Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.07.2004 y. 343-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.07.2004 y.

N 343



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa

VAZIRLIGI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


"Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi hamda Adliya vazirligiga qoʻshimcha funksiyalar yuklanishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 27 avgustdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi Nizomga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

a) II boʻlim 7-bandning 8-kichik bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan davlat mablalarini ular oʻrtasida taqsimlaydi";

b) III boʻlim 9-bandning 28-kichik bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻхtatib turish yoki toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilish".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 29-son, 334-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 7, 71-modda.