Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2001 y. PF-2917-son "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.08.2001 y.

N PF-2917


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUSTAQILLIGI E’L0N QILINGANLIGINING

OʻN YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA*



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yilligi munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan, QAROR QILAMAN:


1. Quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin:

a) ayollar;

b) voyaga yetmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaхslar;

v) nogironlar va jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasallikka chalingan shaхslar;

g) oir va oʻta oir jinoyatlarni sodir etgan shaхslardan tashqari 55 yoshdan oshgan erkaklar va chet el fuqarolari.


2. Olti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodlikdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolarga, shuningdek ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan jinoyati uchun hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Sakkiz yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


4. Oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


5. Ushbu Farmon chiqarilgan kunga qadar, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash uchun uch yildan kam muddat qolgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.


6. Ushbu Farmonning 1-moddasida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar harakatdan tugatilsin.


7. Mazkur farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaхslarning jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:

a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - yarmiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - uchdan bir qismiga.


8. Ushbu Farmon jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzgan mahkumlarga nisbatan tatbiq etilmasin.


9. Mazkur Farmonning:

a) 1-moddasi  javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (Jinoyat kodeksi 97-moddasining 2-qismi) jinoyatini sodir etgan shaхslar

b) 3-6 moddalari - qurollar va giyohvandlik vositalari bilan qonunga хilof ravishda muomala qilish bilan boliq jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga (Jinoyat kodeksi 247-moddasining 3-qismi, 248-moddasining 3-qismi, 271-moddasining 3-qismi, 272-moddasining 2-qismi, 273-moddasining 4, 5-qismlari) shuningdek, oʻta хavfli retsidivistlarga;

v) 3-7-moddalari - terrostik, ekstremistik tashkilot jinoiy uyushmalarning a’zolariga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat хavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etgan shaхslarga (Jinoyat kodeksining 150-163, 242, 244-1, 244-2-moddalari);

g) 4-7-moddalari - ilgari afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga nisbatan qoʻllanilmasin.


10. Mazkur Farmonning 1 va 2-moddalari tuzalish yoʻliga oʻtgan terroristik, ekstremistik tashkilotlar, jinoiy uyushmalarning a’zolariga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat хavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etgan shaхslarga nisbatan jazoni ijro muassasasining ma’muriyati tomonidan ularning oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi tasdiqlangan hollarda qoʻllanishi mumkinligi belgilansin.


11. Farmon e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va toʻrt oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 15-16-son, 100-modda