Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 19.04.2010 y. 79-mх-son "Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.04.2010 y. 2098-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.04.2010 y.

N 2098




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

19.04.2010 y.

N 79-mh


BUYRUI



Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar

yiinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan

notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2010 yil 15 maydan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 2-son, 42-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari mazkur buyruq kuchga kirgunga qadar tegishli shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) bilan Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani qoʻllash masalalariga baishlangan seminarlar oʻtkazsin.


5. Mazkur buyruq 2010 yil 15 maydan boshlab kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 1997 yil 28 apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisida qoʻllanma" oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                        R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 16-son, 127-modda.