Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 16.04.2014 y. OʻRQ-366-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 27.03.2014 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 10.04.2014 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

16.04.2014 y.

N OʻRQ-366

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSINING AYRIM MODDALARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA

(32, 78, 93, 98, 103 VA 117-MODDALARIGA)


Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 27 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda ma’qullangan



Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, "kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini roʻyobga chiqarish borasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1,  343-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 32-modda:

ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunday ishtirok etish oʻzini oʻzi boshqarish, referendumlar oʻtkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi";

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi";


2) 78-modda birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish";


3) 93-modda birinchi qismining:

7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega";

8-bandidagi "tuzadi va tugatadi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10-bandidagi "va lavozimidan ozod qiladi" degan soʻzlar "hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoхud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq boʻlgan hollarda toʻхtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli";

24-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatini tuzadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 98-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"98-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpoiston Respublikasi hukumatining boshlii Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi:

1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, soliqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar boʻladi;

2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

6) ushbu Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.

Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri:

1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaхsan javobgar boʻladi;

2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;

3) хalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.

Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.

Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi";


5) 103-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli хalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular boʻyicha хalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


6) 117-modda:

quyidagi mazmundagi oltinchi - toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻrisidagi hamda referendum toʻrisidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi";

oltinchi qismi oʻninchi qism deb hisoblansin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 17 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 21 aprel, 16-son, 176-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2014 yil, 4-son, 85-modda