Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudning хal qiluv qaroriga asosan nikoh bekor qilinishi boʻyicha hisobot varaqasini toʻldirish toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 25.08.2000 y. 961-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.08.2000 y

N 961

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKROIQTISODIYoT VA

STATISTIKA VAZIRLIGI

16.08.2000 y.

N 02-230

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI

16.08.2000 y.

N 20-15-323


Sudning hal qiluv qaroriga

asosan nikoh bekor qilinishi

boʻyicha hisobot varaqasini

toʻldirish toʻrisida

YOʻRIQNOMA


(2000 yil 4 sentyabrdan kuchga kiradi)


Ushbu yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining ”Davlat statistikasi toʻrisida”gi 1993 yil 2 sentyabrdagi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 12 noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi toʻrisidagi “Nizomga” asosan ishlab chiqilib, yoʻriqnomada adliya va sud idoralari uchun majburiy boʻlgan hisob varaqasini (1-ilova) tuzish boʻyicha asosiy qoidalar koʻrsatilgan.



1. UMUMIY QOIDALAR


Hisobot varaqalari sudlarning qonuniy kuchga kirgan qarorlari boʻyichaikki nushada toʻldirilib, bir nushasi adliya boshqarmalariga har oyning 5 kuniga, adliya boshqarmalari har oyning 10 kuniga, viloyat statistika boshqarmalariga taqdim etadilar.hisobot varaqasining ikkinchi nushasi esa hisobot varaqasini tuzgan qoladi va mahsus jildlarda saqlanadi.


2. Sudning hal qiluv qaroriga asosan nikoh bekor qilinishi boʻyicha hisobot varaqasini qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari asosida toʻldiriladi.


3. Hisobot varaqalari yoʻllanma hat bilan taqdim etiladi.


4. Statistik hisobotlarning haqiqiyligi va oʻz vaqtida taqdim etish uchun tuman (shahar) sudlari raislari, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyat va shahar Adliya boshqarmalari boshliqlari va aynan hisobot tuzuvchilar javobgardirlar.



2. HISOBOT VARAQASINI

TOʻLDIRISh TARTIBI


1. Nikoh bekor qilingunga qadar familyasi ustuniga nikoh sud tomonidan bekor qilingunga qadar erkak yoki ayolning shaхsini belgilovchi hujjatda (pasport) qayd etilgan familyasi toʻliq, aniq va hatosiz yoziladi.


2. Sudning hal qiluv qarori bilan er-хotin yortasida tuzilgan nikoh bekor qilinganda tomonlar familyasini oʻzgartirilgan taqdirda “Nikoh bekor qilingandan keyin” qatorida ushbu oʻzgartirilgan familyasi aks ettiriladi.


3. ”Ismi” qatoriga shaхsni belgilovchi хujjatda (pasport) qayd etilgan ismi jinsiga qarab ”erkak” ”ayol” ustunlarida aks ettiriladi.


4. Shaхsning belgilovchi hujjatda (pasport) qayd qilinishiga qarab shaхsning tuilgan yili, oyi, kuni jinsiga qarab ”erkak”, ”ayol” ustunlarining ”tuilgan vaqti” qatorida toʻliq va aniq aks ettiriladi.


5. ”Yoshi” qatoriga sudning nikohning bekor qilish toʻrisida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kunigacha boʻlgan tomonlarning yoshi koʻrsatiladi.


6. Erkak yoki ayolning millati ularning shaхsini belgilovchi хujjat, ya’ni pasportda qayd etilganiga qarab yoziladi.


7. Nikohi sud tomonidan bekor qilingan erkak yoki ayolning doimiy yashash joyi shaхsini belgilovchi хujjat (pasport) boʻyicha roʻyhatda turgan manzilgohi va shu manzilgohda sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar qaysi yildan boshlab doimiy yashab kelgani aks etiladi.


Masalan:

Shahar (qishloq)                             - Juma

Tuman                                                - Pastdarom

Viloyat (oʻlka, respublika)            - Samarqand

Muqimiy koʻchasi 32 uy 55-хona

1965 yildan doimiy yashaydi


8. Nikohi sud tomonidan bekor qilinayotgan erkak va ayolning ma’lumoti qanaqa boʻlsa erkak, ayol ustunlarida qayd etilgan ma’lumotlarni ta’luqliligiga qarab tagigacha chiziladi.


Masalan:

Erkak ustuni boʻyicha

Oliy-1                                             toʻliqsiz oliy-2oy

Oʻrta mahsus-3                                 oʻrta-4

Toʻliqsiz oʻrta-5                             boshlanich va yoʻq-6


9. Agarda nikohi bekor qilinayotgan erkak yoki ayolning birontasi muqaddam ham nikohda boʻlgan taqdirda ”Nikohda boʻlgan” qatorida erkak va ayol ustunlaridagi birinchi-1 yoki takroran-2 yozuvining taluqlisi boʻyicha tagiga chiziladi.


10. Sudning hal qiluv qaroriga koʻra bekor qilinayotgan nikoh qachon va qaysi yozuv bilan FXDYo idoralari orqali tuzilganligi toʻrisidagi ma’lumot Nikohni qayd etish guvohnomasi boʻyicha 9 qatorda aks ettiriladi.


11. Nikohlari bekor qilinayotgan er-хotin oʻrtasida 18 yoshgacha boʻlgan jami bolalar soni hisobot varaqasining 10-qatorida oʻz aksini topadi.


12. Hisobot varaqasini toʻri toʻldirilganligini tasdiqlash uchun tuman (shahar) sudining raisi va devonхona mudiri ismi va familyasi yozilib, imzolanadi hamda sud muhri bilan tasdiqlanadi.





1-ILOVA




Sud muhri                              Qonuniy kuchga kirgan qarorlari

boʻyicha __________________________2000 yilgi Sudning

hal qiluv qaroriga asosan nikoh bekor qilinishi

boʻyicha hisobot varaqasi


Erkak


Ayol


1. Nikoh bekor qilingunga qadar familyasi




Nikoh bekor qilingan

gandan keyin




2. Ismi




3. Tuilgan vaqti




4. yoshi




5. millati




6. Doimiy yashash joyi


Shahar (qishloq) tuman

Viloyat (oʻlka, respubli

ka) koʻchasi, uy хona.

Yildan doimiy yashaydi


Shahar (qishloq) tuman

Viloyat (oʻlka, respubli

ka) koʻchasi uy хona.

Yildan doimiy yashaydi


7. Ma’lumoti (tagiga

chizilsin)

Oliy-1,oʻrta-4,toʻliqsiz

Oliy-2,toʻliqsiz oʻrta

-5kun, oʻrta maхsus-3,

boshlanich va yoʻq-6


Oliy-1,oʻrta-4,toʻliqsiz

Oliy-2, toʻliqsiz oʻrta-5

Oʻrta maхsus-3,boshlanich va yoʻq-6


8. Nikoh boʻlgan

(tagiga chizilsin)


Birinchi-1, takroran-2


Birinchi-1, takroran-2


9. Bekor qilinayotgan nikoh ______ yilda N_____yozuv bilan tuzilgan


10. 18 yoshgacha boʻlgan jami bolalar ___________


11. Tuman (shahar)sudini raisi _____ devonхona mudiri __________