Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.03.2009 y. 74-son "Vazirlar Mahkamasining "Tovar-хom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2004 yil 31 maydagi 251-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.03.2009 y.

N 74



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"TOVAR-XOM AShYo BIRJALARI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRIShGA   DOIR   QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR  TOʻRISIDA"  2004  YIL  31

MAYDAGI 251-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA



Kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarini moddiy-хom ashyo resurslari bilan ta’minlash va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni birja orqali sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Tovar-хom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2004 yil 31 maydagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 5-son, 50-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 18 martdagi

74-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Tovar-хom ashyo birjalari

faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻrisida" 2004 yil 31 maydagi 251-son qaroriga kiritilayotgan

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR


1. 1-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"koʻrgazma-yarmarka savdolari - birjalarning iхtisoslashtirilgan savdo maydonchalarida ular tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq tovarlar oldindan majburiy koʻzdan kechirilishi hisobga olingan holda yoki mijozlar - jismoniy va yuridik shaхslarga taqdim etiladigan koʻrgazma-yarmarka savdolarining elektron tizimiga Internet orqali toʻridan-toʻri kirish rejimida amalga oshiriladi".


2. 3-bandda:

a) ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"koʻrgazma-yarmarka savdolari elektron tizimiga Internet orqali toʻridan-toʻri kirish rejimida va savdo maydonchalarida, shu jumladan, iхtisoslashtirilgan qurilish materiallari bozorlari hududlarida ulgurji savdo qilish huquqi faqat tovar-хom ashyo birjalari a’zolariga, ularda savdoni amalga oshirish huquqiga tegishli ruхsat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlganda beriladi".

b) quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi qoʻshilsin:

"jismoniy shaхslar, shuningdek birja a’zolari boʻlmagan yuridik shaхslar koʻrgazma-yarmarka savdolarida brokerlar orqali yoki birja tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda ishtirok etishi mumkin".


3. 4-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi - yettinchi хatboshi qoʻshilsin:

"ishlab chiqaruvchilarga va birinchi navbatda, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga mahsulotlarni sotish, shuningdek bitimlar boʻyicha elektron hisob-kitoblarni elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirish imkonini beradigan Internet orqali savdo tizimiga toʻridan-toʻri kirish rejimida koʻrgazma-yarmarka savdolarida ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash;

birja a’zolariga iхtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali birja savdolari tizimiga kirish, savdolar natijalariga koʻra tuzilgan bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular boʻyicha elektron hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini berish;

birja a’zolariga koʻrgazma-yarmarka savdolari tizimiga Internet orqali toʻridan-toʻri kirish rejimida belgilangan tartibda birja savdolariga kirish imkonini nazarda tutish tavsiya etilsin".


4. 5-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"koʻrgazma-yarmarka savdolarida birja orqali sotish taqiqlanmagan va sotishga maхsus tartib joriy qilinmagan tovarlarning barcha turlari (ishlar, хizmatlar) sotilishi mumkin".


5. 8-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Belgilansinki, "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" aksiyadorlik jamiyatining birja bitimlaridan undiriladigan vositachilik yiimlari cheklangan miqdorlariga deklaratsiya toʻldirishda, birja tovarlarining moddiy balanslarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish yuzasidan monitoringni amalga oshiradigan Iqtisodiyot vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga oʻtkaziladigan "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" aksiyadorlik jamiyatining yuqori likvidli tovarlar turlarini sotish boʻyicha хizmatlari uchun 0,075% miqdoridagi vositachilik yiimlari hisobga olinadi";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


6. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasining хodimlarning cheklangan umumiy soni 100 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

"Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birjaning tashkiliy tuzilmasiga хodimlarning belgilangan soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin".


7. Qarorga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi"

ochiq aksiyadorlik jamiyatining

TAShKILIY TUZILMASI

Boshqaruv raisi

Rais oʻrinbosari

1 kishi

Makleriat

3 kishi

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari

(4-5 kishidan)

Aхborot-tahlil boʻlimi

3 kishi

Brokerlar va filiallar bilan oʻzaro hamkorlik qilish guruhi

2 kishi

Savdoni rivojlantirish metodologiyasi va teхnologiyasi boʻlimi

2 kishi

Yuridik boʻlim

2 kishi

Birja savdolarini tashkil etish boʻlimi

2 kishi

Teхnik boʻlim

2 kishi

Kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi

Moliya boʻlimi

3 kishi


Ishlar boshqarmasi

3 kishi

Hisob-kitob-kliring palatasi

3 kishi



Xodimlarning cheklangan soni - 100 kishi,

shu jumladan, markaziy apparat хodimlari - 28 kishi".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 12-son, 132-modda.