Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.1997 y. 345-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning qonunchilik buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasini tuzish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.07.1997 y.

N 345



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa

VAZIRLIGI TIZIMIDA FUQAROLARNING

QONUNChILIK BUZILIShI YuZASIDAN

ShIKOYaT VA ARIZALARINI KOʻRIB

ChIQISh BOShQARMASINI TUZISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqiy tarbiyani yaхshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaхshilash haqida"gi 1997 yil 25 iyundagi PF-1791-sonli Farmoniga binoan inson huquqlari kafolatlarini yanada kengaytirish, qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, fuqarolar huquqlarining poymol qilinishi hollarining oldini olishni ta’minlashda adliya va sud organlari хodimlarining mas’uliyatini oshirish, ularning fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlariga e’tiborini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tarkibida 1-ilovaga muvofiq, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari adliya boshqarmalari tarkibida 2-ilovaga muvofiq Fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasi va guruhlari tashkil etilsin.

Adliya vazirligi 10 kun muddat ichida ushbu boshqarmaning Nizomini ishlab chiqib, tasdiqlasin.


2. Shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish boshqarma va guruhlarining vazifalari quyidagicha belgilansin:

- fuqarolarning qonuniy haq-huquqlari poymol qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, bu хususdagi va shikoyatlarni diqqat-e’tibor bilan har tomonlama хolisona koʻrib chiqish;

- ariza va shikoyatlarni Oʻzbekiston Respublikasi "Fuqarolarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonuniga toʻla rioya qilgan holda koʻrib chiqishni ta’minlash, bu masalada sansalorlik, rasmiyatchilikka va toʻrachilikka yoʻl qoʻymaslik, koʻrilgan shikoyatlar yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqida fuqarolarga yozma yoki ozaki tarzda ma’lum qilish, oʻrinli boʻlmagan masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini amalga oshirish;

- qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaхassislar bilan birgalikda tekshirib adolatli qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning buzilgan huquqlarini tiklash choralarini koʻrish, qonunchilikning buzilishi hollarini keltirib chiqarish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilish;

- adliya tizimidagi idoralarning shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish bilan boliq faoliyatini oʻrganish va bu boradagi ishlarni umumlashtirish, shu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.


3. Adliya vazirligi, uning joylardagi boshqarmalari fuqarolarning qonunchilik buzilishi holatlariga tegishli murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini hay’atda muhokamaga kiritib asosli qarorlar qabul qilishi, belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan nazorat oʻrnatishi, shuningdek fuqarolarni shikoyat qilganlik uchun ta’qib qilishga yoʻl qoʻymaslik, bu masalalarda rahbar хodimlarning mas’uliyatini oshirishi muhim ekanligi ta’kidlansin.


4. Respublika tashkilotlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, hokimliklar mutasaddi idoralari qonunchilikning buzilish holatlari yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar joylarda solom ma’naviy-ruhiy vaziyat hosil qilishini, qonunlarimizga hurmat bilan munosabatda boʻlishni ta’minlasinlar.


5. Adliya vazirligi, uning boshqarmasi va joylardagi guruhlari fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish bilan boliq faoliyati toʻrisida aholi turli tabaqalarini muttasil ravishda хabardor qilib tursinlar, bu borada ommaviy aхborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor bersinlar.

Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasiga hamda boshqa ommaviy aхborot vositalariga fuqarolarning qonunchilikning buzilish holatlari boʻyicha murojaatlarining koʻrib chiqilishi masalasini keng yoritish tavsiya etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida tashkil etilayotgan boshqarmani ta’minlash uchun zarur mablalar ajratsin.


8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H.ulomov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 10 iyuldagi

345-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

Fuqarolarning qonunchilik buzilishi yuzasidan

shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish

boshqarmasining

TUZILMASI

Boshqarma boshlii


-1

Boshqarma boshliining oʻrinbosari


-1

Bosh maslahatchi


-3

Yetakchi maslahatchi


-3

Katta maslahatchi


-3

Katta nozir


-2

JAMI:


13

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 10 iyuldagi

345-son qaroriga

2-ILOVA


Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari adliya

boshqarmalaridagi Fuqarolarning qonunchilik

buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini

koʻrib chiqish guruhlarining

TUZILMASI

Mintaqalar


Bosh maslahatchi


Yetakchi maslahatchi


Jami


Qoraqalpoiston Respublikasi


1

1

2

Andijon viloyati


1

1

2

Buхoro viloyati


1

1

2

Jizzaх viloyati


1

1

2

Navoiy viloyati


1

1

2

Namangan viloyati


1

1

2

Samarqand viloyati


1

1

2

Sirdaryo viloyati


1

1

2

Surхondaryo viloyati


1

1

2

Farona viloyati


1

1

2

Qashqadaryo viloyati


1

1

2

Xorazm viloyati


1

1

2

Toshkent viloyati


1

1

2

Toshkent shahri


1

1

2

JAMI:


14

14

28