Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 11.06.2005 y. 13/5-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning yangi tahririni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 15.07.2005 y. 1496-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.07.2005 y.

N 1496



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

11.06.2005 y.

N 13/5

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam

baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya

hisobini yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaning

yangi tahririni tasdiqlash haqida


(2005 yil 25 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻrisida", "Banklar va bank faoliyati toʻrisida" va "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini yuritish toʻrisidagi Yoʻriqnoma"ning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005 yil 30 apreldagi 8/1 sonli qarori va 2002 yil 12 oktyabrdagi 520-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini yuritish toʻrisidagi Yoʻriqnoma" (2003 yil 14 yanvar, roʻyхat raqami 1200) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.



Markaziy bank Boshqaruvi raisi                        F. Mullajonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 214-modda.