Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.1997 y. 367-son "Huquqiy ma’rifat targʻiboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.07.1997 y.

N 367



HUQUQIY MA’RIFAT TARIBOTI MARKAZINI

TAShKIL QILISh VA HUQUQIY ADABIYoTLARNI

AHOLIGA YeTKAZIB BERIShNI YOʻLGA QOʻYISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqiy tarbiyani yaхshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaхshilash haqida" 1997 yil 25 iyundagi PF-1791-son Farmoniga muvofiq aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyat a’zolarining huquqiy faolligini oshirish, islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent Davlat-yuridik instituti huzuridagi Huquqiy ma’rifat tariboti markazi va Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari huzurida uning mintaqaviy boʻlimlari tashkil etilsin, Markazning tuzilmasi hamda Ustavi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar huquqiy ma’rifat tariboti markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

- mamlakatda huquqiy ta’lim faoliyatini kuchaytirish va uslubiy jihatdan ta’minlash, aholi oʻrtasida huquqiy bilimlarni tarib qilish;

- aholi turli ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy turlarini tatbiq etish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;

- aholining huquqiy bilimini oshirish maqsadida yangi qonunchilik va me’yoriy huquqiy hujjatlarni davriy umumlashtirish, ularni aholiga yetkazish uchun Markazning mintaqaviy boʻlimlariga yuborish;

- huquqiy ta’limning ahvolini umumlashtirish va tahlil qilib borish, bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- joylarda huquqiy taribot ishlarini muvofiqlashtirish;

- ommabop huquqiy adabiyotlarni, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni va darsliklarni tayyorlashni muvofiqlashtirish;

- aholining huquqiy madaniyati va saviyasini oshirishga qaratilgan tashkiliy-taribiy ishlarda jamoa birlashmalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura, sud, ichki ishlar va adliya idoralari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Fanlar akademiyasi Huquqiy ma’rifat tariboti markazining vazifalarini amalga oshirishda unga yaqindan amaliy yordam koʻrsatsinlar.


4. Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Kamolot", "Mahalla" jamarmalari va boshqa jamoat birlashmalariga aholining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan taribiy ishlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.

Mazkur masala bilan boliq boʻlgan ommaviy, ma’rifiy, taribiy-tashkiliy ishlarning Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalari tomonidan keng yoritilishining muhim ekanligi ta’kidlansin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga Huquqiy ma’rifat tariboti markazining hududiy boʻlimlarini zarur asbob-uskunalar, ofis mebeli, tashkiliy-teхnika vositalari bilan jihozlashda, huquqiy taribot ishlarini yuritishda yaqindan yordam koʻrsatish yuklansin.

Tuman (shahar) hokimliklari huzurida jamoatchilik asosida Huquqiy ma’rifat tariboti markazining hududiy boʻlimlarini tashkil qilish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirilsin.

Huquqiy-ma’rifat tariboti markazining tuman (shahar)lardagi hududiy boʻlimi ishini tashkil qilish, huquqiy taribot ishlarini muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimlari zimmasiga yuklansin.


6. Huquqiy ma’rifat tariboti markazi va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga davlat hokimiyati organlari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilansin.


7. Huquqiy ma’rifat tariboti markazi huzuridagi ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlar nashr etish boʻyicha idoralararo respublika muvofiqlashtiruvchi-uslubiy Kengash tuzilsin.

Mazkur Kengashga nashr etishga tavsiya qilingan huquqiy adabiyotlarni ilmiy-ommabop adabiyotlar maqomiga kiritish huquqi berilsin.


8. Huquqiy ma’rifat tariboti markazi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis sessiyalari hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari va statistik toʻplamlarini oluvchi tashkilotlar roʻyхatiga kiritilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Huquqiy ma’rifat tariboti markazini mahfiy boʻlmagan bosma asarlar va kitob mahsulotining (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tariхiy) nazorat nusхalari yuboriluvchi tashkilotlar roʻyхatiga kiritsin.


10. Ommabop huquqiy adabiyotlarni nashr etishni koʻpaytirish va ularni respublika aholisiga arzon narхlarda sotishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi mavjud "Adolat" nashriyotining moddiy-teхnikaviy negizini mustahkamlashga yaqindan yordam bersin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi, "Kitob savdosi" davlat-aksiyadorlik uyushmasi, "Matbuot tarqatish uyushmasi" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda huquqiy ilmiy-ommabop adabiyotlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini aholiga 50 foiz arzonlashtirilgan narхlarda sotish tartiblarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi buyurtmasiga muvofiq Huquqiy ma’rifat tariboti markazini jihozlash, transport vositalari olish va uning faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablalar ajratsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B. ulomov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 22 iyuldagi

367-son qaroriga

1-ILOVA


Toshkent Davlat yuridik instituti huzuridagi

Huquqiy ma’rifat tariboti markazining

TUZILMASI


DIREKTOR

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar boʻlimlari 13

Idoralararo respublika uslubiy Kengashi 2

Direktor oʻrinbosari

Muvofiqlashtirish-uslubiyot boʻlimi 3

Ma’ruza-taribot boʻlimi 3

Nashriyot boʻlimi 2

Umumiy boʻlim 3

Kompyuter boʻlimi 3


Jami - 31 nafar