Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2009 y. 148-son "Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.05.2009 y.

N 148



YaKKA TARTIBDA HAMDA QIShLOQ

JOYLARDA NAMUNAVIY LOYIHALAR BOʻYIChA ARZON

UY-JOYLAR   QURILIShIDA   QATNAShUVChI   TIJORAT

BANKLARI - "BIZNESNI RIVOJLANTIRISh BANKI" ATB,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYaT

MILLIY BANKI,  "IPOTEKA  BANK"  ATIB,  AT  "XALQ  BANKI",

"ASAKA  BANK"  ATB  VA  "OʻZSANOATQURILIShBANK"

ATB TOMONIDAN IMTIYoZLI IPOTEKA KREDITI BERISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻrisida" 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-son va "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son qarorlariga muvofiq qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylar qurilishini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Yuridik shaхslarga oʻz хodimlarining uy-joy qurish boʻyicha mehnat faoliyatini rabatlantirish va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida boshlanich badallarni toʻlashni nazarda tutuvchi moliyaviy yordam koʻrsatish, shuningdek ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni toʻlash yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish tavsiya etilsin.


3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 22-son, 259-modda.