Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 21.02.2014 y. 4/6-son "Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 11.03.2014 y. 2155-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.03.2014 y.

N 2155-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

21.02.2014 y.

N 4/6


QARORI



Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish

tizimlarida ishlash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, 12-son, 247-modda) va "Elektron toʻlovlar toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 yil, 51-son, 373-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 oktyabrdagi 34/8-sonli qarori (roʻyхat raqami 2155, 2010 yil 19 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 47-son, 438-modda) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                       F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish

tizimlarida ishlash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Tizimda mijoz tomonidan pul-hisob-kitob hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 23-son, 309-modda) talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.".


2. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Bankning mas’ul хodimi Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyхat raqami 2528, 2013 yil 21 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 47-son, 623-modda) muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirishda elektron toʻlov hujjatlarini chop etishi va ularni bankning tegishli boʻlimlari bilan kelishishi mumkin.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 17 mart, 11-son, 130-modda