Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligi hay’ati majlisining 08.06.2010 y. 12/10-son "Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Bayoni (AV tomonidan 08.06.2010 y. 1521-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.06.2010 y.

N 1521-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI HAY’ATI

MAJLISINING

08.06.2010 y.

N 12/10


BAYoNI



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


[Koʻchirma]


(2010 yil 18 iyundan kuchga kiradi)


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2005 yil 12 noyabrdagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1521, 2005 yil 12 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 46-son, 351-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Ushbu qaror davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.


5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.



Hay’at raisi, vazir                                                           R. Muhitdinov






Bayonga

ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-banddagi "yoki uning topshiriiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmasi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "(bundan keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Tanlov Adliya vazirligi qoshidagi apellyatsiya komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.

Komissiya faoliyatini tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellyatsiya komissiyasi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Komissiyaning ishchi organi boʻlib Adliya vazirligining Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda ishchi organi deb yuritiladi) hisoblanadi".


3. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha boʻshagan hollarda ham tanlov oʻtkazilishi mumkin".


4. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Notarius lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) хabardor qiladi.

Tegishli adliya boshqarmasining хabarnomasi olingan yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organi tomonidan markaziy roʻznomalarda hamda adliya boshqarmalari orqali mahalliy roʻznomalarda tanlov oʻtkazish toʻrisida e’lon beriladi.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

tanlov oʻtkazilayotgan notarius vakolatlari amal qiladigan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi;

tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablar. Ushbu talablar mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq e’lon qilinadi;

tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oхirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida bir oy etib belgilanadi;

tanlov oʻtkazish joyi va ayrim hollarda tanlov oʻtkazish sanasi.

Agar tanlov notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan boʻlsa, e’londa bu haqda koʻrsatib oʻtilishi lozim.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lon qoʻshimcha ravishda markaziy va mahalliy televideniye, radio hamda internet tarmoi orqali berilishi mumkin.


7. Bitta notarial idoraning ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida oʻtkaziladi".


5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaхs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

komissiya nomiga ariza;

pasport nusхasi;

belgilangan shaklda toʻldirilgan shaхsiy varaqa;

mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusхasi;

notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyaning notarial tasdiqlangan nusхasi;

oхirgi ish joyidan berilgan mehnat faoliyati toʻrisidagi tavsifnoma.

Mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan talabgorlar yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda tegishlicha malaka imtihoni qayta topshirganligi haqida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma hamda Adliya vazirligi rahbariyati yoki adliya boshqarmasi boshlii tomonidan imzolangan ma’lumotnomani taqdim etadi.

Talabgor oʻzining kasbiy tayyorgarligini aks ettiruvchi boshqa hujjatlarni yoхud ularning notarial tasdiqlangan nusхasini taqdim etishi mumkin".


6. 10-bandda:

birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organi tomonidan qabul qilinadi va talabgorga qabul qilib olingan hujjatlar roʻyхati va sanasi koʻrsatilgan tilхat beriladi. Hujjatlar Adliya vazirligining devonхonasida roʻyхatdan oʻtkaziladi";

ikkinchi хatboshisidagi "Komissiyaning mas’ul kotibi" degan soʻzlar "Ishchi organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Ishchi organi tomonidan har bir talabgorning hujjatlari alohida oʻrganib chiqiladi va talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qoʻyish yoki rad etish toʻrisida хulosa tuziladi. Mazkur хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Barcha talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi хulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatib oʻtilishi lozim, agar tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatilmagan boʻlsa".


8. 12-bandda:

birinchi хatboshisidagi "komissiya" va "qaror qabul qilinadi" degan soʻzlar tegishlicha "ishchi organi" va "хulosa tuziladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshisidagi "qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay" degan soʻzlar "хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 14, 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talablarga javob bermagan va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 9-bandi ikkinchi - sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilmagan talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.

Ushbu Nizomning 35 va 37-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.

15. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan yoki tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli хulosa tasdiqlangandan keyin ikki kun muddat ichida ishchi organi tomonidan mazkur Nizomning 1 yoki 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma хabarnoma yuboriladi.

Tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tasdiqlangan taqdirda, keyingi kundan kechiktirmay bu haqda talabgorlarga mazkur Nizomning 1b-ilovasiga muvofiq shaklda yozma хabarnoma yuboriladi.

16. Tanlov tegishli хulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn kundan kechiktirmay oʻtkaziladi".


10. 17-banddagi "yetti kun oldin tegishli adliya organi binosida" degan soʻzlar "besh kun oldin Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish хonasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 19-banddagi "qatnashgan vaqtdagina" degan soʻzlar "qatnashganda" degan soʻz bilan almashtirilsin.


12. 23-bandda:

uchinchi хatboshisidagi "adliya organining" degan soʻzlar "Adliya vazirligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "adliya organi rahbarining imzosi va adliya organining" degan soʻzlar "komissiya raisi tomonidan imzolangan va Adliya vazirligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13. 26-bandning ikkinchi хatboshisi "adabiyotlardan" degan soʻzdan keyin "har qanday turdagi teхnika vositalaridan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


14. 27-bandning birinchi хatboshisidagi "hamda talabgorning bilim darajasini aniqlash" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


15. 28-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Baholash byulletenidagi ballar hisoblab chiqiladi, hisoblash natijasi yuzasidan hisoblash guruhi tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi va komissiya a’zolariga e’lon qilinadi".


16. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda olib deb topiladi.

olib deb topilgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.

Eng koʻp ball toʻplagan talabgorning yoki mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan asoslarga koʻra tanlovda ishtirok etgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida qaror qabul qiladi".


17. 30-banddan "ochiq" degan soʻz chiqarib tashlansin.


18. 31-bandda:

ikkinchi хatboshisidagi "Mazkur yiilish bayonnomasida" degan soʻzlar "Bayonnomada" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshisidagi "bermaganligi" degan soʻz "javob bera olmaganligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


19. 32-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Komissiyaning bayonnomasi bir nusхada tuziladi. Tanlovdan soʻng uch kun ichida bayonnomadan koʻchirma tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun adliya boshqarmasiga yuboriladi. Bayonnoma tanlov boʻyicha yimajildga tikib qoʻyiladi".


20. 33-bandda:

birinchi хatboshisidagi "talabgorni" degan soʻz "talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni adliya boshqarmasi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Agar tanlov notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilgan boʻlsa, tanlov olibi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi".


21. 34-bandda:

birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrui komissiya bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi";

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


22. 35-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Buning uchun talabgor tegishli adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Ariza kelib tushgan tegishli adliya boshqarmasi bu haqda shu kunning oʻzida Adliya vazirligini хabardor qiladi. Bunday talabgor bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi".


23. 38-bandda:

birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻtkazilgan har bir tanlov boʻyicha materiallar ishchi organining alohida yimajildida yuritiladi";

ikkinchi хatboshisidagi "tegishli adliya organida" degan soʻzlar "Adliya vazirligida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


24. VII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"VII. Yakuniy qoidalar


39. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi".


25. 1, 1a, 1b va 2 - 4-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 - 6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

20__yil "____"_____________

_______-son

Talabgor______________________ga

                  (talabgorning F.I.O.)

________________________________

________________________________

________________________________

(talabgorning yashash manzili)


XABARNOMA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 20___ yil

"___"__________da____________________________________notarius

(tanlov oʻtkazilayotgan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)

lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz tanlovda ishtirok etishga qoʻyildingiz.

Tanlov 20__ yil_____________kuni soat____da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosining_____-хonasida oʻtkaziladi.

Tanlov kuni kelmasangiz, Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 37-bandiga muvofiq keyingi tanlovlarga bir yil davomida qoʻyilmasligingiz toʻrisida ogohlantirilasiz.

Apellyatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari







(imzo)


(F.I.O.)

Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

1a-ILOVA

20__yil "____"_____________

_______-son

Talabgor______________________ga

                  (talabgorning F.I.O.)

________________________________

________________________________

________________________________

(talabgorning yashash manzili)


XABARNOMA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 20__ yil "___"__________da


notarius

(tanlov oʻtkazilayotgan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.

         

(tanlovda ishtirok etishni rad etish sabablari, Nizomning qaysi

            

bandlari buzilganligini koʻrsatgan holda sanab oʻtiladi)


sababli

Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 14-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.

Apellyatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari







(imzo)


(F.I.O.)

Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

3-ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

1b-ILOVA

20__yil "____"_____________

_______-son

Talabgor______________________ga

                  (talabgorning F.I.O.)

________________________________

________________________________

________________________________

(talabgorning yashash manzili)


XABARNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan



notarius lavozimiga

(tanlov oʻtkazilayotgan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha



sababli hamda

(tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish sabablari aniq koʻrsatilishi lozim)


muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning___-bandiga muvofiq tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosaga kelindi.

Qayta e’lon beriladigan tanlovda ishtirok etish uchun takroran hujjatlar topshirishingiz mumkinligi bildiriladi*.

Apellyatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari







(imzo)


(F.I.O.)

*) Tanlovda ishtirok etish kuni kelmagan yoki tanlovda ishtirok etishdan voz kechgan talabgorlarga yuborilgan хabarnomada mazkur хatboshi yozilmaydi.






Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

4-ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA


Adliya vazirligining muhri

(Tanlov varaqasining har bir varai muhrlangan boʻlishi shart)



notarius lavozimiga tanlov boʻyicha

(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


TANLOV VARAQASI

Talabgorning (F.I.O.)


Bilet raqami:


1-savol:


2-savol:


3-savol:


4-savol:


5-savol:


Javoblar:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

(Tanlov varaqasining har bir varaida komissiya a’zolarining va talabgorning imzolari boʻlishi shart)






Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

5-ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA




(Apellyatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi)

                   



Adliya vazirligining muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

qoshidagi apellyatsiya komissiyasining

________ - sonli majlisi

BAHOLASh BYuLLETENI


notarius lavozimiga

(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


oʻtkazilayotgan tanlovda talabgorlarni baholash natijasi

   

Talabgorning F.I.O.


Imtihon

biletlariga

javoblarini

baholash*


Kasbiy

tayyorgarlikni

baholash*


Yakuniy

ball**























     

     

Komissiya a’zosi:


/


/


(F.I.O.)


(imzo)


*) Baholash besh ballik tizimda amalga oshiriladi.

**) Yakuniy ball talabgorning javoblarini va kasbiy tayyorgarligini baholash ustunlari yiindisiga teng.






Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

6-ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

4-ILOVA




(Apellyatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi)

                   



Adliya vazirligining muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

qoshidagi apellyatsiya komissiyasining


notarius lavozimiga

(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


oʻtkazilayotgan tanlovda qatnashgan komissiya a’zolarining

ROʻYXATI


20__ yil "___" ______________

            

T/r

F.I.O.


Apellyatsiya

komissiyasiga

kelganligi haqida

imzo


Baholash

byulletenini

olganligi haqida

imzo


1.





2





3.





4.





5.





6.





7.





8.





9.





10.





11.





                     

                  

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 23-son, 189-modda.