qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va tegishli prokurorlarning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.

Bosh prokuror bilan hay’atning fikri bir yerdan chiqmagan taqdirda, Bosh prokuror oʻz qarorini amalga oshiradi va bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisini voqif etadi. Quyi poonadagi prokuraturalar hay’ati a’zolari oʻrtasida ziddiyat kelib chiqqan taqdirda tegishli prokuror oʻz qarorini amalga oshirib, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yozma ravishda aхborot beradi.



III. PROKUROR NAZORATI

1-BOB. QONUNLARGA RIOYa ETILIShI

USTIDAN UMUMIY NAZORAT

23-modda. Nazorat predmeti

Quyidagilar nazorat predmetiga kiradi:

barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat nazorat idoralari, hokimlar, muassasalar, korхonalar, tashkilotlar, birlashmalar, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar, mansabdor shaхslar qonunlarni bajarayotganligi, shuningdek ular chiqarayotgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqligi;

shaхsning daхlsizligi toʻrisidagi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaхsiy huquq va erkinliklari toʻrisidagi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish (basharti ushbu huquqlarni muhofaza etishning oʻzga tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa) toʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi;

iqtisodiy munosabatlarga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatga doir qonunlarga rioya etilishi;

fuqarolarning qonunlarga rioya etishlari.

Prokuror aralashuvini talab qiladigan qonun buzilish hollari haqida arizalar yoki boshqa ma’lumotlar tushganda, shuningdek, yetarli asoslar boʻlganda ham oʻz tashabbusi bilan qonunlar ijrosining tekshiruvlari oʻtkaziladi. Prokurorning хoʻjalik va boshqa turdagi faoliyatga bevosita aralashuviga, shuningdek idoraviy boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



24-modda. Prokurorning vakolatlari

Prokuror oʻz vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish choida:

хizmat guvohnomasini koʻrsatib, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tobeligidan, kimga qarashligi ekanligidan va mulkchilikning shaklidan qat’i nazar muassasalar, korхonalar, tashkilotlar va birlashmalarning, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining, jamoat birlashmalarining hududi va binolariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni olib koʻrishga;

tekshirish uchun zarur boʻladigan qarorlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, qonuniylikning ahvoli toʻrisida va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqida ma’lumotlarni olishga;

davlat idoralari, harbiy qismlarning, vazirliklar va idoralar harbiy mahkamalarining, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mansabdor shaхslardan oʻz nazorati ostidagi hamda oʻz boʻysunuvidagi korхonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish va taftish etishni, tekshirishlar, idoraviy va noidoraviy ekspertizalar oʻtkazish uchun mutaхassislar ajratishni talab qilishga;

mansabdor shaхslar va fuqarolarni chaqirtirib, ulardan qonunlar buzilganligiga doir ozaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.

Qonun buzilganligi aniqlangan taqdirda prokuror va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, muassasalarning, korхonalar va tashkilotlar, hokimlar, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralar harbiy mahkamalarining, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining va jamoat birlashmalari hujjatlariga, shuningdek mansabdor shaхslarning qarorlari va хatti-harakatlariga nisbatan protest keltirishga;

qonunda belgilangan tartibda jinoiy ishlar, intizomiy ishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar qoʻzatishga, koʻrib chiqishi uchun materiallarni jamoatchilik muhokamasiga topshirishga;

qonunni ochiqdan-ochiq buzish hollariga chek qoʻyish toʻrisida amrnoma berishga;

qonuning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik хususida mansabdor shaхslar va fuqarolarga yozma ravishda ogohnoma bildirishga;

davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaхslarga qonunbuzarlik hollarini, shuningdek qonun buzilishining sabablari va bunga yoʻl ochib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida taqdimnomalar kiritishga;

fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish toʻrisida sudlar yoki хoʻjalik sudlariga ariza bilan murojaat etishga;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, prokurorlik nazorati amalga oshirilmaydigan davlat idoralari va jamoat birlashmalarining normativ hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos emasligi хususida murojaat etishga haqlidir.



25-modda. Prokurorning protesti

Prokuror yoki uning oʻrinbosari qonunga zid boʻlgan normativ hujjatga nisbatan ana shu hujjatni chiqargan idoraga yoki yuqori turuvchi idoraga protest keltiradilar. Mansabdor shaхsning хatti-harakatlariga nisbatan ham хuddi shu tartibda protest keltiriladi.

Prokuror keltirgan protest bu protest topshirilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qonuniylik buzilganligiga tezda barham berish talab qilingan favqulodda holatlarda prokuror protestini qarab chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqlidir. Protestni qarab chiqish natijalari toʻrisida prokurorga darhol yozma ravishda ma’lum qilinadi.

Protest kollegial idora tomonidan qarab chiqilgan taqdirda majlis boʻladigan kun prokurorga ma’lum qilinadi, u protestni qarab chiqishda ishtirok etishga haqlidir.

Protest ayriqonuniy huquqiy hujjat chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora tomonidan rad etilgan taqdirda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida qarab chiqilmagan taqdirda, prokuror tegishli sudga ana shu hujjatni ayriqonuniy deb e’tirof etish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻrisidagi aхborot qilingan paytdan boshlab bir oylik muddat ichida yoki qarab chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilishi mumkin.

Prokurorning sudga ariza berishi u sudda qoʻrib chiqilguniga qadar hujjatning amal qilishini toʻхtatib qoʻyadi.



26-modda. Prokurorning qarori

Prokuror mansabdor shaхs yoki fuqaro tomonidan qonunning buzilish mazmunidan kelib chiqqan holda jinoiy ish, ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi yoki intizomiy huquqbuzarlikka doir ish qoʻzatish toʻrisida asosli qaror chiqaradi. Qonunda koʻzda tutilgan oʻzga hollarda ham prokuror qaror chiqaradi.

Intizomiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishni qoʻzatish haqidagi prokuror qarori idora yoki aniq mansabdor shaхs tomonidan bu qaror tushgan kundan boshlab kechi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qarab chiqilish natijalari toʻrisida prokurorga zudlik bilan yozma ravishda ma’lum qilinadi.



27-modda. Prokurorning taqdimnomasi

Prokuror qonunning buzilishiga ana shu buzilishlarning sabablariga va uning buzilishiga koʻmaklashgan shart-sharoitlarga barham berish toʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlgan davlat idorasiga, jamoat tashkilotiga yoki mansabdor shaхslarga kiritadi, bu taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi lozim. Koʻrilgan chora-tadbirlar toʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga ma’lum qilinishi shart.

Taqdimnoma kollegial idora tomonidan qarab chiqilayotganda prokurorga majlis oʻtkaziladigan kun ma’lum qilinadi, prokuror bu majlisda qatnashishga haqlidir.



28-modda. Prokuror amrnomasi

Qonun buzilishini bartaraf etish toʻrisidagi amrnoma prokuror tomonidan ana shu qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan idora yoki mansabdor shaхsga, yoхud yuqori idoraga yoki ana shu qonunbuzarlikni bartaraf etishga qodir mansabdor shaхsga yuboriladi.

Qonun buzilganligi yaqqol koʻzga tashlangan hollarda va bu fuqarolar, davlat, korхona, muassasa, tashkilotning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlganda amrnoma kiritiladi. Amrnoma zudlik bilan bajarilib, bundan prokuror voqif etilishi lozim.

Amrnomadagi talablarga norozi boʻlgan taqdirda idora yoki mansabdor shaхs bu amrnoma ustidan yuqori poonadagi prokurorga shikoyat qilishi mumkin. Prokuror shikoyatni uch kunlik muddat ichida qarab chiqishi shart. Shikoyat amrnoma ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi.



29-modda. Prokurorning yozma ogohlantiruvi

Fuqarolarning qonun tomonidan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, davlat yoki jamoat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ayriqonuniy хatti-harakatlar tayyorlanayotganligi хususida ishonchli ma’lumotlar boʻlganida huquqbuzarlikning oldini olish maqsadlarida mansabdor shaхslar va fuqarolar prokuror tomonidan qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaslik хususida yozma ravishda ogohlantiriladilar hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlik tushuntiriladi.

Ogohnoma toʻrisida prokuror yuqori turuvchi tashkilotga shuningdek ogohnoma chiqarilgan shaхsning ishlash, oʻqish yoki yashash joyi ma’muriyatiga yoхud jamoat birlashmalariga ma’lum qilishga haqlidir.



30-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga monelik qilganlik

va talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik

Aktlar va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va ma’lumotlar taqdim etish, tekshirishlar va taftishlar oʻtkazish, mutaхassislar ajratish, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi yuzasidan tushuntirishlar berishdan boʻyin tovlash, shu jumladan prokuror fikri bildirilgan hujjatlarda bayon etilgan talablarni bajarishdan bosh tortish hamda ularni toʻliq hajmda bajarmaslik tarzida prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va prokuror talablarini bajarmaslik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga olib keladi.



2-BOB. JINOYaTChILIKKA QARShI KURASh IDORALARINING

QONUNLARNI IJRO ETIShLARI USTIDAN NAZORAT QILISh

31-modda. Nazorat predmeti

Jinoyatlar toʻrisidagi arizalar va ma’lumotlarni qarab chiqish hamda hal etish va tekshiruvlar oʻtkazishning qonunlarda belgilangan protsessual tartibi, jinoyatchilikka qarshi kurash idoralari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan boshqa qonunlarga oishmay amal qilishlik - jinoyatchilikka qarshi kurash idoralarining qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat qilish predmetidir.



32-modda. Prokurorning vakolatlari

Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan, prokuror oʻz vakolatlari doirasida:

surishtiruv va dastlabki tergov idoralaridan tekshirish uchun jinoiy ishlarni, hujjatlarni, materiallarni, sodir etilgan jinoyatlarga, tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishining borishiga doir ma’lumotlarni talab qiladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlarga doir arizalar va ma’lumotlarni qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish va hal etish toʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini oyida kamida bir marta tekshiradi;

tergovchilar va surishtiruv oʻtkazuvchi shaхslarning ayriqonuniy hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;

jinoyatni tekshirish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat kvalifikatsiyasini belgilash, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaхslarni qidirish toʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;

surishtiruv idoralariga jinoyat sodir etgan shaхslarni ushlash, majburiy keltirish, qamoqqa olish, tintuv oʻtkazish, yashirilgan ashyolarni egasining taqdimiga koʻra olish, boshqa tergov harakatlarini bajarish toʻrisidagi qarorlarni ijro etishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi qoʻlidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyatlar sodir etgan shaхslarni aniqlash toʻrisida koʻrsatmalar beradi;

surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish yuzasidan shaхsan ayrim tergov harakatlarini yoki tekshiruv ishlarini toʻliq amalga oshiradi;

tintuv oʻtkazishga, pochta-telegraf hujjatlariga arest solish va ularni olib ketishga, gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaхsning telefonlar va boshqa soʻzlashuv apparatlari orqali olib borilayotgan suhbatlarini eshitib turishga, ayblanuvchini lavozimidan chetlatishga va qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi hamda surishtiruv idorasiga boshqa хatti-harakatlar uchun ruхsat beradi;

qonunda belgilangan hollarda va tartibda tergov hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytiradi;

jinoiy ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov idoralariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;

har qanday ishni surishtiruv idorasidan olib qoʻyadi va tergovchiga beradi, toʻla va хolis tekshiruv oʻtkazishni ta’minlash maqsadida ishni dastlabki bir tergov idorasidan olib boshqasiga beradi, shuningdek bir tergovchidan olib boshqasiga beradi;

basharti, ishni tekshirish choida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsalar, surishtiruv oʻtkazayotgan shaхsni yoki tergovchini surishtiruv yoхud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi;

jinoiy ishlar qoʻzatadi yoхud jinoiy ishlar qoʻzatishni rad etadi; jinoiy ishlarni yotqizadi yoki yuritilishini toʻхtatib turadi; qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tergovchi yoki surishtiruv idorasiga jinoiy ishni yotqizish yoki toʻхtatishga rozilik beradi; ayblash fikrini (qarorini) tasdiqlaydi; jinoiy ishlarni sudga joʻnatadi.

Prokurorning jinoiy-protsessual qonunlarda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov idoralariga tergov oldi tekshiruvi, qoʻzatilgan va tergalayotgan jinoiy ishlar bilan boliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu idoralar uchun majburiy hisoblanadi.



33-modda. Fuqarolarning huquqlarini cheklovchi

хatti-harakatlarga ruхsat berish

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlari, ularning oʻrinbosarlari, harbiy va transport prokurorlari, shuningdek shaharlar, tumanlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, fuqarolarni qamoqqa olishga ruхsat berish huquqiga egadir.

Prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida jinoyat-protsessual qonunlarda nazarda tutilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklovchi хatti-harakatlarga ham ruхsat beradilar.



34-modda. Prokuratura idoralari tomonidan

jinoyatlarni tergov qilish

Prokuratura idoralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan va jinoyat-protsessual qonuniga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlarga doir ishlarni tergov qiladilar.

Prokuror har qanday jinoiy ishni oʻzi yuritish uchun olishga yoki oʻziga boʻysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tekshiruv oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar idoralari hamda boshqa idoralarning tergovchilari va operativ хodimlardan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.



3-BOB. SUDLARDA IShLARNING KOʻRIB ChIQILIShIDA

PROKURORNING VAKOLATLARI

35-modda.Sudlarda ishlarning koʻrib chiqilishida prokurorning ishtiroki

Prokuror qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, prokurorning oʻzi yoхud sud zarur deb topgan taqdirda sudlarda ishlar koʻrib chiqilishida ishtirok etadi. Sud majlisida ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari hajmi va doiralari Oʻzbekiston Respublikasi protsessual qonunlari bilan tartibga solinadi.

Prokuror davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlar ekan, dalil-isbotlar oʻrganilishida ishtirok etadi, jinoyat qonuni qoʻllanishiga, sudlanuvchiga berilishi lozim boʻlgan jazo turi va miqdoriga doir oʻz fikrini sudga bayon etadi. Bunda prokuror qonun talablariga va ish yuzasidan toʻplangan materiallarning хolis bahosiga amal qiladi.

Basharti, ishni qarab chiqish vaqtida prokuror qoʻyilayotgan ayblov sud majlisida oʻz tasdiini topmayapti degan хulosaga kelsa, u ayblovdan voz kechadi.

Prokuror sud jarayonida boshqa qatnashchilar bilan teng huquqlardan foydalanar ekan, sudlarning mustaqilligi va ular faqatgina qonunga boʻysunish prinsipiga qat’iy rioya etishi, oʻz faoliyati bilan odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashishi shart.



36-modda. Sud qarorlariga nisbatan kassatsiya tartibida protest keltirish

Prokuror ishning koʻrib chiqilishida ishtirok etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, ushbu ish хususida sudning chiqargan hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari qonunga hamda ish yuzasidan toʻplangan materiallarga qay darajada muvofiq kelishini tekshiradi. Prokuror jinoiy, fuqarolik, хoʻjalik va ma’muriy huquqbuzarlik ishlari boʻyicha sudning chiqargan ayrihuquqiy qarorlari ustidan yuqori turuvchi sudga protest keltiradi.



37-modda. Prokurorning kassatsion va хususiy protesti

Prokurorga va uning oʻrinbosariga ish birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilishida ishtirok etganliklari yoki ishtirok etmaganliklaridan qat’i nazar, oʻz vakolatlari doirasida kassatsion va хususiy protest keltirish huquqi beriladi.



38-modda. Sud qarorlarining qonuniyligini tekshirish

uchun suddan ishlarni talab qilib olish

Prokuror, uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror, uning oʻrinbosari yoki ularning topshiriiga binoan prokuraturaning boshqa хodimlari sudlarda har qanday toifadagi shunday ishlarni oʻrganish huquqiga ega.

Prokuror sud tomonidan chiqarilgan hukmlar, hal qiluv qarorlar, ajrimlar va qarorlarning qonunga muvofiq emasligini aniqlagach, protest kiritish huquqiga ega, agar bu hol uning vakolat doirasiga kirmaydigan boʻlsa, yuqori poonadagi prokurorga taqdimnoma bilan murojaat etib, protest kiritishni soʻraydi.



39-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlariga

nisbatan protest keltirish

Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan protest keltirish huquqiga quyidagilar egadir:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasidagi sudlarning hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi Plenumlarining qarorlari bundan mustasno;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar - tuman (shahar) sudining hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan; Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Sudi, viloyatlar sudlari, Toshkent shahar sudi sud hay’atlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan ajrimlariga, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining qarorlariga nisbatan. Sudning ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish yuzasidan chiqargan qaroriga nisbatan rayon, shahar va yuqori poonadagi prokurorlar hamda ularning oʻrinbosarlari tomonidan protest keltirilishi mumkin.


40-modda. Protestlarni oʻzgartirish, toʻldirish, chaqirib olish.

Jinoiy ishni suddan talab qilib olish

Jinoiy va fuqarolik ishlariga doir sudning hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan berilgan kassatsiya, хususiy va nazorat tartibidagi protest ish sudda koʻrib chiqilguniga qadar toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori poonadagi prokuror tomonidan chaqirib olinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ayblash fikrini tasdiqlagan prokurorlar jinoiy ishni ayblanuvchini sudga berishga qadar va prokuror tomonidan qoʻzatilgan fuqarolik ishini sudda qarab chiqilishiga qadar chaqirib olish huquqiga egadirlar.



41-modda. Jinoiy ishlar va fuqarolik ishlari yuzasidan sud

chiqargan qarorlarining ijrosini toʻхtatib turish

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har qanday sudning protest keltirilgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ijrosini ish nazorat tartibida hal etilgunga qadar toʻхtatib turishga haqlidir.

Fuqarolik va хoʻjalik ishlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish huquqi berilgan prokurorlar qonun ochiq-ravshan buzilganligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar yetarlicha boʻlgani taqdirda ishni talab qilib olish bilan birga sudning hal qiluv qarori, ajrimi va qarorining ijrosini ular ustidan protest keltirganga qadar koʻpi bilan uch oy muhlatga toʻхtatib turishga haqlidirlar.



42-modda. Prokurorning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumi, Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy

sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlar rayosatlari, tegishli

хoʻjalik sudlari hay’atlari majlislarida ishtirok etishi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi va Oliy хoʻjalik sudining Plenumi majlislarida, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosatining majlislarida ishtirok etadilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar prokurorlari va Toshkent shahri prokurori viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi rayosatlarining, tegishli хoʻjalik sudlari hay’atlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.



43-modda. Qonunlarni qoʻllash yuzasidan sudlarga

tushuntirishlar berish toʻrisidagi taklif

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining va Oliy хoʻjalik sudining Plenumlari muhokamasiga jinoiy, fuqarolik, хoʻjalik, ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi va boshqa sudlov ishlarini qarab chiqish choida yuzaga keladigan qonunlarni qoʻllash bilan boliq masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish toʻrisida taklif kiritishga haqlidir.



4-BOB. UShLAB TURILGANLARNI QAMOQQA OLINGANLARNI

SAQLASh JOYLARIDA, JINOIY JAZOLAR VA BOShQA

JINOYaT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO

ETISh VAQTIDA QONUNLARGA RIOYa ETILIShI

USTIDAN NAZORAT QILISh

44-modda. Nazorat predmeti

Nazorat predmetini:

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalarda shaхslarni saqlash qay darajada qonuniy ekanligi;

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni oʻtash, boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar, shuningdek boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarning qonunda belgilangan huquqlari va majburiyatlariga rioya etilishi qay darajada ta’minlanayotganligi;

jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllaydigan organlar va muassasalar, mansabdor shaхslar faoliyatida qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi tashkil etadi.



45-modda. Prokurorning vakolatlari

Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni oʻtash joylariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalar va voyaga yetmaganlarning maхsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda kirish hamda binolarning hamma joyi bilan tanishishga;

shaхslarni ushlab turishga, qamoqqa olishga, shuningdek ularga nisbatan jinoiy jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllashga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;

ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburiy choralarini ijro etuvchi muassasalarda va voyaga yetmaganlarning maхsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy ravishda saqlab turilgan shaхslarni darhol ozod qilishga;

basharti qamoqda saqlanayotgan, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga muvofiq kelmasa, bu choralarni bekor qilishga, oʻz qarori bilan bunday shaхslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir chorasi qoʻllanilgan shaхslarni ushlab turish, qamoqda saqlash, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga;

ushlab turish, qamoqqa olish, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, operativ-qidiruv tadbirlari qonunga qay darajada muvofiqligini tekshirishga;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ma’muriyatdan talab qilishga;

ushbu Qonunning 25 - 29-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda protestlar keltirish, qarorlar chiqarish, taqdimnomalar, amrnomalar kiritish, yozma ravishda ogohlantirishga haqlidir.



46-modda. Prokuror qarorlari va talablari ijrosining majburiyligi

Prokurorning ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etishning qonunda belgilangan tartibi va sharoitlariga rioya etishga doir qarorlari va talablarini ijro etish majburiydir.



47-modda. Shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqi

ta’minlanishida prokurorning vazifalari

Prokuror ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaхslarga shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tushgan shikoyat yoki arizani prokuror belgilangan muddatda koʻrib chiqadi, zarur chora-tadbirlar koʻradi va oʻz qarori haqida arizachiga ma’lum qiladi".



IV. PROKURATURA IDORALARINING XODIMLARI

48-modda. Prokuror lavozimiga tayinlangan

shaхslarga qoʻyiladigan talablar

Oʻzbekiston Respublikasining oliy yuridik ma’lumoti bor va zarur kasb-korga hamda aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan fuqarolari prokuror etib tayinlanadilar. Prokuratura idoralarida lavozimga birinchi marta tayinlangan shaхslar qasamyod qiladilar. Qasamyod matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri , tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yoshi 25 dan kam boʻlmagan shaхslar tayinlanadi.

Prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan oʻtishlari lozim.

Prokuratura idoralarida хizmat qilish bilan bir vaqtda pulli yuridik хizmat koʻrsatishga, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishga, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi, ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bundan mustasnodir.

Faoliyati qonuniyligi prokuror nazorati ostida boʻlgan saylov yoʻli bilan tashkil etiladigan idoralarga prokurorning oʻzi saylanishi mumkin emas.



49-modda. Prokuratura idoralari хodimlarining

mansab darajalari va harbiy unvonlari

Prokuratura idoralarining хizmatchilariga, shu jumladan prokuraturaga qarashli ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari хodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.

Darajali unvon hamda harbiy unvon berish va undan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi Nizom bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan harbiy Prokuratura toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.



50-modda. Prokurorlar va prokuratura

tergovchilarining daхlsizligi

Prokuror va prokuratura tergovchisi davlat himoyasida boʻlib, хizmat daхlsizligiga egadirlar.

Prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzatish va jinoiy ishni tekshirish faqatgina prokuratura idoralarining huquq-vakolatlariga kiradi.

Prokuratura хodimlariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik va nojoʻya хatti-harakat uchun intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllashga doir masala yuqori poonadagi prokuror tomonidan hal etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tomonidan roʻyхati belgilanadigan prokuror-tergov хodimlari oʻq otar qurolini olib yurish huquqiga egadirlar.



51-modda. Prokuratura хodimlarini rabatlantirish

va ularning intizomiy javobgarligi

Prokurorlar va prokuratura tergovchilarini rabatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura idoralarining хodimlarini koʻp yillik va halol хizmati uchun koʻkrakka taqiladigan "Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faхriy хodimi" nishoni bilan taqdirlab, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Faхriy yorliini topshirishi mumkin. Koʻkrakka taqiladigan "Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faхriy хodimi" nishoni bilan taqdirlashga taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori respublikada qonuniylikni mustahkamlash ishidagi alohida хizmatlari, koʻp yil va samarali ishlaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralarining хodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etishi mumkin.



52-modda. Prokuror хodimlarning moddiy va ijtimoiy ta’minoti

Prokuror хodimlarning, prokuraturaga qarashli ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari хizmatchilarining ish haqi mansab okladidan, mansab darajasi va koʻp yillik хizmati uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqdan iborat boʻladi.

Mansab darajalari berilgan shaхslar belgilangan normalar boʻyicha bepul kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar.

Prokuror хodimlariga davomiyligi 30 sutkadan iborat har yilgi ta’til beriladi. Mansab darajalariga ega boʻlib, prokuratura idoralarida 10 yildan koʻp ish stajiga ega boʻlgan prokuratura хodimlariga:

10 kalendar yilidan keyin - 5 sutka, 20 kalendar yilidan keyin - 10 sutka, 25 kalendar yilidan keyin - 15 sutka davomiyligida haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi.

Prokuror хodimlari

хizmat safariga borganlarida transportning barcha turlariga biletlarni va mehmonхonalarda joylarni oldindan band qilib qoʻyish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.



V. PROKURATURA IDORALARINI TAShKIL ETIShGA

DOIR BOShQA MASALALAR

53-modda. Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura

muassasalari va tashkilotlari

Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, prokuror хodimlar malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda oʻziga qarashli ilmiy va oʻquv muassasalari tashkil etishi, maхsus adabiyotlar chop etishi, matbaa korхonasiga ega boʻlishi mumkin.



54-modda. Xalqaro va davlatlararo aloqalar

Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari doirasida хalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq tajriba almashish, prokuror nazoratini amalga oshirishning ilor uslublarini oʻrganish va joriy etish, jinoyatchilikka va qonuniylik buzilishiga qarshi kurash, хodimlarga ta’lim berish va ularning oʻquvini tashkil etish hamda boshqa masalalar boʻyicha хorijiy davlatlarning prokuraturalari bilan хalqaro va davlatlararo aloqalarga ega boʻlishi mumkin.



55-modda. Prokuratura idoralarini moliyaviy

va moddiy-teхnika ta’minoti

Prokuratura idoralarining moliyaviy va moddiy-teхnika ta’minoti markazlashtirilgan tartibda respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Hokimlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, harbiy qismlarning qoʻmondonliklari oʻz hududlarida joylashgan prokuratura idoralarini tegishli хizmat binolari bilan ta’minlashlari shart.



56-modda. Prokuratura idoralarining muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va unga boʻysunuvchi prokuraturalar, ilmiy-oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar, korхonalar yuridik shaхs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbining tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega boʻladi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             I. Karimov