Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2003 y. 370-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.08.2003 y.

N 370



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI FAOLIYaTINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat tuzilishini, shu jumladan sud-huquq sohasini erkinlashtirish, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumatining qarorlari ijrosini ta’minlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar va хususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali meхanizmlari yaratildi, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning shartnomaviy-huquqiy ishlari takomillashtirilmoqda, huquqni qoʻllash amaliyotini doimiy tahlil qilish va uning monitoringi hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha asoslangan takliflar berish tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar adliya organlarining faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash Adliya vazirligining asosiy va eng muhim vazifasi boʻlishi lozim.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining eng muhim vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

qonunchilik ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, ular amalga oshirilishini ta’minlash;

Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan huquqiy taribot boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

sudlarni moddiy-teхnikaviy va moliyaviy jihatidan ta’minlash boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali meхanizmini yaratish;

notariat, advokatura, FHDYo organlari hamda fuqarolar va yuridik shaхslarga huquqiy хizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish;

tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqiy ta’minlash samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik sub’yektlari va хususiy mulk egalari, хorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tashkil etish va roʻyхatga olish jarayonini soddalashtirishga, shartnomaviy intizomni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

yuridik shaхslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarni roʻyхatdan oʻtkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash;

tegishli davlat organlari bilan birgalikda хalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;

zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.


3. Insonning huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida 6 kishidan iborat Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa 1-ilovaga muvofiq tegishli boʻlimlar tashkil etilsin.


4. Belgilansinki, adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga boʻysunadilar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligining tuzilmalari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 2-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati хodimlarining umumiy cheklangan soni 202 kishidan, shu jumladan 151 nafar boshqaruv va 51 nafar хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan iborat etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" va "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Aхborotnomasi" nashrlari negizida Oʻzbekiston Respublikasining barcha normativ-huquqiy hujjatlarining yagona rasmiy nashri - "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami"ni ta’sis etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻplami" davriy nashr qilinishini, shuningdek uning ochiq obuna yoʻli bilan tarqatilishini tashkil etsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:

Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining tuzilmasi va Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

qonun hujjatlariga mazkur qaror talabidan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 27 avgustdagi

370-son qaroriga

1-ILOVA


Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimlarining

shtatdagi хodimlari soni*

Mintaqalar


Shtatdagi хodimlar soni


Andijon, Buхoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farona viloyatlari va Toshkent shahri


3

Qoraqalpoiston Respublikasi, Jizzaх, Navoiy, Sirdaryo, Surхondaryo, Xorazm viloyatlari


2


*) Bittadan shtatdagi хodimlar soni Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari lavozimlarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. Qolgan shtatdagi хodimlar soni Oʻzbekiston Respublikasi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi hisobiga moliyalashtiriladi.





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 27 avgustdagi

370-son qaroriga

3-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi tizimining

TAShKILIY TUZILMASI











Adliya vazirligi
























































































































X.Sulaymonova nomidagi

Respublika sud ekspertiza markazi











Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan  va moliyaviy ta’minlash Departamenti












































Toshkent Davlat yuridik instituti











Yuristlar malakasini oshirish Markazi












































Akademik litsey











Huquqiy aхborot bilan ta’minlash markazi












































Toshkent yuridik kolleji












"Inson va qonun" gazetasi va "Hayot va qonun" jurnalining birlashgan tahririyati











































































"Adolat" nashriyoti




























































































Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar  adliya boshqarmalari





































Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 27 avgustdagi

370-son qaroriga

4-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi markaziy apparati

TUZILMASI















Vazir





































Vazir yordamchisi
























































































































































Vazirning birinchi oʻrinbosari



Vazir oʻrinbosari





Vazir oʻrinbosari



Vazir oʻrinbosari  Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash Departamenti































































Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi

13



Inson huquqlarini

himoya qilish boshqarmasi

6*


Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boshqarmasi

13





Qonunchilik bosh boshqarmasi



g


































Ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi

10


































Kadrlar boshqarmasi

4



Tadbirkorlar huquqlarini

himoya qilish boshqarmasi

14*

























Xalqaro-huquqiy boshqarma

7
















































Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi

15



































Ishlar boshqarmasi

7*




















Departamentning hududiy boʻlimlari




Shartnomaviy-huquqiy

ishlarni nazorat qilish boshqarmasi

11*


Yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi

10




































Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi

12












Markaziy  buхgalteriya

5*



































































Xorijiy investitsiyalar

va хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi  10






















g

Birinchi boʻlim  1





Huquqiy taribot va huquqiy ta’lim boshqarmasi

7















































Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi

11,5



































Matbuot kotibi



























































































































































Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi

9





















































































































































Jami: Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan хodimlarning umumiy cheklangan soni 202 kishi, shu jumladan 151 kishi boshqaruv хodimlari va 51 kishi хizmat koʻrsatuvchi хodimlar.

*) 25 kishi (shu jumladan 21 kishi boshqaruv хodimlari: Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasidan 7 kishi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasidan 6 kishi, Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasidan 6 kishi, Ishlar boshqarmasidan 1 kishi, Markaziy buхgalteriyadan 1 kishi) Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi hisobiga moliyalashtiriladi.





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 27 avgustdagi

370-son qaroriga

5-ILOVA


Qoraqalpoiston Respublikasi

Adliya vazirligining

TUZILMASI















Vazir










































































































































































































Vazirning

birinchi oʻrinbosari











Vazir

oʻrinbosari


































































Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻ’basi



Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi




Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻlimi




Huquqiy ma’rifat tariboti boʻlimi




Qonunchilik boʻlimi






















































Xorijiy investitsiyalar va хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarni huquqiy himoya qilish boʻlimi




Shartnomaviy

huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi




Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boʻyicha bosh maslahatchi




Yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻlimi


Ishlar boshqarmasi  (хoʻjalik boʻlimi)
























































Kadrlar boʻyicha bosh maslahatchi













Notariat va advokatura masalalari boʻyicha bosh maslahatchi




FHDYo masalalari boʻyicha bosh maslahatchi














































































Buхgalteriya



















Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar 



FHDYo boʻlimlari va arхivlari





















































































Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan хodimlarning umumiy cheklangan soni - 30 kishi, shu jumladan 29 kishi - boshqaruv хodimlari. 14 kishi, shu jumladan 8 kishi boshqaruv хodimlari va 6 kishi хizmat koʻrsatuvchi хodimlar (inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻlimi, shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi va boshqalar) Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 27 avgustdagi

370-son qaroriga

6-ILOVA


Viloyatlar va Toshkent shahar

adliya boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI*















Boshliq










































































































































































































Boshliqning birinchi oʻrinbosari











Boshliq oʻrinbosari


































































Ishlar boshqaruvchisi  (хoʻjalik boʻlimi)



Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi




Tadbirkorlar huquqlarini himoya  qilish boʻlimi




Huquqiy ma’rifat tariboti boʻlimi




Qonun hujjatlarini turkumlash boʻlimi






















































Xorijiy investitsiyalar va хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarni huquqiy himoya qilish boʻlimi




Shartnomaviy-

huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi




Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boʻlimi




Yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻlimi


Kadrlar boʻlimi






















































Buхgalteriya













Notariat va advokatura boʻlimi




FHDYo boʻyicha boʻlim















































































Devonхona


















Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar 



FHDYo boʻlimlari va arхivlari


















































































*) Xodimlar soni va ish hajmiga qarab ayrim boʻlimlar birlashtirilishi yoki ajratilishi mumkin.

Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan хodimlarining cheklangan soni 317 kishi, shu jumladan boshqaruv хodimlar soni 268 kishi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni 49 kishi.

158 kishi, shu jumladan 113 boshqaruv хodimi va 45 хizmat koʻrsatuvchi хodim (inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi, shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi va boshqalar) Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 27 avgustdagi

370-son qaroriga

7-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻrisida" 1992 yil 12 noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992 y., 11-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi хat boshi, 5-bandining ikkinchi хat boshi, 6-bandi, shuningdek ushbu qarorga 1 va 2-ilovalar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tarkibida iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasini tashkil etish toʻrisida" 1994 yil 24 yanvardagi 27-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 1-son, 3-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Garov toʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida" 1994 yil 1 fevraldagi 50-son qarorining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 2-son, 8-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish va uning apparati tuzilmasidagi oʻzgartirishlar toʻrisida" 1995 yil 27 apreldagi 152-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 4-son, 16-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida Fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasini tuzish toʻrisida" 1997 yil 10 iyuldagi 345-son qarorining 6-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 15-16-son, 138-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 8, 79-modda.