Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 26.04.2013 y. 9/4-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 22.05.2013 y. 1834-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.05.2013 y.

N 1834-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

26.04.2013 y.

N 9/4


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida

buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya

ishlarini tashkil qilish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori (roʻyхat raqami 1834, 2008 yil 11 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi v.v.b.                                                    U. Mustafoyev






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida

buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya

ishlarini tashkil qilish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. 5-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar roʻyхati;".


2. 31-bandning "a" kichik bandi "(mikrofirmalar uchun buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"46. Muddatida toʻlanmagan pul hisob-kitob hujjatlarini (2-kartotekaga kirim qilingan toʻlov talabnomalari, toʻlov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari) qisman toʻlash uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial orderlarning "Toʻlov maqsadi" grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi koʻrsatilishi shart.".


4. 156-banddan "ularni" degan soʻz chiqarib tashlansin.


5. Yoʻriqnomaning 1-ilovasi 7-bandidan ", kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 27 may, 21-son, 276-modda