Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 21.02.2014 y. 4/5-son "Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 11.03.2014 y. 2465-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.03.2014 y.

N 2465-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

21.02.2014 y.

N 4/5


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz

hisob-kitoblar toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda) va "Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 52-son, 685-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori (roʻyхat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻrisida"gi nizomning 59-bandi "a" kichik bandining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy toʻlovlarni undirish uchun;".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                          F. Mullajonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 17 mart, 11-son, 129-modda