Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligi hay’atining 08.11.2006 y. 28-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 08.11.2006 y. 1637-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.11.2006 y.

N 1637




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI HAY’ATINING

08.11.2006 y.

N 28


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga notarial

faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi

litsenziya berish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(2006 yil 18 noyabrdan kuchga kiradi)


Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani berish, litsenziya berishni rad etish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyani amal qilishini toʻхtatib turish va qayta tiklash, tugatish hamda bekor qilishni yanada takomillashtirish maqsadida hamda "Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, Adliya vazirligi hay’ati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari:

mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etishni;

notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani berish malaka komissiyalarining qarorlari asosida berilishini ta’minlasinlar.


3. Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (I.I. Yusubjonov):

joriy yilning noyabr-dekabr oylarida mazkur Nizomni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan adliya boshqarmalari qoshidagi malaka komissiyalari a’zolari ishtirokida seminar mashulotlari oʻtkazishni;

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan mazkur Nizom talablarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borishni ta’minlasin.


4. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (S.U. Sattarov) ushbu hay’at qarorini davlat roʻyхatidan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (U.T. Ayubov) ushbu hay’at qarorini "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etishni ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 1997 yil 28 aprel 33-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi toʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye.S. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.



Hay’at raisi, vazir                                                    B. Mustafoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 45-son, 450-modda.