Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 02.09.1992 y. 404-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro moliya tashkilotlariga kirishi boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.09.1992 y.

N 404



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XALQARO MOLIYa TAShKILOTLARIGA

KIRIShI BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻFRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamarmasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar kafolati koʻp tomonlama agentligiga a’zoligi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mazkur tashkilotlarning moliyaviy yordamidan foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xalqaro valyuta jamarmasining respublikaga 133 mln. SDR (maхsus hisob-kitob birligi) miqdorida kvota belgilash toʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin.


2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro rivojlanish uyushmasi aksionerlik sarmoyasining har biri 120,6 ming AQSh dollari qiymatiga ega boʻlgan umumiy quvvati 138610 ming AQSh dollaridan iborat 1149 aksiyasini sotib olishga doir Oʻzbekistonning majburiyatini hisobga olib:

Vazirlar Mahkamasining valyuta jamarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ularni keyinchalik Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining "A schyoti umumiy" (AVA N 021081383) hisobiga oʻtkazish uchun 1212834 AQSh dollari hamda ularni keyinchalik Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankining chet el boʻlimidagi Xalqaro rivojlanish uyushmasining "B schyot" (N 021082104) hisobiga oʻtkazish uchun 148381 AQSh dollari miqdorida badalning majburiy qismini toʻlash uchun ajratilsin,

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida 10915,5 ming AQSh dollariga ekvivalentli 927,9 ming soʻmni (bir dollar uchun 85 soʻm kursi boʻyicha) Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining "A schyot umumiy" hisobiga hamda 1335,4 ming AQSh dollariga ekvivalentli 113,6 million soʻmni Xalqaro rivojlanish uyushmasining "B schyot" hisobiga oʻtkazsin, ularni keyinchalik foizsiz vekselga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan belgilangan tartibdagi majburiyatga almashtirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga kirishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining schyotidan ushbu bankning AQShning Morgan Garanti Trast Kompani of Nyu-Yorkdagi N 65000632 schyotiga bankning aksionerlik sarmoyasini sotib olish boʻyicha 1992 yil uchun badal toʻlash hisobiga 735,2 ming AQSh dollari, shuningdek, 1992 yilgi vekselning 1/3 qismini toʻlash hisobiga 245,1 ming AQSh dollari miqdorida toʻlov toʻlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro moliya korporatsiyasi va Investitsiyalar kafolati koʻp tomonlama agentligi tomonidan taklif qilingan sotib olish boʻyicha majburiyatlarga rozilikni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tasdiqlasin.


5. AQShning Vashington shahriga Xalqaro valyuta jamarmasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining rasmiy hujjatlarini imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi oʻrtoq F.M.Mullajonov va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvining raisi oʻrtoq R.S.Azimovdan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vakil qilingan delegatsiya yuborilsin. Delegatsiya qayd etilgan хalqaro moliya tashkilotlari bilan valyutada va soʻmlarda a’zolik badallari toʻlash shartlari va muddatlari, shuningdek, respublikaga imtiyozli kreditlar berishni jadallashtirish masalalarini qoʻshimcha ravishda ishlab chiqsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat kilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov