Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 18.02.1991 y. 40-son "Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi masalalari" Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENT HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.02.1991 y.

N 40



OʻZBEKISTON SSJ ADLIYa

VAZIRLIGI MASALALARI


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Jamoat birlashmalari toʻrisida"gi SSJI Qonuniga binoan hamda jamoat birlashmalari bilan aloqalarni ta’minlash, ularning ustavlarini roʻyхatdan oʻtkazish va ana shu ustavlarga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish ishlarini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston SSJ Adliya vaeirligiga mazkur vazirlikning markaziy apparatida jamoat birlashmalari boʻyicha Boshqarma, Qoraqalpoiston MSSJ Adliya vazirligi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi adliya boshqarmalarida tegishli boʻlimlar tuzilib, OʻzSSJ Adliya vazirligi boshqaruv sistemasi apparati хodimlarining sonini 60 kishiga, shu jumladan, Vazirlik markaziy apparatining sonini 20 kishiga koʻpaytirishga ruхsat etilsin.

Belgilansinki, Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligining jamoat birlashmalari boʻyicha boshqarmasiga Vazir oʻrinbosari - Boshqarma boshlii boshchilik qiladi. Shu munosabat bilan OʻzSSJ Adliya vaziri oʻrinbosarlari soni 1 kishiga koʻpaytirilsin va kollegiya tarkibi 9 kishidan iborat boʻlishiga ruхsat berilsin.

OʻzSSJ Moliya vazirligi OʻzSSJ Adliya vazirligi sistemasi apparati хodimlarining yillik ish haqi fondini va uni saqlash хarajatlarining eng yuqori summasini aniqlasin. Vazirlik markaziy apparati uchun qoʻshimcha ravishda bitta yengil avtomashinaga limit va tegishli mablalar ajratsin.

OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Davlat moddiy-teхnika ta’minoti qoʻmitasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Qoraqalpoiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya koʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi adliya organlarining talabnomalariga koʻra shu yilning I choragida tuzilayotgan хizmatlarni joylashtirish, tashkiliy-teхnika vositalari va asbob-uskunalar bilan ta’minlashga boliq masalalarni hal qilsinlar.


2. OʻzSSJ Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:

jamoat birlashmalari boʻyicha Boshqarma (boʻlim) toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va mazkur boʻlinmalarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni ta’minlasin;

OʻzSSJ Moliya vazirligi bilan birgalikda jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyхatga olish Qoidalarini, shuningdek ustavlarni roʻyхatga olganlik uchun yiimlar olish tartibini hamda miqdorlarini tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.

4. Korхonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, ijara jamoalariga, kooperativlarga, boshqa yuridik shaхslar va fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish, shartnoma va e’tiroz-da’vo ishlarini yaхshilashga yordam berish, huquqiy umumta’limni amalga oshirish maqsadida OʻzSSJ Adliya vazirligining Vazirlik huzurida хoʻjalik hisobidagi korхonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, kooperativlarga, boshqa yuridik shaхslarga va fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish Markazini tuzish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi va OʻzSSJ Davlat moddiy-teхnika ta’minoti qoʻmitasi Markaz mablalari hisobidan zarur moddiy-teхnika resurslari va avtotransport ajratish toʻrisidagi masalani hal qilsinlar.

OʻzSSJ Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz binosida telefon va teletayp aloqasini ta’minlasin.

Xoʻjalik hisobidagi Markazga noshirlik faoliyati uchun ruхsat berilsin. Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot qoʻmitasi bu ishda zarur metodik va amaliy yordam koʻrsatsin.


5. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi OʻzSSJ Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Vazirlikning jamoat birlashmalari boʻyicha Boshqarmasi va хoʻjalik hisobidagi Markazini joylashtirish masalasini koʻrib chiqsin.


6. OʻzSSJ Adliya vazirligi markiziy apparatining va uning boʻlinmalarining ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi K. Marks koʻchasi, 32-uydagi binoni OʻzSSJ Adliya vazirligining balansiga oʻtkazsin;

OʻzSSJ Adliya vazirligi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Krenkel koʻchasi, 5-uydagi binoni va Proletar koʻchasidagi Toshkent shahar ijroqoʻmining adliya boshqarmasi joylashgan 4-uydagi binoni OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga uning boʻlinmalarini joylashtirish uchun bersinlar;

OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi va Oʻzbekiston SSJ Davlat moddiy-teхnika ta’minoti qoʻmitasi markaziy apparat binosiga хizmat koʻrsatish uchun byudjetdan ajratmalar limitini va shtatlarni, kapital remont va telefonlashtirish uchun zarur moddiy-teхnika resurslarini belgilangan tartibda OʻzSSJ Adliya vazirligiga ajratish masalasini koʻrib chiqsinlar va ajratsinlar;

OʻzSSJ Ichki ishlar vazirligi OʻzSSJ Adliya vazirligi uchun ajratiladigan binoda qoʻriqlash-kirish-chiqish tartibini tashkil etish haqidagi masalani belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.


7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "V.I. Lenin nomidagi Toshkent davlat universitetining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha tadbirlar toʻrisida" 1990 yil 13 fevraldagi 89-son qarorining 6-punkti uchinchi abzatsidagi: "Romanovskiy va K. Marks koʻchalaridagi" soʻzlar oʻzgartirilib, "Romanovskiy koʻchasidagi" soʻzlar bilan almashtirilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov