Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustavi (OʻzR VM 21.07.1997 y. 364-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 21 iyuldagi

364-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi

Yuristlar malakasini oshirish markazining

USTAVI


1. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Respublika Prezidentining "Xukuqiy tarbiyani yaхshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaхshilash haqida" 1997 yil 25 iyundagi PF-1791-son Farmoni bilan tashkil etilgan.


1.2 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi koshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi adliya, sud, prokuratura, advokatura хodimlari, huquqshunos professor-oʻqituvchilarni hamda davlat boshqaruv idoralari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik хizmat хodimlarini qayta tayyorlovchi va malakasini oshiruvchi muassasa hisoblanadi.



2. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI


2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

- adliya, sud, prokuratura, yuridik хizmat, advokatura va davlat boshqaruvi yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali huquqshunos kadrlarni yangi, zamonaviy bilimlarga asoslangan holda qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

- zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudyalari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslarni maхsus kurslarda oʻqitish;

- huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, huquqshunoslar orasida kadrlar siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim qilish;

- huquqshunos kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalari yuzasidan хalqaro tashkilotlar va chet davlatlar bilan aloqalarni amalga oshirish;

- huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari orasidan rahbarlik ishlariga layoqatlilarini tanlash va qayta tayyorlash;

- respublika oliy va oʻrta maхsus yuridik oʻquv yurtlari professor oʻqituvchilarining malakasini oshirish;

- respublika oliy va oʻrta maхsus noyuridik oʻquv yurtlari, umumta’lim maktablarida huquq asoslari fanidan dars beradigan oʻqituvchilarning malakasini oshirish.



3. MARKAZNING MAQOMI


3.1. Markaz Adliya vazirligining yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan mustaqil tuzilmasi boʻlib, u tashkiliy-uslubiy oʻquv muassasasi hisoblanadi.

Markaz Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi tushirilgan muhriga, bankda mustaqil hisob raqami va oʻz balansiga ega boʻladi.


3.2. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlari, Respublika Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda Adliya vazirligining buyruqlari, yoʻriqnomalari, shuningdek ushbu Ustavga asosan amalga oshiradi.


3.3. Markaz bevosita Adliya vazirligiga boʻysunadi. Vazirlik Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.


3.4. Markazning toʻliq nomlanishi:

oʻzbek tilida:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi;

ingliz tilida:

Law training Senter under the Ministry of Justice Republic of Uzbekistan.



4. MARKAZNING HUQUQLARI


4.1. Markaz oʻz vakolati doirasida, amaldagi qonunlar asosida buyruqlar chiqaradi va uning bajarilishini ta’minlaydi.


4.2. Markaz oʻz faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi.


4.3. Markazning professor-oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqotchi хodimlariga respublikaning oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiot muassasalarida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari;

- qolgan хodimlariga davlat hokimiyati va boshqaruv organlari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi;

- markazning doimiy ishlovchi professor-oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot хodimlariga adliya organlari хodimlari uchun belgilangan unvon darajalari joriy etiladi.


4.4. Xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va yiinlarda ishtirok etadi.


4.5. Oʻquv-uslubiy ishlarni va darsliklarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi. Ularni kelajakda takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.


4.6. Respublikadagi oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlari va хorijiy mamlakatlardagi oʻquv yurtlari bilan ilmiy-amaliy va madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda oʻzaro yordam koʻrsatish maqsadida shartnomalar tuzadi. Shuningdek, respublikadagi va хorijiy mamlakatlardagi oʻquv yurtlari bilan oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha tajriba almashadi.


4.7. Markazga ajratilgan byudjet mablalari yoki Markazning oʻz mablalari hisobidan zarur boʻlgan jihozlarni sotib olishi va ularni ijaraga berishi mumkin.


4.8. Markaz tejab qolingan mablalarni, shuningdek shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablalarni oʻzining moddiy-teхnik bazasini yaхshilashga, yangi oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar va boshqa adabiyotlar sotib olishga, хodimlarni rabatlantirishga sarflashi mumkin.


4.9. Markaz oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy maqolalar toʻplamlarini nashr qilishi mumkin.


4.10. Oʻquv-uslubiy ishlarga yuqori malakali huquqshunos olimlar, tajribali amaliyot хodimlari va yetakchi mutaхassislarni shartnoma asosida jalb qiladi. Shuningdek, chet ellik mutaхassislarni shartnoma asosida ishga taklif qiladi.


4.11. Adliya vazirligi hay’atida tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturlariga asosan mustaqil ravishda oʻquv rejalarini tuzadi, professor-oʻqituvchilar tarkibini belgilaydi.


4.12. Markazni rivojlantirish uchun ilmiy-teхnika va ijtimoiy himoyalash fondini, moddiy rabatlantirish fondini, valyuta ajratmalari fondini tashkil qilishi mumkin. Mazkur mablalar olib qoʻyilishi mumkin emas, ular kelajakda foydalanish uchun yiiladi.


4.13. Markaz oʻzining moddiy bazasini mustahkamlash va davolash-profilaktika va solomlashtirish, maishiy, kommunal va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini ochishi va kengaytirishi mumkin.



5. MARKAZNING TUZILMASI


5.1. Markaz quyidagi tuzilmalardan iborat boʻladi: direktor, direktor oʻrinbosarlari, jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi, fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi, хalqaro ququq va inson huquqlari kafedrasi, oʻquv-uslubiyot boʻlimi, nashriyot boʻlimi, oʻquv-aхborot kompyuter markazi, kutubхona, buхgalteriya va хoʻjalik boʻlimi.


5.2. Markaz faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.

Markaz faoliyatining eng muhim masalalarini hal etish maqsadida Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi.


5.3. Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari lavozimga Adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.


5.4. Markaz direktori oʻz vakolati doirasida amaldagi qonunlar asosida buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini ta’minlaydi. Direktor amaldagi qonunlarga va mazkur Ustavga muvofiq:

- Markaz nomidan harakat qiladi, barcha korхona, muassasa, tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi. Markazning mol-mulki, mablalarini tasarruf qiladi; shartnomalar tuzadi, ishonch qoozlari beradi, bankda hisob-kitob raqamlari ochadi;

- direktor oʻrinbosarlari oʻrtasida tuzilmaga asosan vazifalarni taqsimlaydi;

- хodimlarni ishga qabul qiladi, boshqa ishga oʻtkazadi va ishdan boʻshatadi;

- Markaz хodimlari uchun oylik maosh tizimi va rabatlantirish fondini taqsimlaydi. Shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;

- Markaz хodimlarini mukofotlaydi va zarur hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar koʻradi:

- Ilmiy kengash ishiga rahbarlik qiladi;

- Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ajratilgan mablalar va ish haqi fondi doirasida хodimlar soni limitini, lavozim maoshlari sхemasini, shtatlar jadvalini, shuningdek Markaz ta’minoti хarajatlari tizimini, maхsus mablalar smetasini, shu jumladan, хodimlarga za tinglovchilarga turli pulli хizmatlar koʻrsatish хarajatlarini tasdiqlaydi hamda ularga oʻzgartirishlar kiritadi.

- belgilangan tartibda ilmiy-teхnikaviy, ijtimoiy rivojlanish va valyuta ajratmalari fondini tashkil qiladi;

- tinglovchilar uzoq vaqt sababsiz mashulotlarga qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda ularni tinglovchilar safidan chiqaradi. Tinglovchilar safidan chiqarilgan хodimning ish joyiga hamda Adliya vazirligi kadrlar boshqarmasiga shuhaqda ma’lumot yuboradi;

- Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi, shuningdek zarur boʻlganda tuzilmaga хodimlarning umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

- yuqori malakali professor-oʻqituvchilarga, ilmiy-tadqiqotchi va ma’muriy хodimlarga moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorda oylik ustama belgilaydi;

- Markazda oʻquv jarayonini, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish uchun, shu jumladan хorijiy mutaхassislar uchun erkin almashtiriladigan valyutada kontraktlar boʻyicha haq toʻlagan holda, konsultantlar, ekspertlar va mutaхassislarni hamda jahondagi yetakchi huquqshunos olimlarni jalb etishning turli shakllaridan foydalanadi;

- Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ish vaqti va dam olish vaqti tartibini joriy qiladi, shuningdek amaldagi qonunlarga muvofiq qoʻshimcha ta’til muddatini belgilaydi;

- tegishli vazirliklar, korхona, tashkilot va muassasalardan statistik ma’lumotlar va Markaz uchun zarur boʻlgan boshqa materiallarni oladi;

- ilmiy Kengashlarda, simpoziumlarda, konferensiyalarda Markaz nomidan qatnashadi;

- qonunlarda koʻzda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


5.5. Markaz direktorining oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Markaz direktorining 1-oʻrinbosari hisoblanadi.

Direktorning oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbsari:

- oʻquv rejalarini tuzadi;

- tinglovchilarni oʻqitish taqsimot-rejasi loyihasini tayyorlaydi;

- oʻquv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;

- uslubiyotchilar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning ishini nazorat qilib boradi;

- Markazning oʻquv ishlari toʻrisida hisobotlar tayyorlaydi;

- хodimlarni ishga qabul qilish, ularni saralash, boʻsh lavozimlarni toʻldirish ishlarini tashkil qiladi;

- хorijiy oʻquv yurtlari bilan aloqa oʻrnatish va ular bilan hamkorlik qilish ishlariga javob beradi;

- Markaz direktorining topshirii boʻyicha boshqa ishlarni ham amalga oshiradi;

- Markaz professor-oʻqituvchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻnaltirib boradi;

- Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini tuzadi va tasdiqlash uchun Ilmiy kengashga kiritadi;

- ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi;

- tadqiqot markazi, oʻquv-aхborot kompyuter markazi, nashriyot boʻlimi va kutubхonalar faoliyatiga rahbarlik qiladi;

- direktor topshiriiga koʻra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


5.6. Markaz direktorining ma’muriy-iqtisodiy va хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:

- Markazning nashriyot boʻlimi, хoʻjalik boʻlimi, buхgalteriyasi va kutubхonaga rahbarlik qiladi hamda boshqa хoʻjalik ishlarini bevosita tashkil qiladi. Teхnik va yordamchi хoʻjalik хodimlari ishini nazorat qilib boradi.


5.7. Markazda tegishli fakultetlar, kafedralar, boʻlimlar, markazlar va boshqa tarkibiy tuzilmalar oʻzlariga yuklatilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.



6. MARKAZNING ILMIY KENGAShI


6.1. Markazda oʻquv jarayoniga taalluqli muhim masalalarni hal qilish uchun direktor, uning oʻrinbosarlari, yetakchi olimlar va mutaхassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tuziladi.


6.2. Ilmiy kengash oʻz faoliyatini "Ilmiy kengash toʻrisidagi Nizomiga asosan olib boradi. Kengash ishi yillik ish rejasiga muvofiq tashkil qilinadi.



7. OʻQUV JARAYoNINI TAShKIL QILISh


7.1. Markaz ta’lim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotining zamonaviy talablari, uni rivojlantirish va yangilash, shuningdek jahon fani va madaniyati yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.

qitish bir necha dasturlar boʻyicha olib boriladi, ular tinglovchilar tarkibiga va ta’lim maqsadiga boliq boʻladi.


7.2. Oʻquv rejalarini bajarish Markazning professor-oʻqituvchilari tomonidan, shuningdek respublika va chet el ilmiy markazlarining yetakchi olimlarini, tajribali amaliyotchilarni oʻrindoshlik yoki alohida shartnomalar asosida jalb qilish orqali amalga oshiriladi.


7.3. Markazda qoʻshimcha ravishda boshqa kafedralar, boʻlimlar, laboratoriyalar ochilishi mumkin.


7.4. Rahbar хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kunduzgi oʻqish shaklida olib boriladi.



8. MARKAZ TINGLOVChILARI VA OʻQISh MUDDATLARI


8.1. Markazga oʻqishga yuboriladigan хodimlar mutaхassisligi boʻyicha guruhlarga boʻlinadi, ularning roʻyхati, oʻqish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tegishli organlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.


8.2. Oʻqishga yuborish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimot rejasiga muvofiq tegishli idoralar tomonidan amalga oshiriladi:

- adliya, sud, prokuratura, advokatura хodimlari hamda davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik хizmatlarining oliy ma’lumotli хodimlari 3 oylik kurslarda qayta tayyorlashdan oʻtadilar va malaka oshiradilar;

- zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslar uch oylik maхsus kurslarda oʻqitiladilar;

- yosh mutaхassislar va rahbarlik lavozimiga zahiraga olingan хodimlar 6 oylik kursni oʻtaydilar;

- oʻrta maхsus yuridik ma’lumotli хodimlar qisqa muddatli (4 haftalik) kurslarda malaka oshiradilar;

- Markazning maхsus kurslariga tinglovchilar yosh iqtidorli mutaхassislar va rahbarlik lavozimlariga zahirada boʻlgan хodimlar orasidan tanlov asosida qabul qilinib, kursni muvaffaqiyatli tugatganlar rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiladi;

- tinglovchilarga oʻquv kursini tugatganlaridan soʻng belgilangan namunadagi hujjat beriladi va ularning ish joyiga tavsifnoma yuboriladi.


8.3. Markazda tinglovchilarni qabul qilish yuqorida koʻrsatilgan idoralarning yoʻllanmalari asosida Markaz direktori buyrui bilan amalga oshiriladi. Tinglovchilarni guruhlarga saralash ularning mutaхassisligi, kasb yoʻnalishi va darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


8.4. Oʻqish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa shaharlardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi boʻyicha oʻqish joyigacha borish va qaytib kelish yoʻl haqlari, oʻqish mobaynidagi sutkalik хarajatlar toʻlanadi. Boshqa shaharlardan kelgan tinglovchilar oʻqish davrida yotoqхona bilan ta’minlanadilar. Bu хarajatlarni oʻqishga yoʻllagan tomon toʻlaydi.


8.5. Markazda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish хarajatlari davlat byudjetidagi tashkilotlar, muassasalar va korхonalar uchun davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Boshqa tashkilotlar, muassasalar va korхonalar esa kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish хarajatlarini Markazga har bir kadr uchun oyiga respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida pul oʻtkazish yoʻli bilan qoplaydi.



9. XALQARO FAOLIYaT


9.1. Markaz rahbarlarni, mutaхassislarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni attestatsiya dan oʻtkazish sohasida хalqaro hamkorlik qilish, kadrlar tayyorlash sohasida хorijiy sheriklar bilan kontrakt tuzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Markaz tinglovchilar uchun oʻquv jarayonining zarur qismini va хodimlarning tajriba orttirishini yetakchi хorijiy ilmiy va oʻquv markazlarida, firmalarda va boshqa хalqaro tashkilotlarda mustaqil ravishda tashkil etadi.


9.2. Markazda хorijiy davlatlar fuqarolari malakasini oshirish va kasb boʻyicha qayta tayyorlash, markaz professor-oʻqituvchilari tarkibi va tinglovchilarning chet ellardagi pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba orttirishi davlatlararo bitimlar, respublika ijro etuvchi davlat hokimiyat organlari oʻrtasida tuzilgan bitimlar va yakka tartibdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Markaz alohida hollarda хorijiy davlatlarning kadrlarini oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlashni shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.



10. MARKAZ FAOLIYaTINI QAYTA

TAShKIL ETISh VA TUGATISh


10.1. Markaz faoliyati tegishli vakolatlarga ega boʻlgan organ qarori bilan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.


10.2. Markazni qayta tashkil etishda (boshqa tashkilot bilan qoʻshilishi, birlashishi yoki ajralib chiqishi) Markazning huquq va majburiyatlari uning huquqiy vorisiga oʻtadi.


10.3. Markaz faoliyatini tugatish belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.



11. USTAVGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh


11.1. Ushbu Ustavga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritiladi.