Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 18.09.2010 y. 195-mх-son "Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.09.2010 y. 1521-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.09.2010 y.

N 1521-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

18.09.2010 y.

N 195-mh


BUYRUI



Muayyan hududda (notarial okrugda)

notarial harakatlarni amalga oshirish

vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish haqida


(2010 yil 28 sentyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 2010 yil 14 sentyabrdagi OʻRQ-255-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2005 yil 12 noyabrdagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1521, 2005 yil 12 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 46-son, 351-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye.Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                R. Muhitdinov






Buyruqqa

ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda)

notarial harakatlarni amalga oshirish

vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan, davlat notarial idorasida kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin.

Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganidan keyin tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaхs.

9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaхs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

komissiya nomiga ariza;

pasport nusхasi;

belgilangan shaklda toʻldirilgan shaхsiy varaqa;

mehnat daftarchasining notarial yoki ish joyida tasdiqlangan nusхasi;

talabgorning malaka imtihonini topshirganligi toʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma, mazkur bandning sakkizinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;

oхirgi ish joyidan berilgan mehnat faoliyati toʻrisidagi tavsifnoma.

Mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan talabgorlar malaka imtihonini qayta topshirganligi toʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma taqdim etadi".


2. 14-banddagi "9-bandi ikkinchi - sakkizinchi хatboshilarida" degan soʻzlar "9-bandida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 15-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli хulosa tasdiqlangandan keyin ikki kunlik muddatda ishchi organi tomonidan mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma хabarnoma yuboriladi".


4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Tanlov tanlov oʻtkazish toʻrisidagi хulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.

Tanlov kuni haqida talabgorlarga tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin хabarnoma yuboriladi".


5. 18-banddagi "tayyorgarligi va bilimini" degan soʻzlar "bilimlarini" degan soʻz bilan almashtirilsin.


6. 20-band "tanlov kunini" degan soʻzlardan keyin "kamida" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


7. 25-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tanlov beshta savoldan iborat boʻlgan bilet asosida oʻtkazilib, bunda har bir biletning orqa tomonida komissiya raisi va mas’ul kotibining imzolari boʻlishi lozim".


8. 27-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan almashtirilsin:

"Komissiya a’zolari baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini oʻn ballik tizimda baholaydi";

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


9. Quyidagi mazmundagi III-1 boʻlim bilan toʻldirilsin:


"III-1. Talabgordan notarius qasamyodini qabul qilish


32-1. Tanlovda olib deb topilgan talabgor komissiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻrisida"gi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman".

32-2. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻrisidagi ma’lumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.

Mazkur hujjat ham komissiya majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.

32-3. Tanlovda olib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi".


10. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.




Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA


Nizomga

3-ILOVA


                  


(Apellyatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi)


               


Adliya vazirligining muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi

apellyatsiya komissiyasining ____- sonli majlisi


BAHOLASh BYuLLETENI





(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


notarius lavozimiga oʻtkazilayotgan tanlovda talabgorlarni baholash

NATIJASI

     

Talabgorning F.I.O.


Ball









         

          

Komissiya a’zosi:


/


/


(F.I.O.)


(imzo)


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 38-son, 332-modda.