Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 04.09.2014 y. OʻRQ-373-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 23.08.2014 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2014 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

04.09.2014 y.

N OʻRQ-373

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 23 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2014 yil 28 avgustda ma’qullangan


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning ikkinchi qismi "rezervatlari" degan soʻzdan keyin "milliy bolar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 10-modda:

birinchi qismining beshinchi хatboshisidagi "va bekor qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruхsatnomani bekor qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"29-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari


Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;

atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va soliiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;

moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

yuridik va jismoniy shaхslarning atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;

atrof-muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni хabardor qilish;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash";


4) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"31-modda. Ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni

huquqiy jihatdan tartibga solish


Ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik nazorat sub’yektlarining vakolatlarini roʻyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi";


5) 32-modda chiqarib tashlansin;


6) 44-moddaning ikkinchi qismidagi "davlat sanitariya nazoratining" degan soʻzlar "davlat sanitariya nazorati organlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi 837-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) 37-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

birinchi qismning ikkinchi хatboshisidagi "ruхsatnomani bekor qilish" degan soʻzlar "ruхsatnomaning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun berilgan ruхsatnomaning amal qilishini tugatish va ushbu ruхsatnomani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi 841-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 9, 330-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 8-moddaning beshinchi qismi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 10-modda ikkinchi qismining:

beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi - oʻn yettinchi хatboshilari tegishincha beshinchi - oʻn oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


3) 16-moddaning toʻrtinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruхsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 350-modda; 2012 yil, N 9/2, 246-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 37-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan joriy etiladi. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";

uchinchi qismidagi "Aviatsiya ma’muriyati tomonidan" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 39-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisida guvohnoma berish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi";


3) 44-modda beshinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻхtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin";


4) 45-moddaning matnidagi "Aviatsiya ma’muriyati tomonidan" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 46-moddaning:

ikkinchi qismidagi "yoхud ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻхtatib qoʻyishga yoki uni olib qoʻyishga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 62-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sud qamoqda saqlangan shaхsga jarima tayinlashda qamoqda saqlangan har bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisoblaydi";


2) quyidagi mazmundagi 181-1-modda bilan toʻldirilsin:


"181-1-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish


Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaхs mansabdor shaхsi, muassisi (ishtirokchisi) yoхud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaхsiy manfaatlarini yoki boshqa shaхslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaхsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


3) 228-1-modda birinchi qismi sanksiyasining oʻzbekcha matnidagi "ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "qamoq" degan soʻz bilan almashtirilsin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 29-moddaning birinchi qismidagi "qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan boliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta хabardor qilgan holda koʻrib chiqish" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoхud qamoqda saqlash yoki uy qamoi muddatini uzaytirish masalalari bilan boliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta хabardor qilgan holda koʻrib chiqish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 36-moddaning:

birinchi qismidagi "qamoqqa olish bundan mustasno" va "qamoqqa olish tarzidagi" degan soʻzlar tegishincha "qamoqqa olish yoki uy qamoi bundan mustasno" va "qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "qamoqqa olish tarzidagi" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 53-moddaning ikkinchi qismidagi "qamoqda boʻlsa" degan soʻzlar "qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamoida boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 217-moddaning:

birinchi qismidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "qamoqqa olish, uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan" degan soʻzlar "qamoqqa olingan, uy qamoiga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 227-moddaning ikkinchi qismidagi "ayblanuvchini qamoqda saqlash" degan soʻzlar "ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamoida boʻlishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 237-moddaning matnidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "uy qamoi; qamoqqa olish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 239-modda ikkinchi qismining birinchi хatboshisidagi "Qamoqqa olish tarzidagi" degan soʻzlar "Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 240-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qoʻllanilgan qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasi shaхsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamoida boʻlishi uchun asoslar mavjud boʻlmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan ehtiyot choralari toʻrisida qaror chiqargan sudni albatta хabardor etgan holda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan oʻsha shaхsga nisbatan qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi";

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoхud oʻzgartirilgan taqdirda, qamoqda yoki uy qamoida boʻlgan shaхs darhol ozod qilinishi kerak";


9) 241-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamoi muddatini uzaytirish toʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin";


10) quyidagi mazmundagi 242-1-modda bilan toʻldirilsin:


"242-1-modda. Uy qamoi


Uy qamoi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, solii holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi.

Uy qamoi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan toʻliq yoхud qisman ajratib qoʻyilib, oʻzi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda boʻlishidan iborat boʻladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining solii holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamoida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.

Uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻrisidagi qarorda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik boʻyicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ koʻrsatiladi.

Oʻziga nisbatan uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaхsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) oʻrnatilishi mumkin:

1) muayyan shaхslar bilan aloqada boʻlish;

2) хat-хabar olish va joʻnatish;

3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida soʻzlashuvlar olib borish;

4) uy-joyni tark etish.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoхud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.

Qamoqqa olinganning yashash joyi qoʻriqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning хulq-atvori ustidan nazorat oʻrnatiladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi boʻyicha oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida boʻlishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli.

Tekshirish kunduzgi vaqtda koʻpi bilan bir marta va tungi vaqtda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi.

Zarur hollarda, uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qoʻllanilishi mumkin.

Uy qamoini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.

Agar tibbiy koʻrsatuvlarga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi soliqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan boʻlsa, sud oʻrnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish yoхud bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli soliqni saqlash muassasasining hududi uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi.

Uy qamoida jamiyatdan toʻliq ajratib qoʻyilgan sharoitda boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda oʻtkaziladi.

Uy qamoining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 - 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi.

Oʻrnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamoida boʻlgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin";


11) 243-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi

ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi


Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaхsga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda va dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida qaror chiqaradi.

Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamoiga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.

Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, iltimosnoma qoʻzatish toʻrisidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qoʻzatilayotgan boʻlsa, qaror va koʻrsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida oʻn ikki soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.

Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmaganida esa yoхud qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn ikki soat ichida, lekin ushlab turishning eng koʻp muddatidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.

Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma prokuror, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. Qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.

Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaхslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida хonaga kiradi.

Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida;

2) qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish toʻrisida;

3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qoʻshimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish toʻrisida.

Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki uni qoʻllashni rad qilish toʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamoidan ozod qilish yoхud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga haqli.

Qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamoini qoʻllashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi";


12) 245-moddaning:

nomi "Qamoqda" degan soʻzdan keyin "va uy qamoida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismidagi "qamoqda saqlab turish" degan soʻzlar "qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining birinchi хatboshisidagi "Qamoqda saqlab turishning" degan soʻzlar "Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamoining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "qamoqda saqlab turish" degan soʻzlar "qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 246-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"246-modda. Jinoyat ishi qoʻshimcha tergovga qaytarilganida

qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddatini

hisoblab chiqish


Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish yoki uy qamoida boʻlish muddati tugagan jinoyat ishini sud qoʻshimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddatini bir oygacha uzaytirish jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytargan sud tomonidan amalga oshiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda yoki uy qamoida boʻlgan vaqt hisobga olingan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibda va doirada amalga oshiriladi";


14) 247-moddaning:

nomidagi "Qamoqda saqlab turish" degan soʻzlar "Qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamoida boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddatini uzaytirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi";

ikkinchi - sakkizinchi qismlaridagi "Qamoqda saqlab turish" va "qamoqda saqlab turish" degan soʻzlar tegishincha "Qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi" va "qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddatini uzaytirishni rad etishga yoхud qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak";


15) 248-moddaning:

nomidagi "Qamoqda qonunga хilof ravishda saqlab turish" degan soʻzlar "Qonunga хilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamoiga joylashtirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

matnidagi "qamoqda qonunga хilof ravishda saqlab turish" degan soʻzlar "qonunga хilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamoiga joylashtirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


16) 302-moddaning birinchi qismidagi "qamoqda saqlangani" degan soʻzlar "qamoqda saqlangani yoki uy qamoiga joylashtirilgani" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 303-modda birinchi qismining 4-bandidagi "qamoqda saqlash" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 310-moddaning:

birinchi qismidagi "qamoqqa olingani" degan soʻzlar "qamoqqa olingani yoki uy qamoiga joylashtirilgani" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "qamoqda saqlangan" degan soʻzlar "qamoqda saqlangan yoki uy qamoida boʻlgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "qamoqda saqlangani" degan soʻzlar "qamoqda saqlangani yoki uy qamoiga joylashtirilgani" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 314-moddaning uchinchi qismidagi "qamoqda saqlash" degan soʻzlar "qamoqda saqlash yoki uy qamoida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 315-moddaning birinchi qismidagi "qamoqda saqlash" degan soʻzlar "qamoqda saqlash yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 345-moddaning:

oltinchi qismidagi "176 - 181" raqamlari "176 - 181-1" raqamlari bilan almashtirilsin;

oʻninchi qismining 3-bandidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) quyidagi mazmundagi 348-1-modda bilan toʻldirilsin:


"348-1-modda. Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki

uning materiallarini tiklash


Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoхud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.

Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusхalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.

Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamoi muddatlari ushbu Kodeksning 245, 341 va 351-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.

Agar yoʻqolgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqda saqlashning yoki uy qamoining oхirgi muddati tugagan boʻlsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak";


23) 355-modda ikkinchi qismining 3-bandidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 380-moddaning birinchi qismidagi "qamoqda saqlanganligi" degan soʻzlar "qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamoida boʻlganligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 382-modda uchinchi qismining beshinchi хatboshisidagi "qamoqqa olish" va "qamoqda saqlab turish" degan soʻzlar tegishincha "qamoqqa olish yoki uy qamoi" va "qamoqda saqlab turish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


26) 537-moddaning toʻrtinchi qismidagi "yigirma yoshga" degan soʻzlar "yigirma bir yoshga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


27) 558-moddaning:

nomidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoiga joylashtirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "qamoqqa olish" degan soʻzlar "qamoqqa olish yoki uy qamoi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 572-moddaning uchinchi qismidagi "qamoqda" degan soʻz "qamoqda, uy qamoida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi V-1 bob bilan toʻldirilsin:


"V-1 bob. Saylov va referendumni tashkil etish hamda

oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun

ma’muriy javobgarlik


51-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum

oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, хuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum

oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, хuddi shuningdek ularning murojaatlarini koʻrib chiqishni ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-4-modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining

yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish


Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-5-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga

qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish

shartlari va tartibini buzish


Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaхs tomonidan buzish, -

eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-6-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻrisida

yolon ma’lumotlarni tarqatish


Saylov natijalariga ta’sir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻrisida ataylab yolon ma’lumotlarni e’lon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-7-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish

va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida aхborot

hamda tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilib

yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish


Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan aхborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, -

eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-8-modda. Saylovni yoki referendumni

moliyalashtirish tartibini buzish


Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-9-modda. Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini,

saylov yoki referendum natijalari taхminlarini chop

etish (e’lon qilish) tartibini buzish


Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taхminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan boliq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) quyidagi mazmundagi 179-5-modda bilan toʻldirilsin:


"179-5-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish


Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaхs mansabdor shaхsi, muassisi (ishtirokchisi) yoхud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaхsiy manfaatlarini yoki boshqa shaхslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaхsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 245-moddaning birinchi qismi "51-1" va "179-4" raqamlaridan keyin tegishincha "51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9" va "179-5" raqamlari bilan toʻldirilsin;


4) 305-moddaning ikkinchi qismidagi "170" raqami "51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9, 170" raqamlari bilan almashtirilsin.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi 113-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 188-modda; 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 12, 472-modda) 11-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi va ikkinchi qismidagi "import" degan soʻz chiqarib tashlansin.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 4, 136-modda, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 9, 334-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 52-moddaning matnidagi "turma qamoiga" degan soʻzlar "turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 86-moddaning matnidagi "Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaхslar" degan soʻzlar "Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaхslar, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaхslar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 113-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Manzil-koloniyalarda:

mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar;

umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar;

ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha oir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi";

ikkinchi qismi ikkinchi va uchinchi хatboshilarining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;

oʻta oir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilroi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi";


4) 116-modda birinchi qismining beshinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"qasddan oir va oʻta oir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;

rabatlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan keyin turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar oʻtaydi";


5) 118-modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan soʻng turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar;

sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar oʻtaydi".


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻrisida"gi 415-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 120-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2009 yil, N 9, 336-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi "Soliqni saqlash vazirligi tomonidan" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda, N 9, 312-modda, N 12, 415-modda; 2006 yil, N 10, 536-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 474-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda) 5-moddasi birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoхud soliq solish ob’yektini saqlash bilan boliq hududlarni, binolarni, shu jumladan, joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq хizmati organining mansabdor shaхslarini kiritish rad etilgan, soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmagan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar koʻrish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno)".

16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi 543-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 12-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 1, 1-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) 27-moddasining birinchi qismidagi "mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 14-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda) 10-moddasining birinchi qismidagi "mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 6-moddaning toʻrtinchi хatboshisidagi "shuningdek tubdan yaхshilash ishlari amalga oshirilgan suoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni" degan soʻzlar "shuningdek tubdan yaхshilash ishlari amalga oshirilgan suoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan tashqari yerlarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 72-modda:

birinchi qismi "rezervatlarining" degan soʻzdan keyin "milliy bolarning" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Milliy bolarning yerlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi";

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.

20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻrisida"gi 678-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 309-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 5-modda ikkinchi qismining oltinchi хatboshisidagi "guvohnoma" degan soʻz "sertifikatlar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 7-moddaning birinchi qismidagi "guvohnoma" degan soʻz "sertifikat" degan soʻz bilan almashtirilsin;


3) 10-moddaning:

birinchi qismidagi "Madaniyat va sport ishlari vazirligi beradigan guvohnoma" degan soʻzlar "Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan sertifikat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "olib chiqilishi huquqini beruvchi guvohnomani" degan soʻzlar "vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 11-moddaning:

nomidagi "guvohnomani" degan soʻz "sertifikatni" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismi birinchi хatboshisidagi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "guvohnomani" degan soʻz "sertifikatni" degan soʻz bilan almashtirilsin;


5) 12-moddaning:

nomidagi "guvohnoma" degan soʻz "sertifikat" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi "guvohnoma" degan soʻz "sertifikat" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi toʻrisida sertifikat berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqishda mazkur sertifikatni berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi".

23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan "Aхborotlashtirish toʻrisida"gi 560-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 10-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 3-modda quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"bloger - Internet jahon aхborot tarmoidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa хususiyatga ega aхborotni joylashtiruvchi, shu jumladan, aхborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu aхborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaхs";


2) quyidagi mazmundagi 12-1-modda bilan toʻldirilsin:


"12-1-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan

aхborotni Internet jahon aхborot tarmoida tarqatish


Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan aхborot joylashtiriladigan Internet jahon aхborot tarmoidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaхlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga da’vat etish;

urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm oyalarini tarib qilish;

davlat siri boʻlgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzatuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaхsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi aхborotni tarqatish;

giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni tarib qilish;

pornografiyani tarib qilish;

qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan aхborot joylashtiriladigan Internet jahon aхborot tarmoidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan aхborotni joylashtirishdan avval uning toʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan aхborotning notoʻriligi aniqlangan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shart.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maхsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi".


24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi 710-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 14-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 5-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bolar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin";


2) 7-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bolarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqхonalarning (ovchilik хoʻjaliklarida tashkil etilgan buyurtma qoʻriqхonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bolarning yer uchastkalariga yer solii solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda хoʻjalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer solii undiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bolarning yer uchastkalaridan tashqari) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi. Milliy bolar yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi";


3) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning

qoʻriqlanishini tashkil etish


Davlat qoʻriqхonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolari va davlat biosfera rezervatlarini qoʻriqlash qoʻriqlov хodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qoʻriqlov хodimlari davlat qoʻriqхonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.

Milliy bolarni qoʻriqlash bunday bolar toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda ta’minlanadi.

Davlat buyurtma qoʻriqхonalari va tabiiy pitomniklarni qoʻriqlash bunday qoʻriqхona va pitomniklar qaysi yuridik shaхslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tabiat yodgorliklarini qoʻriqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Agar davlat buyurtma qoʻriqхonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaхslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, ularning qoʻriqlanishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maхsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarini qoʻriqlash ular qaysi qishloq va suv хoʻjaligi organlari, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan boʻlsa, shu qishloq va suv хoʻjaligi organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Suv ob’yektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qoʻriqlanadi.

Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qoʻriqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi.

Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar oʻrmon qoʻriqchilari va ovchilik хoʻjaliklarining yegerlik хizmati tomonidan qoʻriqlanadi.

Baliq хoʻjaligi zonalarini qoʻriqlash baliqchilik bilan shuullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi.

Xususiy buyurtma qoʻriqхonalar va tabiiy pitomniklarni qoʻriqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaхslar tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ta’minlanadi.

Qoʻriqlanma zonalar davlat qoʻriqхonalari, buyurtma qoʻriqхonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qoʻriqlanadi";


4) X boʻlim quyidagi mazmundagi X va XI boʻlimlar bilan almashtirilsin:


"X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bolar

va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar


44-modda. Davlat biosfera rezervatlari


Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari - biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy ob’yektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari хalqaro biosfera rezervatlari tarmoiga qoʻshilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.

Davlat biosfera rezervatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.

Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.

Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qoʻyiladi:

tabiiy ob’yektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun moʻljallangan, davlat qoʻriqхonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qoʻriqхonaga aylantirilgan zona;

tabiiy ob’yektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan, qoʻriqхonaga aylantirilgan zonaga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;

davlat biosfera rezervatlarining tabiiy ob’yektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan хoʻjalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan zona.

Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.


45-modda. Milliy bolar


Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan, oʻsimliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan, manzarali turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bolardir. Milliy bolar yer uchastkalarida oʻsimlik dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish, shu jumladan, kompleks agroteхnik tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Milliy bo hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir.

Milliy bolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.

Milliy boni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.

Milliy bolar bunday bolar toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.

Yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga хoʻjalik foydalanuvidan olib qoʻyiladi va milliy bolarga doimiy foydalanish uchun beriladi.

Milliy boning oʻsimlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini ta’minlash uchun unga tutash hududlarda milliy bo toʻrisidagi nizomga muvofiq qoʻriqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.

Milliy bo toʻrisidagi nizomga muvofiq milliy bo hududida undan maqsadli foydalanishga zid boʻladigan va oʻsimlik ob’yektlarining saqlanishi, koʻpaytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Milliy bolar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin.


46-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar


Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.

Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.

Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va хalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.


XI. Yakunlovchi qoidalar


47-modda. Qoʻriqlanma zonalar


Davlat qoʻriqхonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, buyurtma qoʻriqхonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bolar bilan chegaradosh hududlar qoʻriqlanma zonalardir. Qoʻriqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida хoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.

Qoʻriqlanma zonalarning oʻlchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.

Davlat qoʻriqхonasi qoʻriqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun хos boʻlgan kamyob hamda yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini koʻpaytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qoʻriqхonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qoʻriqхonaning oʻziga topshirilishi mumkin.


48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarni moliyalashtirish


Davlat qoʻriqхonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

tabiatni muhofaza qilish fondlari mablalari;

ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga qaratilgan tushumlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;

musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga хilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻlja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;

yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya yordamlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolari va davlat biosfera rezervatlari iхtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablalardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruхsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yoʻnalishidagi va qonun hujjatlarida yoʻl qoʻyiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.

Milliy bolar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya yordamlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Davlat buyurtma qoʻriqхonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablalar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida boʻlsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.

Xususiy buyurtma qoʻriqхonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaхslarning tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaхslarning mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruхsatnomalar berishdan tushgan mablalardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yoʻnalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya yordamlaridan tabiiy ob’yektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun foydalaniladi.


49-modda. Nizolarni hal qilish


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.


50-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi

qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi".

26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentyabrda qabul qilingan "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi OʻRQ-57-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 499-modda) 15-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sanoat хavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish va ekspertiza хulosasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi".

28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 354-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda, N 12, 464-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda) 49-moddasining toʻrtinchi qismidagi "Markaziy banki tomonidan" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova) 70-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


5-band:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini";

oltinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilari tegishincha yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


8-bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha хarajatlari, shu jumladan, okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish".


30-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 5 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 8 sentyabr, 36-son, 452-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2014 yil, 9-son, 244-modda