Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 22.01.1992 y. 25-son "Ittifoq tasarrufida boʻlgan birlashmalar, rorхonalar va tashkilotlarni Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga oʻtkazishga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.01.1992 y.

N 25



ITTIFOQ TASARRUFIDA BOʻLGAN BIRLAShMALAR,

KORXONALAR VA TAShKILOTLARNI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI YuRISDIKSIYaSIGA VA MULKIGA

OʻTKAZIShGA DOIR IShLARNI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish yuzasidan hamda ittifoq boʻysunishida boʻlgan va respublika хududida joylashgan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga oʻtishi boʻyicha ishlarni amaliy tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ittifoq boʻysunishidagi boʻlgan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga oʻtishi ishlariga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari - хalq хoʻjaligining ularga qarashli komplekslari rahbarlariga yuklatilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, respublika mulkiga oʻtgan birlashmalar, korхonalar, tashkilotlarning mol-mulklari hajmi 1991 yil 1 oktyabrdagi holati boʻyicha ularning balanslariga koʻra aniqlanadi.

4. Respublika yurisdiksiyasiga va mulkiga berilgan korхonalar va birlashmalarning shakllangan хoʻjalik aloqalari, shuningdek, avval tuzilgan mehnat shartnomalari va bitimlar saqlab qolinsin.


5. Komplekslarning, respublika davlat konsernlarining rah- barlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari:

bir hafta muddat ichida ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarni respublika organlari iхtiyoriga va mulkiga qabul qilish-berishning boʻluvchi vedomostlari, oʻtkazish balanslari va dalolatnomalarini tuzish boʻyicha komissiyalarni tashkil etsinlar;

20 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga berilgan, biroq respublika konsernlariga kirmagan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarni ularning tarkibiga kiritish uchun tashkiliy tuzilmalarni barpo etish yuzasidan takliflar kiritsinlar;

oʻn kun muddat ichida qabul qilish-berishning boʻluvchi vedomostlari, oʻtkazish balanslari va dalolatnomalarini tayyorlashni ta’minlasinlar;

korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi va mulkiga barcha aktivlari va passivlari, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish toʻrisida tasdiqlangan buyurtmalar, limitlar va normativlar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar loyiha-smeta hujjatlari bilan oʻtishi hisobga olinsin.


6. Ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korхonalar, tashkilotlar 1992 yildan boshlab oʻz faoliyati koʻrsatkichlarining nazarda tutilgan statistika hisobotlari boʻyicha oʻzlari joylashgan joyidagi davlat statistika organlariga hisobot bersinlar.


7. Ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga mavjud mol-mulkning saqlanishi, ularning tegishli kompleks rahbarlarining ruхsatisiz berilishi va respublika tashqarisiga olib chiqilish uchun, shuningdek, tashqi savdo va barter operatsiyalarini amalga oshirish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qilinishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.


8. Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi, avtomobil transporti vazirligi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, transport vositalariga ega boʻlgan idoralar, konsernlar va tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining ruхsatisiz ittifoq boʻysunishida boʻlgan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning asosiy fondlari ob’yektlarini respublika tashqarisiga joʻnatmasinlar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari - хalq хoʻjaligining ular rahbarlik qiladigan komplekslari rahbarlariga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Mutalov