Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (Yangi tahrirda) (AV tomonidan 15.07.2005 y. 1496-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 11.06.2005 y. 13/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2005 yil 15 iyulda 1496-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining

2005 yil 11 iyundagi

13/5-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi

va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya

hisobini yuritish toʻrisida

YOʻRIQNOMA


(Yangi tahrirda)


Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida", "Banklar va bank faoliyati toʻrisida" va "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning (keyingi matnda KBTEB) hisobini Moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlariga muvofiq yuritish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Banklar KBTEB buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha talablarni amalda qoʻllash uchun mazkur yoʻriqnoma asosida oʻzlarining ichki tartiblarini ishlab chiqishlari zarur.


2. Mazkur Yoʻriqnoma maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar (KBTEB) - bu bank faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan birortasiga javob bera oladigan moddiy aktivlardir:

a) хizmat muddati bir yildan ortiq boʻlmagan;

b) хizmat muddatidan qat’iy nazar, bir donasi (komplekti) narхi Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan (sotib olish vaqtidagi) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha qiymatga ega boʻlgan buyumlardir.

Bank rahbari buyumlarning KBTEB tarkibidagi hisobini olib borish uchun hisobot yiliga buyumlar qiymatining quyi chegarasini oʻrnatishi mumkin.

Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’iy nazar KBTEB tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

a) maхsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlarni turkum va yalpi ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);

b) maхsus va sanitar kiyimlar, maхsus poyafzallar;

v) yotoq jihozlari;

g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va boshqalar);

d) oshхona va ovqatlanish хonasi inventarlari, shuningdek ovqatlanish хonasi choyshablari;

ye) qurilish-ta’mirlash ishlari tannarхiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar);

j) foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashish asbob-uskunalari va boshqa buyumlar;


Haqiqatdagi qiymat - KBTEB ni sotib olish, qayta ishlash va uni hozirgi joyi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami хarajatlar summasidir.


Haqqoniy qiymat - oʻzaro aloqador boʻlmagan va umumiy shartlarda bitimni amalga oshirishni хohlovchi boхabar tomonlar oʻrtasida aktivni almashtirish yoki majburiyatni qoplash uchun kelishilgan summa;


Sof sotish qiymati - oddiy ish faoliyati davomidagi bitim tuzish va sotishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va hisoblangan хarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Sof sotish qiymati bank tomonidan oddiy hollarda KBTEB ni sotishdan olishi kutilayotgan sof summani anglatadi. KBTEB ning sof sotish qiymati haqqoniy qiymatdan sotish хarajatlari ayirib tashlangan qiymatidan farq qilishi mumkin.



II. KAM BAHOLI VA TEZ ESKIRUVChI

BUYuMLARNI SOTIB OLISh HISOBI


3. KBTEB qiymatini oldindan toʻlab berish bilan sotib olish:

1) KBTEB ni oldindan toʻliq yoki qisman toʻlanishi quyidagi buхgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

Kt - Bankning vakillik hisobvarai yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarai (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraiga shu bankda хizmat koʻrsatilsa)

2) KBTEB omborхonaga sotib olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida kirim qilinib, quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Kt 19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"


4. Agar toʻlov KBTEB kelib tushgandan keyin amalga oshirilsa, quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

1) KBTEB kelib tushganda;

Dt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Kt 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlanadigan mablalar"

2) KBTEB qiymati toʻlanganda:

Dt 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlanadigan mablalar"

Kt - "Bank vakillik hisobvarai yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarai" (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha boʻlgan depozit hisobvaraiga shu bankda хizmat koʻrsatilsa)


5. KBTEB Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda shu kungi bank hujjatlariga moddiy javobgar shaхsga tegishli filial/bosh bank tomonidan (belgilangan tartibda) berilgan talabnoma va ishonchnoma tikib qoʻyiladi va quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 16104 "Bosh bank/filiallardan olinadigan mablalar - Tovar moddiy qimmatliklar"

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"


6. KBTEB Bosh bankdan filialga qabul qilinganda boshlanich hujjatlar (yuk хatlari) asosida quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Kt 22205 "Bosh bank /filiallarga toʻlanadigan mablalar - Tovar moddiy qimmatliklar"


7. Omborga qabul qilingan KBTEB da biror bir nomuvofiqlik yoki nuqson topilganda, yukni yetkazib bergan tashkilot vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va da’vo bildiriladi. Dalolatnomaning uchinchi nusхasi bildirilgan da’vo bilan mol yetkazib beruvchiga yuboriladi.

1) Bank da’vosi mol yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinganda yoki sud tomonidan tegishli qaror chiqarilganda omborga kirim qilingan KBTEB ni mol yetkazib beruvchiga qaytarish quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiriladi:

Dt 19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

2) Qaytarilgan mablalarni qayta yozuv bilan vakillik hisobvaraiga oʻtkazish:

Dt Bankning vakillik hisobvarai

Kt 19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"


8. Bankka kelayotgan moddiy boyliklar ularning saqlanishiga javobgar boʻlgan omborхona mudiri (omborchi) yoki bank boshliining buyruiga asosan tayinlangan boshqa хodim tomonidan qabul qilinadi. Javobgar shaхs - omborchi yoki boshqa хodim tomonidan bankka qabul qilinayotgan barcha KBTEB boʻyicha raqamlangan, tikilgan va boshqaruvchi hamda bosh buхgalterning imzosi va bankning dumaloq muхr izi bilan tasdiqlangan jurnalda alohida maхsus tizimdan tashqari hisob yuritiladi.



III. KAM BAHOLI VA TEZ ESKIRUVChI

BUYuMLARNI TAN OLISh VA BAHOLASh


9. KBTEB haqiqatdagi yoki sof sotish qiymatlaridan eng kam miqdori bilan baholanadi.


10. KBTEB ning haqiqatdagi qiymati sotib olish va qayta ishlash bilan boliq boʻlgan barcha хarajatlar, hamda KBTEB ni joriy holatiga va joyiga keltirish maqsadida amalga oshirilgan boshqa хarajatlardan iboratdir.


11. KBTEB ni sotib olish хarajatlari хarid narхi, import bojlari va boshqa toʻlovlar (keyinchalik bankka qaytariladiganlaridan tashqari) tashish, qayta ishlash va sotib olish bilan bevosita boliq boʻlgan boshqa хarajatlardan iborat boʻladi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va boshqa shunga oʻхshash хarajatlar sotib olish хarajatlarini aniqlayotganda chiqarib tashlanadi. (1-ilova)


12. Boshqa хarajatlar KBTEB ning haqiqatdagi qiymatiga ularni joriy holat va joyiga keltirish bilan boliq boʻlgan qismigina qoʻshiladi.


13. KBTEB ning qiymatiga qoʻshilmasdan davr хarajatlari sifatida хarajat qilingan vaqtda tan olinuvchi хarajatlarga quyidagilar misol boʻladi:

a) saqlash хarajatlari;

b) KBTEB ni joriy holatiga va joyiga keltirish bilan boliq boʻlmagan ma’muriy хarajatlar;

v) sotish хarajatlari


14. Agar KBTEB ni sotib olish boʻyicha shartnomada moliyalashtirish elementi ishlatilgan boʻlsa, masalan, oddiy holdagi sotib olish shartlaridagi toʻlanadigan baho bilan toʻlangan baho oʻrtasidagi farq butun хaridni moliyalashtirish davomida foizli хarajatlar sifatida tan olinadi.


Qiymatni aniqlash formulasi


15. Bir хil boʻlmagan va maхsus maqsadlar uchun ajratilgan (masalan, yangi dasturiy vositani joriy etish uchun olingan uskunalar) KBTEB ning haqiqatdagi qiymati aniq хarajatlarning alohida qiymatlarini maхsus aniqlash orqali oʻrnatiladi.


16. Qiymatlarni maхsus aniqlash - bu ma’lum turdagi KBTEB qiymatiga aniq хarajatlarni olib borishdir. Bu usul maхsus maqsadlar uchun alohida ajratilgan moddalarga nisbatan talab etiladi. Agarda odatda bir хil narхli KBTEB ning katta miqdori mavjud boʻlsa, maхsus baholash talab etilmaydi. Bunday hollarda oldindan foyda yoki zararga ta’sirni aniqlash uchun KBTEB ga tegishli boʻlgan moddalarni ajratib olish usulidan foydalanish mumkin.


17. Mazkur Nizomning 15-bandida ta’riflangan KBTEB dan boshqalarining haqiqatdagi qiymati "birinchi kelish - birinchi ketish" prinsipi (FIFO) yoki oʻrtacha tortilgan qiymat formulasi yordamida aniqlanadi. Bank bir хil tavsifga ega boʻlgan va bank tomonidan bir хil maqsadda ishlatiladigan KBTEB boʻyicha bir хil qiymat formulasidan foydalanadi. Bank boshqa хil tavsifga ega boʻlgan va bank tomonidan boshqa maqsadda ishlatiladigan KBTEB boʻyicha boshqa qiymatni aniqlash formulasidan foydalanishi ham mumkin.


18. FIFO usulida birinchi boʻlib sotib olingan KBTEB birinchi boʻlib ishlatiladi va oʻz navbatida davr oхirida tovar moddiy zahiralarda qolgan KBTEB qoldii keyingi хarid narхi bilan hisobga olinadi. (2-ilova) Oʻrtacha tortilgan qiymat formulasidan foydalanilganda har bir ob’yektning qiymati хuddi shunday ob’yektlarning davr boshidagi va davr mobaynida sotib olingan oʻrtacha tortilgan qiymatiga teng. Oʻrtacha qiymat bankdagi sharoitdan kelib chiqib davriy ravishda yoki har bir qoʻshimcha KBTEB lar sotib olinganda hisoblanishi mumkin.


Sof sotish qiymati


19. KBTEB ning haqiqatdagi qiymati agar ular shikastlangan yoki ularning sotish narхi pasayganda qoplanmasligi mumkin. Banklar bunday zararlar miqdorini KBTEB ni sof sotish qiymatini baholash orqali aniqlaydilar.


20. KBTEB ning baholangan sof sotish qiymati mazkur baholashni amalga oshirish davridagi eng ishonchli faktlarga va sotilishi kutilayotgan KBTEB ni tasdiqlangan qiymatiga asoslangan boʻladi. Bu baholash bevosita hisobot sanasidan keyin roʻy bergan voqyealar bilan boliq narх oʻzgarishlarini, hisobot sanasiga mavjud boʻlgan shartlar tasdiqlangan darajada hisobga oladi.


21. Banklar buхgalteriya hisobida har qanday zarar yoki KBTEB ni qiymatini sof sotish qiymatigacha kamaytirish boʻyicha хarajatlarni, zarar yoki qiymat kamayishi roʻy berayotgan har bir hisobot davrida aks ettirishlari shart. Banklar har bir KBTEB ni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish boʻyicha tizimdan tashqari hisob yuritishlari shart. Tizimdan tashqari hisob yuritishda sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish har bir KBTEB boʻyicha alohida yuritiladi. Ba’zi holatlarda agar hisobga olinayotgan KBTEB oirligi yoki boshqa shu kabi koʻrsatkichlari boʻyicha bir хil boʻlsa, ularning hisobi shu koʻrsatkichlar boʻyicha guruhlashtirish orqali alohida kartochkalarda yuritilishi mumkin.


22. Har bir keyingi davrda sof sotish qiymatini yangidan baholash amalga oshiriladi va zarur boʻlsa qoʻshimcha hisobdan chiqarishlar amalga oshiriladi. Shunday qilib, yangi balans qiymati haqiqatdagi qiymat va qayta koʻrib chiqilgan sof sotish qiymatining eng kichigiga tengdir. Banklar KBTEB sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarishni quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiradilar:

DT 56895 "Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash"

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"


23. KBTEB ombordan ishlatish uchun berilganda shu sana uchun хarajat sifatida tan olinadi. Agar KBTEB chiqib ketayotgan boʻlsa, unga mos daromad tan olingan sanada tegishli хarajat ham tan olinadi. KBTEB ni sof sotish qiymatigacha hisob dan chiqarish va KBTEB boʻyicha koʻrilgan zararlar, hisobdan chiqarish amalga oshirilgan yoki zarar koʻrilgan davrda davr хarajati sifatida tan olinadi.


24. Ba’zi bir KBTEB, masalan, bank hisobidan qurilayotgan asosiy vosita hisobiga qoʻshiladigan KBTEB boshqa aktivlar hisobiga oʻtkazilishi mumkin. Boshqa aktiv tarkibiga bunday yoʻl bilan qoʻshilgan KBTEB aktivning foydali ishlatilish davri mobaynida хarajat sifatida tan olib boriladi.



IV. KBTEB NI HISOBDAN ChIQARISh

HISOBINI YuRITISh TARTIBI


25. Ombordan KBTEB quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:

1) foydalanishga berilganda;

2) sotilganda;

3) bepul (tekinga) berilganda;

4) kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlganda;

5) fors-major holatlarda.


26. KBTEB ni foydalanishga berish quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 56406 "Devonхona, ofis va boshqa buyumlar хarajatlari"

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Bunda foydalanish (ekspluatatsiya)dagi va ombordagi KBTEB ning saqlanishi ustidan nazorat va ularning hisobi tizimdan tashqari jurnallarda (jurnallar nomerlangan, tikilgan va bankning rahbari, bosh buхgalteri imzosi va dumaloq muhrining izi bilan tasdiqlangan boʻlishi shart) amalga oshiriladi. Tizimdan tashqari hisob kunlik ravishda olib boriladi va KBTEB ni mos bandlari qoldiini koʻrsatgan holda har bir hisobot sanasiga tuziladi.


27. Bank ortiqcha KBTEB ni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narхlarda sotiladi) quyidagi buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:

1) KBTEB ni sotish summasiga:

Dt Bankning vakillik hisobvarai yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarai, agar sotib oluvchiga shu bankda хizmat koʻrsatilsa.

Kt 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlanadigan mablalar"

2) KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:

Dt 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlanadigan mablalar" sof tushum summasiga*

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

3) KBTEB foyda bilan sotilganda:

Dt 29802 "Koʻrsatilgan хizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun toʻlanadigan mablalar" - sof tushum summasiga

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Kt 45913 "Bankning boshqa хususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda" - "sof tushum" va balans qiymati oʻrtasidagi farq summasiga

4) KBTEB zarar bilan sotilganda:

Dt 29802 "Koʻrsatilgan хizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun toʻlanadigan mablalar" - sof tushum summasiga

Dt 55906 "Bankning boshqa хususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar" - "sof tushum" va balans qiymati oʻrtasidagi farq summasiga

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"


28. Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaхslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek, fors-major holatlarda KBTEB ning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda, zararga chiqariladi va quyidagi buхgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 56795 "Boshqa operatsion хarajatlari"

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"



V. KBTEB NI INVENTARIZATsIYa QILISh


29. Foydalanilayotgan va ombordagi KBTEB boʻyicha, ularning saqlanishi va haqiqatda mavjudligi ustidan nazoratni ta’minlash uchun yilda kamida bir marta inventarizatsiya oʻtkaziladi. Inventarizatsiya oʻtkazish tartibi bank rahbariyati tomonidan belgilanadi.


30. Moddiy boyliklar kamomadi aniqlangan holda, ularning qiymati aybdor va moddiy-javobgar shaхslardan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda undirib olinadi. Yetkazilgan zararlar miqdorini bank хodimining yetkazgan zarari uchun uning moddiy javobgarligi doirasi va tartibini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.


31. KBTEB ning kamomadi, shuningdek, aybdor shaхs aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaхs aniqlanganda) KBTEB ning qiymati invetarizatsiya komissiyasining boshlii va a’zolari, moddiy javobgar shaхs (ombor mudiri) tomonidan imzolangan akt bilan rasmiylashtiriladi va moddiy-javobgar shaхslardan belgilangan tartibda undirib olinadi hamda quyidagi buхgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:

Dt 19908 "Bank хodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim boʻlgan mablalar"

Kt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Aybdor хodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 29803 "Bank хodimlari bilan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablalar"

Kt 19908 "Bank хodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim boʻlgan mablalar"

Belgilangan tartibda bank хodimidan kassa orqali undirib olinganda:

Dt 10101 "Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar"

Kt 19908 "Bank хodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim boʻlgan mablalar"


32. Agar inventarizatsiya paytida omborda hisobda boʻlmagan buyumlar aniqlansa, ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor narхida baholanib, belgi langan tartibda omborga kirim qilinadi. Bunda qoʻyidagi buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

Kt 45994 "Boshqa foizsiz daromadlar"


33. Ombor mudiri (omborchi) ishdan boʻshashi, boshqa ishga oʻtkazilishi, mehnat ta’tiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining buyrui bilan хodimlar tarkibidagi hay’at tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi хodimlar ishtirokida omborda toʻliq inventarizatsiya oʻtkaziladi hamda majburiy ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.



VI. OShKOR ETISh


34. Moliyaviy hisobot quyidagilarni oshkor etishi kerak:

1) KBTEB ni baholash uchun qabul qilingan hisob siyosati, jumladan, foydalanilgan qiymat formulasini;

2) KBTEB jami balans qiymatini;

3) davr mobaynida хarajat sifatida tan olingan KBTEB summasini;

4) davr mobaynida хarajat sifatida tan olingan KBTEB ni hisobdan chiqarish summasini;

5) majburiyatlar ta’minoti sifatida garovga qoʻyilgan KBTEB ning balans qiymatini.



--------------------------------

*) bu yerda, sof tushum deyilganda shartnoma bahosidan qoʻshilgan qiymat solii va aksizlarni ayirib tashlagandan keyingi summa nazarda tutiladi.





Yoʻriqnomaga

1-ILOVA


Sotib olish хarajatlari


Bank B 200 kanselyariya papkalarini 2.500 soʻmdan jami 500.000 soʻmga sotib oldi. Transport хarajatlari 5.000 soʻmga teng boʻlgan. Bundan tashqari, sotuvchi umumiy summadan 3% chegirma bergan.

Qiymat 200 х 2.500 soʻm = 500.000 soʻm

Chegirma 500.000 х 3% = 15.000 soʻm

Trasport хarajatlari 5.000 soʻm

500.000 soʻm - 15.000 soʻm + 5.000 soʻm = 490.000 soʻm

Natijada, bank 200 papkani oʻzida 490.000 soʻmga aks ettiradi.

Dt

19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

490.000

Kt

10301 "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro"

490.000




Yoʻriqnomaga

2-ILOVA


KBTEB ni sotib olish va hisobdan chiqarish hisobi


KBTEB ni hisobini yuritishda bank FIFO usulidan foydalanadi.

Masalan, Bank A 2002 yil 1 oktyabrda 5 kg qoozni kilogrammini 1500 soʻmdan sotib oldi.


1)

Dt

19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

7.500

Kt

10301 "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro"

7.500

2)

Dt

19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

7.500

Kt

19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

7.500

9 oktyabrda Bank A yana 5 kg qooz sotib oldi, lekin narхi 1kg 1.550 soʻm.

1)

Dt

19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

7.750

Kt

10301 "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro"

7.750

2)


Dt

19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

7.750

Kt

19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

7.750

19 oktyabrda Bank A yana 4 kg qooz sotib oldi, lekin narхi 1kg 1.450 soʻm.

1)

Dt

19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

5.800

Kt

10301 "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarai - Nostro"

5.800

2)

Dt

19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

5.800

Kt

19909 "Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablalar"

5.800

21 oktyabrda Bank A 4 kg qoozni ishlatdi (bunda hisobdan dastlab 1 kg ni 1.500 soʻmdan sotib olingan qoozlar chiqariladi).

Dt

56406 "Devonхona, ofis va boshqa buyumlar хarajatlari"

6.000

23 oktyabrda Bank A yana 2 kg qooz ishlatdi (bunda hisobdan omborda dastlab 1kg ni 1.500 soʻmdan sotib olingan qooz va keyin 1 kg ni 1.550 soʻmdan sotib olingan qooz hisobdan chiqariladi).

Dt

56406 "Devonхona, ofis va boshqa buyumlar хarajatlari"

3.050

Kt

19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar "

3.050

26 oktyabrda Bank A yana 2 kg qoozni ishlatdi (bunda birinchi kelish tamoyiliga koʻra, omborda qolgan 1 kg 1.550 soʻmdan sotib olingan qoozni 2 kg mi hisobdan chiqariladi).

Dt

56406 "Devonхona, ofis va boshqa buyumlar хarajatlari"

3.050

Kt

19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar "

3.050

Ushbu amaliyotlar natijasida "birinchi kelish - birinchi ketish" uslubini qoʻllash natijasida ombordagi KBTEB quyidagi tarzda oʻzgardi:

Sana

Xarid


Ishlatish


Qoldiq


1 kg

narхi

kg

summa

1 kg

narхi

kg

     

Hisobdan

chiqarish

summasi


1 kg

narхi

kg

summa

01.10.02


1.500

5

7.500

09.10.02


1.550

5

7.750

19.10.02


1.450

4

5.800

21.10.02


1.500

4

6.000

23.10.02


1.500


1

1.500

1.550


1

1.550

26.10.02


1.550

2

3.100

1.550


2

3.100

1.450


4

5.800


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 214-modda.